6-mavzu: Qog`ozni buklash yo`li bilan o`yinchoqlar yasash. ”Origami”.
Amaliy mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi
O’quv soati: 6 soat
|
talabalar soni: 30 ta
|
O’quv mashg’uloti shakli
|
Amaliy mashg’ulot.
|
Amaliy mashg’ulot tuzilishi:
|
1.Ish joyini tashkil etish.
2.Baholash mezonlari bilan tanishtirish.
3.Ish qurollaridan foydalanish qoidalari.
4.Qog’ozni ketma-ket buklash asosida maketlar yasash (oq qush, pigvincha, baliqcha, kuchukcha, mushukcha)
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Qog’oz ketma-ket usullarda buklab maketlar yasashga o’rgatish
|
Pedagogik vazifalar:
Talabalarning qog’ozni buklash usullari haqidagi bilimlarini aniqlash;
Ish joyini to’g’ri tashkil qilish bo’yicha ma’lumotlar berish;
Qog’ozni ketma-ket usullarda buklashni o’rgatadi;
Qog’ozni ketma-ket usullarda buklab (oq qush, pingvincha, baliqcha, kuchukcha, mushukcha) maketlarini yasashni o’rgatadi;
Amaliy ish natijalarini ko’radi, muhokama qiladi va baholaydi.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
talabalar bilishi kerak:
Qog’ozni buklash usullari to’g’risida bilganlarini aytadi;
Ish joyini to’g’ri tashkil qilishni o’rganadi;
Qog’ozni ketma-ket buklash usullarini o’rganadi;
Qog’ozni ketma-ket usullarda buklab maketlar yasashni o’rganadi;
Natijalarni taqdimot qiladi va baholanadi;
|
Ta’lim usullari
|
Tushuntirish, tezkor so’rov, namoyish etish, savol-javob, amaliy ish, taqdimot
|
Ta’lim vositalari
|
Metodik qo’llanmalar, slaydlar, ekspert topshiriqlar, turli rangli qog’oz to’plami, chizg’ich, qaychi, qalam
|
O’qitish shakllari
|
Yakka tartibda, guruhli.
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya
|
Nazorat va baholash
|
Savol-javob va amaliy ish
|
Reja:
1. Qog’ozdan nimalar tayyorlash mumkin?
2. Mavzuning boshqa fanlar bilan bo’g’liqligi
3. Buklangan qog’oz varag’idan qushlar shaklini tayyorlash.
Qog’oz va kartonni bukib, qog’oz papka, daftar , rasm daftari va muqovalar tayyorlanadi. Bosish mashinalariga ma’lum formatdagi katta-katta varaqalar kelib turadi. Mashnadan chiqayotganda esa qog’ozlar nomer tartibida sahifalari taxlanib chiqadi. Bu jarayon falsovka deyiladi. Qog’oz va kartondan bukish va yopishtirish (yelimlash) vositasida xilma-xil ko’rinishdagi qog’oz o’rami (paketlar, korobkalar) tayyorlanadi. Bu to’liq mexanizmlashgan jarayondir. Mashnaga qog’oz, karton ruloni joylanadi va uning boshqa tomonidan tayyor paket chiqaveradi. Qog’oz va karton bilan ishlash o’quvchilar uchun juda qiziqarli mashg’ulot bo;lib, ular ijodkorlik qobiliyatlarini o’stirish hamda estetik tarbiya berish uchun keng imkoniyatlarga ega. Boshlang’ich sinf o’quvchsi qog’oz yoki kartondan qanday buyum yasamasin, u, avvalo, qanday buyum tayyorlash kerakligini, bu tayyorgarlik qanday bosqichlardan iborat ekanligini aniq tasavvur etishi kerak. Mavjud buyumdan yoki chizmadan foydalanib, rejalab chizish, ya’ni yasaladigan buyunlarning qismlarini, konturini yoki yoyilmasini chizmachilik asboblari yordamida qalin qog’oz, karton yoki fanerdan tayyorlash un andazadan foydalanib chizish usuli bilan ishlash lozim bo’ladi.o’quvchilar ishning yaxshi chiqishi uchun qog’oz yoki kartondan buyumlar yasalganda rejalash, o’lchab ko’rish va tekshirib ko’rish uchun bo’linmali chizmachilik chizg’ichlari, sirkullar, transportirlardan foydalanadilar. Bularning hammasi ularda mehnat madaniyatini tarbiyalash uchun dastlabki poydevor vazifasini o’taydi. Ishni bajarish vaqtida zarur asboblardan, andazalardan foydalanilmasa, rejalab olmasdan chamalab ishlansa, yasalgan buyumning sifati va estetik tomoni past saviyada bo’ladi. Har bir ishning chizmasi, yoyilmasi va bo’laklari aniq chizilishi kerak. Reja chiziqlari yasalayotgan materialning teskarisiga qarab tortilishi lozim. Aks holda, o’ngiga qarab tortilsa, ish xunuk chiqadi. Har qanday ishning yoyilmasi chizganda konturlari tutash chiziq bilan, buklanadigan joylari esa punktir chiziq bilan tortiladi. Qog’oz va karton bilan har xil operatsiyalar bajariladi. Eng oddiy operatsiyalardan biri buklashdir. Qog’oz yoki karton chizg’ich yordamida qalam bilan tortilgan chiziqlardangina buklanadi. Chiziq tortmasdan yoki chiziqqa e’tibor bermasdan qiyshaytirib buklash ishning estetik talabga javob bermasligiga sabab bo’ladi. O’qituvchi qog’oz va karton bilan ishlash jarayonida o’quvchlarning yosh va individual xususiyatlarini albatta hisobga olishi lozim. Programmada ko’rsatilgan dastlabki darslarda qog’oz va kartonlarning turlari hamda xillari, uning qalinligi, yupqaligi, yozuv qog’ozi, papiros qog’ozi va boshqa xil qog’ozlar haqida o’quvchilarga tushuncha berish kerakligi nazarda tutilib, qog’ozning tarixi haqida suhbatlashish va bu bo’limni boshlashdan oldin qog’oz kombinatiga ekskursiya uyushtirish lozimligi ta’kidlab o’tilgan.
Qog’oz va karton bilan ishlash mashg’ulotlarida qog’ozning xillari, qalinyupqaligi, silliqligi, siyohni shimish yoki shimmasligi, qog’ozning tarixi kabi temalar o’tiladi. Yuqoridagi kabi o’tkazilgan ekskursiya mehnat estetikasi qoidalariga rioya qilishga katta yordam berib, darsni samarali o’tishga imkon yaratadi. Qog’ozni buklash, yelimlash, qirqish va tikish yo’li bilan turli chiroyli buyumlar yasaladi. Qog’oz paket (sumkachalar), adabiyot, rasm, matematika fanlari bilan bog’lab olib boriladi. Ertak qahramoni sanalgan guruhlar bizning dastimiz qushlar shakillarini qurbaqa ,shaxzoda vafodor kuchikcha tayyorlashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |