Tuzuvchilar: ttymi t f. n., dotsent R. S. Razikov ttymi t f. d professor S. S. Sulaymanov ttymi assistant H. M. Komilov Taqrizchilar: t f. n., dotsent



Download 12,43 Mb.
bet36/50
Sana27.03.2022
Hajmi12,43 Mb.
#512385
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
Bog'liq
HFX(metodichka) - копия

Asbobning tuzilishi. Asbob o`lchov pul’ti, uzunligi 1,2m bo`lgan yumshoq kabel’ bilan ulangan zonddan va energiya manbaidan iborat. Asbobning paneli, kojuxi va qopqog’i yuqori chidamli shishatolali materialdan tayyorlangan. Asbob qutisining materiali sun`iy teridan bo`lib, ikki bo`limdan iborat: biri asbob, ikkinchisi zond uchun mo`ljallangan. Quti qopqog’i ichki tomonida asbobdan foydalanish qoidasi yozilgan. DP-5A DP-5B asboblarida esa kontrol’ strontsiy manbai o`rnatilgan. DP-5V asbobida kontrol’ strontsiy manbai zondda joylashtirilgan. Qutiga asbobni olib yurish uchun 2 ta siljuvchi qayish ulangan.
A s b o b z o n d i teshigiga suvga chidamli etiltsellyuloza plyonkasi yopishtirilgan. Korpusga kesib olingan buruluvchi metall ekran o`rnatilgan. ekran “B” holatga burilganda korpus teshigi ochiladi va hisoblagich beta-zarrachalar miqdorini ko`rsatadi. “G” holatda korpus teshigi ekran bilan yopiladi va hisoblagich faqat gamma-nurlar miqdorini ko`rsatadi. “B” va “G” holatlarda ekran fiksatorlar bilan mahkamlanadi.
Zond korpusi ichida plata bo`lib, unga gazrazryad hisoblagichi (STS 5 va SIZBG), kuchaytiruvchi-me`yorlashtiruvchi qurilma va asbobning elektr sxemasi o`rnatilgan. Hisoblagichlar gamma-kvantlar va beta-zarrachalar ta`sirida elektr impul’slari chiqaradi va bu impul’slar kuchaytiruvchi-me`yorlashtiruvchi qurilmaga o`tadi. O`lchashga qulay bo`lishi uchun zondga tutqich mahkamalangan, unga uzaytiruvchi shtanga ulash mumkin.
O` l ch o v ch i q u r i l m a panel’ va kojuxdan tashkil topgan (10.3.-rasm). Panel’ ikki xil shkalali mikroampermetr (tepadagisi 0 dan 5 mR/s va pastkisi 5 dan 200 R/s gacha), poddiapazonlarni o`zgartiruvchi, rejimni boshqaruvchi potentsiometr, ko`rsatishlarni almashtiruvchi knopka, shkalani yorituvchi tumbler, nulga keltiruvchi vint, telefonni ulaydigan joydan iborat.


12.3.-Rasm. O`lchovchi pul’t paneli
1-shkala; 2-o`lchash pul’ti; 3-shkalani yorituvchi chiroq; 4-poddiapazonlarni o`zgartiruvchi; 5-birlashtiruvchi kabel’; 6-nolga keltiruvchi vint; 7-telefon ulanadigan joy; 8-strelka ko`rsatishini nolga keltiruvchi knopka; 9-“Rejim” dastagi.
Panelga zond bilan o`lchaydigan pul’tni birlashtiruvchi kabel’ ulangan. Panel’ kojuxga maxsus vintlar bilan mahkamlanadi.
Kojux ostida energiya manbai (uchta batareya)ni qo`yish uchun joy bor. energiya elementlari yo`q bo`lganda, 3-12V kuchlanishli akkumlyatorlardan foydalanish mumskin. Akkumlyator kuchlanishni bo`luvchi 10 m uzunlikdagi kabel yordamida ulanadi.
P o d d i a p a z o n l a r n i o` z g a r t i r u v ch i qurilmaning quyidagi holatlari bor; 100; ×1000; ×100; ×10; ×1; ×0,1. Ulardan asbobni kuzatishda va gamma-nurlanish dozalar quvvati har xil kattaligini o`lchashda foydalaniladi.
O` l ch a sh sh k a l a l a r i. YUqoridagi shkala gamma-nurlanishning doza quvvatini ×1000; ×100; ×10; ×1; ×0,1poddiapazonlarda o`lchash uchun mo`ljallangan. Bunda zond ekrani “G” holatda bo`lishi kerak. Zond oynasi ochiq holda (“B” holatda) tekshirilayotgan Obyektdan 1-1,5sm masofadagi beta-nurlanishlar miqdori aniqlanadi. Bunda gamma va beta-nurlanishlarning umumiy dozasi o`lchanadi.
Tepadagi shkalada qoraga bo`yalgan uchburchak va yoy bo`lib, ulardan asbobni sozlashda foydalaniladi. Doza quvvati 5 R/s bo`lganda, tepadagi shkala bo`yicha o`lchanadi. Rejimni rostlovchi potentsiometr asbobga uzatilayotgan elektroeneriyani moslab turadi va ulaydi.
K o` r s a t i sh l a r n i o l i b t a sh l o v ch i k n o p k a qayta o`lchash talab etilganda asbob strelkasini tezda nol’ holatiga keltirish uchun xizmat qiladi. O`lchov asbobi strelkasi knopka yordamida nolga qaytmasa nolga keltiruvchi maxsus vintdan foydalaniladi. Buning uchun saqlovchi vint echib olinib, uning tagida turgan ikkinchi vint buraladi va strelka nol’ holatiga qo`yiladi. So`ng echib olingan saqlovchi vint joyiga qayta burab qo`yiladi.
A s b o b n i i sh l a t i sh uchun 1,6-PMTS-X-1,05 (KB-1) tipidagi 3ta batareyadan foydalaniladi. Uchinchi batareya shkalani yoritish uchun mo`ljallangan chiroqchaga energiya beradi. Bundan tashqari 3,6 va 12 V kuchlanishli akkumlyatordan ham foydalanish mumkin. energiya manbai komplekti yangi elementlardan foydalanganda asbobning 40 soat mobaynida uzluksiz ishlashini ta`minlaydi.
T e l e f o n - boshchalari yumshoq materialdan bo`lgan ikkita kichik o`lchamli TG-7M t i p i d a g i telefondan tashkil topgan. Bular radioaktivlikning borligini tovush yordamida aniqlashda qo`llaniladi. Radiatsiya darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, shuncha tovush belgilari eshitiladi. U 200 poddiapazondan tashqari hamma poddiapazonlarda ishlaydi.
Q u t i - asbobni olib yurish va to`liq komplktni saqlashga mo`ljallangan.
E h t i yo t q i s m l a r g a - prokladka, vintlar, qalpoqchalar, zond uchun chexollar, qizdirish chiroqlari va buragichlar kiradi.
H u j j a t l a r – ishlatish bo`yicha yo`l-yo`riq (instruktsiya ) va texnik ko`rsatmadan iborat.



Download 12,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish