Biz milliardlab
hujayralardan tuzilganmiz
Yer yuzidagi barcha tirik
jonzotlar son-sanoqsiz
hujayralardan tashkil topgan.
Har bir hujayra nihoyatda
kichkina. U bir necha marta
kattalashtiradigan mikroskopda
ko‘radigan darajada juda
kichkina. Har bir hujayrada
membrana va yadro bor.
Ularning ichida DNK joylashgan.
Genetik guvohnomami?
DNK har biri minglab
«marvarid»lardan tuzilgan
genlar to‘plamidan iborat bo‘lib,
ularning hammasi birgalikda
yig‘ilganda shaxsning genetik
tegishliligini tashkil etadi.
inoyat sodir etilgan joydan tergovchilar voqeaga guvoh deb hisoblash mumkin bo‘lgan soch tolalari, iplar va sigareta qoldiqlarini topdilar. Marhumning pidjagidan topilgan bir necha soch tolalari mallarang edi. Ular gumondorning sochlariga o‘xshar edi. Agar bu sochlarning unga tegishli ekanligini isbotlash mumkin bo‘lganda edi, bu narsa uning haqiqatan jabrlanuvchi bilan uchrashganligiga guvohlik berardi. Har bir inson noyobdir
Mutaxassislar ish boshladilar. Ular soch ildizlaridan olingan hujayralarni va gumondorning qon hujayralarini sinchiklab tekshirib chiqdilar. Tanamizning har bir hujayrasi yadrosida DNK mavjud. Bu nima? DNK tizilgan ikkita bir-biriga o‘rilgan marvarid marjonlarga o‘xshaydi.
Tasavvur qilaylik, marjonlar to‘rt xil rang va minglab rangli marvarid donachalaridan iborat (bular genlardir). Ular alohida tartibda tizilgan. Mana shu tartib har bir inson tanasining barcha hujayralarida bir xil ko‘rinishda saqlanib qoladi, jumladan, sochlarning ildizlarida, oyoqning bosh barmog‘ida, jigarda, oshqozon va qonda. Turli odamlarda marvaridlarning joylashishi turlicha. Marvaridlarning sonini hisobga olgan holda, har xil odamlardagi marvaridlarning joylashishi bir xil bo‘lib qolish ehtimoli juda past. Bunday holat faqatgina egizaklarda bo‘lishi mumkin.
Shu tarzda DNK insonning genetik guvohnomasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Shunday qilib, genetiklar gumondor shaxsning genetik guvohnomasini (uning qonidan olinadi) malla sochlardan olingan DNK namunasi bilan solishtiradi. Agar ular bir xil bo‘lib chiqsa, demak, gumondorning jabrlanuvchi bilan uchrashganligi isbotlanadi. Dalilning faqatgina kichik bir qismi
Zo‘rlash, qotillik, o‘g‘rilik bilan bog‘liq jinoyatlar yuz berganda politsiya tez-tez genetik tahlilga murojaat qiladi. Nima uchun? Ikki odamning, ikkita predmetning yoki predmet bilan insonning bir-biri bilan aloqada bo‘lganligini isbotlash uchun. Ko‘p hollarda bu narsa ishni oldinga yurishiga sababchi bo‘ladi, ammo har doim ham jinoyatni ochishga xizmat qilmaydi.
Bu faqatgina ko‘plab dalillarning kichik bir qismi, xolos.
Anna Versal
Do'stlaringiz bilan baham: |