Joriy va kapital. Kapital tovarlar deb ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan va kelajakdagi daromadlar va joriy iqtisodiy farovonlikka ta’sir ko‘rsatuvchi, 1 yildan ortiq xizmat muddatiga ega bo‘lgan tovarlarga aytiladi.
Moliyaviy aktivlar va passivlar. Bunday chegaralash fiskal hisoblardagi aktiv va passivlar assimetriyasi sababli zarur. Garchi, davlat zayomlari davlat moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lsa-da, bazi davlat kreditlari, odatda, likvidlikni boshqarish uchun emas, balki siyosiy maqsadlarga erishish uchun ishlatiladi. Ba’zan DBOlarida moliyaviy aktivlarni likvidlikni boshqarishda ishlatiladi, masalan, “qarzlar to‘lash fondlari” (maxsus zahiralar) va ijtimoiy ta’minotning ba’zi tizimlarida ishlatilmoqda. Boshqa hollarda DBO moliyaviy aktivlarni maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan iqtisodiy guruhlarga imtiyozli kreditlar berish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat siyosatini o‘tkazish natijasida qo‘lga kiritadilar. Ikkala holda ham operatsiya o‘tkazish DBOlarida davlat sektoridan tashqaridagi iqtisodiy agentlar tomonidan nisbatan mavjud bo‘lgan talablar o‘zgartiriladi, biroq 2 holda motivlar va operatsiyalarning moliyaviy sharoitlari bir-biridan tubdan farq qiladi. DBOlari moliyaviy aktivlarni davlat siyosati maqsadlariga erishishi uchun emas, balki likvidlikni boshqarish maqsadida ishlatmoqchi bo‘lganda bu muhim chegaralashni saqlash uchun shu aktivlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar DBOlarining passivlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar kategoriyaga kiritildi.
b) Daromadlar
Daromadlar o‘z ichiga barcha qaytmas tushumlar, shuningdek, tovar va xizmatlar to‘lovi va bir yoqli tushumlarni oladi, boshqa davlat va xalqaro tashkilotlardan olingan transfertlar bundan mustasnodir. Daromadlar joriy va kapital turlariga bo‘linadi. Kapital aktivlarni sotishdan kelgan tushumlar oxirgilarini o‘z ichiga oladi. Joriy daromad, o‘z navbatida, barcha soliq tushumlari va noaniq tushumlarni qamrab oladi.
Soliq - bu, DBOlari tomonidan ijtimoiy maqsadlar uchun undiriladigan majburiy bir yoqli va qaytmas to‘lovlardir. Soliq daromadlari ma’lum davrda amalga oshirilgan, qayta to‘lovdan chegaralangan qismni bildiradi. Soliqlar o‘z ichiga ijtimoiy ta’minot tizimiga majburiy to‘lovlar, shuningdek, daromad olish uchun davlat huquqining ishlatilishini ifodalovchi DBO tomonidan o‘tkazilgan byudjet monopoliyasi daromadlarini oladi, shuningdek alohida tovar va xizmatlarni monopol sotish yo‘li bilan olinadigan aksiz daromadlari “DMS” rahbariyatga keladigan soliq tushumi, bazaga bog‘liq holda olinadigan soliq yoki majburiyatni keltiruvchi faoliyat turiga bog‘liq holda 7 ta asosiy kategoriyaga bo‘linadi.
Noaniq tushumlar o‘z ichiga shaxsiy mulkdan keladigan daromadlar, turli yig‘imlar, sanoat savdolari, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning operatsiyaon foydalarini oladi. O‘rtacha ba’zi bir yoqli tushumlar, masalan, jarimalar ham kiradi. Kapital daromad o‘z ichiga DBOlari tomonidan sotilgan kapital aktivlari, strategik zahira, er va nomoddiy aktivlarni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |