Тузувчи : Файзуллаева Н



Download 13,29 Mb.
bet129/405
Sana15.01.2022
Hajmi13,29 Mb.
#367128
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   405
Bog'liq
4 Макроиктисодий тахлил УМК 2019 2020 Автосохраненный

Nazorat savollari.

  1. Prognoz va prognozlash tushunchalari?

  2. Iqtisodiy prognozlashning mohiyati nimadan iborat?

  3. Tuzilish muddatiga ko’ra prognozlash qanday turlarga ajratiladi?

  4. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda prognozning roli?

  5. Prognoz qanday klassifikatsiyalanadi?

  6. Prognozli yondashuvni mohiyati?

  7. Tuzilmaviy yondashuvning mohiyati?

  8. Kursning vazifasi?


10-MAVZU. IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLARNI PROGNOZLASH USULLARI
Reja:

10.1. Iqtisodiy prognozlash usullarining tasnifi.

10.2. Prognozlashning ekspert (logiko-evristik) usullari.

10.3. Prognoz ssenariylarini tuzish.

10.4. Prognozlashning ekstrapolyasiya usuli. Dinamik qatorlarning tahlili.

10.5. Prognozlashning modellashtirish usullari.

10.6. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasida bog‘lanishlarni aniqlash usullari.

10.1. Iqtisodiy prognozlash usullarining tasnifi
Hozirgi kunda olimlarning baholashicha 150 dan ortiq turli xil prognozlash usullari mavjud. Ammo amaliyotda asosiylari sifatida 15-20 tadan foydalaniladi. Mavjud manbalarda prognozlash usullarining turli tasnifiy tamoyillari keltirilgan.

Prognozlash usulining eng muhim tasnifiy belgilaridan biri prognostik usullarni to‘liq qamrab oladigan rasmiylilik darajasi hisoblanadi. Ikkinchi tasnifiy belgilari sifatida progozlash usuli amal qilishining umumiy tamoyili, uchinchisi esa prognoz axborotini olish uslubi hisoblanadi, to‘rtinchi asosiy belgisi esa prognoz ob’ektlarini o‘ziga xos xususiyatlaridir.

Prognozlash usullarning tasnifiy guruhlarni batafsilroq ko‘rib chiqishga o‘tishdan oldin iqtisodiy va ijtimoiy prognozlash usuli yoki usullari tushunchasini aniqlash lozim. Ularga prognozlash ob’ektining retrospektiv ma’lumotlarni tahlil qilish, ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) aloqalar hamda ko‘rib chiqilayotgan hodisa yoki jarayon doirasida ularning o‘lchamlari asosida uning (ob’ektining) kelgusi rivojlanishiga nisbatan muayyan ishonchlilik to‘g‘risida mulohaza qilishga imkon beradigan fikr yuritishning uslub va usullar yig‘indisi tushuniladi.

Ilmiy asoslangan tasnif tasniflashning quyi pog‘onasida (ularga yangi unsurlar kiritishi mumkin) uslub (modifikatsiyalar) sonini oshirishga imkon beradi. 9.1-rasmda prognozlash usullarning tasnifiy chizmasi keltirilgan.

Rasmiylilik darajasi bo‘yicha iqtisodiy prognozlashning usullarini intuitiv va rasmiylashgan usullarga bo‘lish mumkin. Prognozlashning intuitiv usullardan prognozlash ob’ektining juda murakkab bo‘lganligi tufayli ko‘plab omillarning ta’sir etishini hisobga olish imkoniyati bo‘lmaydigan hamda prognoz ob’ekti bo‘yicha etarli axborot bo‘lmagan holatlarda foydalaniladi. Bu holda ekspert baholashdan foydalaniladi va ular yakka va jamoa ekspert usullari guruhlaridan tashkil topadi.

YAkka ekspert baholash tarkibiga quyidagilar kiradi: “intervyu” usuli, ya’ni ekspert bevosita mutaxassis bilan “savol-javob” sxema bo‘yicha suhbat quradi; tahliliy usul, ya’ni qandaydir prognoz qilinayotgan vaziyat mantiqiy tahlil qilinadi, tahliliy yozma ma’ruzalari tayyorlanadi; ssenariyni yozish usuli, ya’ni u turli sharoitlarda vaqt makonda jarayon va hodisalarning mantiqini aniqlashga asoslangan.

Jamoa ekspert baholash usuli “komissiya”, “jamoaviy g‘oyalarni to‘plash (“aqliy hujum”) usuli, “Delfi” usuli, matritsali usul kabilarni o‘z tarkibiga oladi. Bu guruh usullari quyidagilarga asoslanadi: birinchidan, jamoaviy fikr yuritish paytida natijaning yuqori aniqliligi kuzatiladi; ikkinchidan, ekspertlar tomonidan qo‘yiladigan yakka tartibdagi mustaqil baholashni qayta ishlab chiqish paytida hech bo‘lmaganda unumli g‘oyalar paydo bo‘lishi mumkin.

Rasmiylashgan usullar ikkita guruhdan tarkib topadi: ekstrapolyasiya va modellashtirish. Birinchi guruhga quyidagi usullar kiradi: eng kichik kvadratlar, eksponensial tekislash, o‘rtacha ko‘rsatkichlarni tekislash. Ikkinchi guruhga tarmoqli va matritsali modellashtirish kiradi.








Download 13,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   405




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish