Tuzuvchi: Katta o’qituvchi M. Abduraxmanov Taqrizchi: katta o’qituvchi D. Yoldosheva



Download 273,02 Kb.
bet3/38
Sana20.06.2022
Hajmi273,02 Kb.
#680525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
LINGVISTIK TAXLIL METODLARI (2)

Dialektik metod tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini e’tiborga oluvchi metoddir. U XVIII asrdan boshlab tabiiy fanlarda ro‘y bergan katta o‘zgarish va bu o‘zgarishning shu kunga qadar borliqni metafizik o‘rganishga zarba berishi natijasida maydonga keldi. Tabiatshunoslikda metafizik tasavvurga Kantning tabiiy nazariyasi, Lomonosovning moddaning saqlanish va harakat qonuni qattiq zarba berdi. Mazkur kashfiyotlar tabiatda o‘zgarmaydigan hech narsa yo‘qligini isbotladi. Ayni paytda, ular falsafiy qarashlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida falsafa tarixida Gegel dialektik taraqqiyot nazariyasini olg‘a surdi.
Gegelning rivojlanish va o‘zgarish haqidagi nazariyasi dialektika va dialektik metodning shakllanishiga zamin yaratdi. Gegel dialektikasi butun tarixiy va ruhiy olamning jarayon, ya’ni uzluksiz harakatda rivojlanishda, o‘zgarishda, yangilanishda ekanini e’tirof etdi. Bu o‘zgarishlar, rivojlanishlar, yangilanishlarning manbai ichki zidlanishlar deb qaraldi.
Tabiat va jamiyatning ana shunday rivojlanish, o‘zgarish, yangilanish jarayonlarini ochib berishda, ya’ni dialektikani o‘rganishda qo‘llaniladigan metod dialektik metod sanaladi.
Dialektik metod quyidagi muhim belgilari bilan xarakterlanadi:
1) olamga o‘zaro munosabatda bo‘lgan uzvlardan tashkil topgan butunlik sifatida yondashadi;
2) ob’ektga doimiy o‘zgarish holatida, harakatda, rivojlanishda, yangilanishda deb qaraydi;
3) dialektik metod tabiat rivojlanishini sezilmas va sekin-asta ro‘y beruvchi miqdor o‘zgarishlarini sifat o‘zgarishlariga olib keluvchi jarayon sifatida baholaydi.
Dialektik metod metodologik asos bo‘lgan tilshunoslik, eng avvalo, o‘rganilayotgan ob’ektda mavjud umumiylik-xususiylik dialektikasini til-nutq zidlanishi asosida, uning bo‘linuvchanlik tabiatiga ega nisbiy butunlik ekanini uzviy tahlil metodini qo‘llagan holda, ichki tarkibiy qismlari o‘rtasidagi ziddiyatlarni oppozitiv metodni qo‘llagan holda ochib beradi. Tilga doimo rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘lgan butunlik-sistema sifatida qaraydi.

Download 273,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish