Byudjet taqchilligi
|
Budget deficit
|
Дефицит бюджета
|
Moliyaviy yil natijalariga ko’ra davlat byudjetida xarajatlarning daromadlardan ustun bo’lishi.
|
Valyuta kursi
|
Exchange rate
|
Обменный курс
|
mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalangan bahosi.
|
Giperinflyatsiya
|
Hyperinflation
|
гиперинфляция
|
haddan tashqari inflyatsiya, narxning shiddat bilan o’sishi, pul qadrining g’oyat tez pasayishi. Inflyatsiyaning oylik darajasi 50 % dan ortishi va bu holat 6 oydan ortiq davom etishi uning giperinflyatsiya darajasiga o’tganligini anglatadi
|
Davlat qarzi
|
Hyperinflation
|
гиперинфляция
|
davlatning o’z fuqarolari, banklar, korxona va tashkilotlar, shuningdek xorij mamlakatlaridan qarzi.
|
Daromad
|
income
|
доход
|
ishlab chiqarish natijasida tushgan pul (foyda).
|
Debitor
|
Debtor
|
дебитор
|
korxona, tashkilot yoki muassasadan qarzi bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
|
Debitorlik qarzi
|
Debtor debt
|
Долговой долг
|
o’zaro xo’jalik aloqalarini olib boruvchi korxona, tashkilotlarning bir-biridan qarzi summasi.
|
Deval’vatsiya
|
Devaluation
|
девальвация
|
qayd qilingan valyut kursi tizimi amal qilayotgan sharoitda hukumat tomonidan milliy valyutaning boshqa valyutalarga nisbatan kursini tushirishga qaratilgan tadbiri. Deval’vatsiya to’lov balansi taqchilligini bartaraf qilish, eksportni arzonlashtirish, importni qimmatlashtirish imkonini beradi.
|
Demping
|
Demping
|
демпинг
|
tovarlarni tannarxiga qaraganda yoki ichki bozordagiga qaraganda past bahoda eksport qilish
|
Deflyatsiya
|
Deflation
|
дефляция
|
iqtisodiyotda baholar umumiy darajasining pasayishi.
|
Depozitlar
|
Deposits
|
депозиты
|
1) moliya-kredit muassasalariga qo’yilgan omonatlar: 2) bank daftaridagi yozuvlar: 3) kredit muassasalariga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog’ozlar.
|
Diversifikatsiya
|
Diversification
|
диверсифицировать
|
korxonaning faoliyat soxalari va ishlab chiqaradigan maxsulot turlarining kengayishi.
|
Diskriminatsiya baholari
|
Discrimination scales
|
Шкалы дискриминации
|
ma’qul kelmagan xaridorlar uchun, ayniqsa davlatlar orasidagi munosabatlar, xaqiqiy siyosiy muhit buzilgan davrda o’rnatiladi. Bu narxlar o’ta yuqori, tovarni sotib oluvchiga bir necha marotaba qimmat qilib belgilanadi.
|
Dotatsiya
|
Subscription
|
дотации
|
davlat byudjetidan qaytarib bermaslik sharti bilan mablag’ ajratish: iqtisodiyotga byudjet orqali ta’sir etish vositalaridan biri.
|
YOpiq iqtisodiyot
|
closed economy
|
Закрытая экономика
|
tashqi iqtisodiy bozorda keng savdo- iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo’lmaydigan iqtisodiyot.
|
Jamg’arishga chegaralangan moyillik
|
Fundamental inclination
|
Фундаментальный наклон
|
jamg’arish hajmi o’zgarishning bu o’zgarishni keltirib chiqargan daromadlarning (SHTDning) o’zgarish miqdoridagi ulushi.
|
Jahon valyuta tizimi
|
Global currency system
|
Глобальная валютная система
|
jaxon bozorining rivojlanishi asosida shakllangan va davlataro bitimlar bilan mustaxkamlangan xalqaro pul-kredit munosabatlari.
|
Jahon puli
|
World money
|
Мировые деньги
|
xalqaro mikiyosida xamma uchun umumiy xarid vositasi, umumiy to’lov vositasi, boylikning umumiy moddiy timsoli, baynalminal qiymat ifodasi bo’lgan pul.
|
Import
|
import
|
импорт
|
mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chet el mollarini, kapitalini va texnologiyasini olib kelish. Import xalqaro mehnat taqsimoti natijasidir.
|
Importga chegaralangan moyilik
|
Import Trends
|
Импортные тренды
|
importga qilingan xarajatlardagi o’zgarishning YAIM yoki YAMD o’zgarishiga nisbatan ulushi. importga qaratilgan xarajatlar hissasi.
|
Investitsiya
|
investment
|
инвестиции
|
ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida mamlakat yoki chet ellarda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga uzoq muddatli kapital kiritish. Uning moliyaviy va real turlari mavjud.
|
Investitsiyalar-ga bo’lgan moyillik
|
propensity to invest
|
Инвестиционные стимулы
|
investitsiya xarajatlarining daromaddagi hissasi
|
Investor
|
Investor
|
инвестор
|
bu qaror qabul qiluvchi va o’zining shaxsiy, qarzga olingan mablag’larini va boshqa jalb qilingan mulkiy va madaniy boyliklarini investitsion loyihaga kirituvchi jismoniy va yuridik shaxsdir. U omonatchi va qarz beruvchi rolida chiqishi mumkin bo’lib amalga oshiruvchi investitsiyalarning yo’nalishini, samarasini erkin holda aniqlaydi. Investor qarori bilan investitsiyalarga egalik qilish, ishlatish, foydalanish xuquqi va ularning natijalari bilan jismoniy va yuridik shaxslarga qonunda ko’rilgan tartibda berishi mumkin.
|
Indeksatsiya
|
Indexing
|
индексация
|
iqtisodiyotdagi narxlarning o’rtacha darajasi o’zgarishiga bog’liq ravishda ish haqi va boshqa daromadlarni tuzatish, kelishtirish.
|
Inflyatsiya
|
Inflation
|
инфляция
|
baholar umumiy darajasining ko’tarilitshi, milliy pul birligi xarid qobiliyatining pasayishi.
|
Inflyatsiya darajasi
|
rate of inflation
|
Уровень инфляции
|
ma’lum vaqt ichida (oy, yil) narx darajasining foizdagi o’zgarishi.
|
Iste’mol
|
consumption
|
потребление
|
kishilarning iqtisodiy talablarini qondirish jarayonida ijtimoiy mahsulotdan foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining oxirgi bosqichi.
|
Ist’yemol xarajatlari
|
Consumption Expenditures
|
Расходы на потребление
|
tovarlar va xizmatlarni yakuniy iste’mol qilish maqsadida xarid qilish uchun qilingann xarajatlar. Uy xo’jaliklari va davlatning iste’’mol xarajatlariga bo’linadi. YAIMning xarajatlariga ko’ra tarkibida eng katta va barqaror komponent.
|
Iste’mol narxlar indeksi
|
cosumer price index
|
Индекс потребительских цен
|
o’rtacha oila tomonidan, odatda, iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar narxining bazis davriga nisbatan o’zgarishi o’rtacha darajasini aks ettiradigan ko’rsatkich, inflyatsiya ko’rsatkichi sifatida ishlatiladi.
|
Iste’molga o’rtacha moyillik
|
Consumer tendency
|
Тенденция потребителей
|
iste’mol xarajatlarining daromaddagi (yoki shaxsiy tasarrufdagi daromad hajmidagi) hissasi.
|
Iste’molga jamg’arishga) chegaralangan moyillik
|
Index of producer prices
|
Ограниченная частота
|
iste’mol xarajatlaridagi (jamg’arish hajmigi) o’zgarishning bu o’zgarishni keltirib chiqargan daromadlarning (SHTDdagi) o’zgarish miqdoridagi ulushi.
|
Ishlab chiqaruvchilar narxlarining indeksi
|
producer price index
|
Индекс цен производителей
|
bazis davriga nisbatan xom ashyo materiallar va oraliq tovarlar narxlari o’zgarishining o’rtacha darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkich. YAIMni maksimal darajada detallashtirilgan komponentlari narxini solishtirma narxlarga o’tkazishda ishlatiladi.
|
Ishsizlik
|
Unemployment
|
безработица
|
mamlakatda ish bilan band bo’lmagan ishchi kuchi guruhining mavjud bo’lishi, aholi iqtisodiy faol qismining o’ziga ish topa olmasdan qolishi, ishchi kuchidan to’liq foydalanmaslik.
|
Ishsizlikning darajasi
|
unemloyment rate
|
Уровень безработицы
|
ishsizlar umumiy sonining ishchi kuchiga bo’lgan nisbati.
|
Ishsizlikning tabiiy darajasi
|
natural rate of unemloyment
|
Естественный уровень безработицы
|
real va potensial yalpi ichki mahsulotning o’sishi bir-biriga mos keladigan iqtisodiy rivojlanish davri oraliqlariga xos bo’lgan ishsizlik darajasi. U shuningdek, iqtisodiy rivojlanishning haqiqiy va tarkibiy ishsizlik ko’rsatkichlari yig’indisi sifatida hisoblanishi mumkin.
|
Ishchi kuchi
|
Workforce
|
труда
|
ishga layoqatli, ishlayotgan va faol ish izlayotgan aholi.
|
Iqtisodiy kon’yunktura
|
Economic conjuncture
|
Экономическая конъюнктура
|
iqtisodiy o’sish, tuzilmaviy siljishlar, moliyaviy ahvol, eksport imkoniyatlari kabilarni xarakterlab beruvchi iqtisodiy holat.
|
|