10.1.1-rasm. Prognozlash usullarning tasnifi
Ko‘rib chiqilgan intuitiv va rasmiylashgan usullar o‘z tarkibi bilan ekspert va “faktografik” usullariga o‘xshab ketadi. Faktografik usullar prognozlash ob’ekti va u o‘tmishning rivojlanishi to‘g‘risida amalda mavjud axbortlarga asoslanadi, ekspertli esa mutaxassis-ekspert baholashidan olingan axborotlarga tayanadi.
Prognozlashning ekspertli usullar sinflariga evristik (evristika - unumli, ijodkor fikr yuritishni o‘rganuvchi fan)prognozlash usuli kiradi. Ushbu usulda yuqori malakali mutaxassislarni tizimlashgan holda so‘rov olib borish yo‘li bilan olingan prognozli ekspert baholash natijalari qayta ishlanadi. U rivojlantirish tahlilini to‘liq yoki qisman rasmiylashtirishga imkon bo‘lmaydigan ilmiy-texnik muammo va ob’ektlarni prognozlashni ishlab chiqish uchun qo‘llaniladi. Evrestik prognozlash usulining tarkibi asosiy unsurlar sifatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi: sintez graf17- ob’ektning modeli; ekspert brigadalarni shakllantirish va ekspertlarning vakolatliligini baholash; masalalarni shakllantirish va ekspert baholash jadvalini tuzish; ekspretlar ishini tahlil qilish; ekspert baholash jadvallarini qayta ishlash algoritmlari; olingan prognozlar variatsiya uslubi, prognoz modellarini sintez qilish.
Iqtisodiy prognozlash usullarini tavsiflashda boshqa turli usullarni birlashtiradigan kombinatsiyalangan deb nom olgan usullar muhim o‘rin tutadi. Masalan, jamoa ekspert baholash va modellashtirish usuli yoki statistika usuli va ekspertlarni so‘rovdan o‘tkazish, bo‘lishi mumkin. Agar rasmiylashgan usullarni qo‘llayotganda axborot etarli bo‘lmasa ekspert usullardan foydalanib axborotni to‘ldirish mumkin.
Axborot sifatida faktografik va ekspertli axborotlardan foydalaniladi.
Prognozlash usullarini tasniflashda prognozlash usullarining mazmunli tizimlashtirilishi prognozlash ob’ekti o‘zi bilan, rivojlanishning iqtisodiy jarayonlari va ularning qonuniyatlari bilan aniqlanishi lozimligini inobatga olinishi zarur hisoblanadi.
Ilmiy-texnik rivojlanishining mumkin bo‘lgan natija va yo‘llarini baholash nuqtai nazardan prognozlarni uchta bosqichlarga qarab tasniflash mumkin: tadqiqot, dasturiy va tashkiliy. Tadqiqot prognozining maqsadi kelgusi rivojlanishda mumkin bo‘lgan natijalarni aniqlash va ko‘plab mumkin bo‘lgan variantlar orasidan bitta yoki bir nechta ijobiy natijalarni tanlashdan iborat. Masalan, hisoblash texnika vositalarining rivojlanishi ularning tezkor ishlash qobiliyatining o‘sishi, hotira hajmining oshishi va logistik imkoniyatlarning doirasi kengayishida aks ettirish mumkin. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi progoz qilinayotgan davr mobaynida hal qilinishi lozim bo‘lgan bir yoki bir qator ilmiy-texnik muammolar ko‘rinishida mumkin bo‘lgan istiqbolning keng ko‘lamini izohlab berishdan iborat.
Prognozning tashkiliy tomoni u yoki bu variant bo‘yicha muayyan natijalarga erishishini ta’minlab beruvchi tashkiliy-texnik choralar majmuasini o‘z ichiga oladi. Tashkiliy jihati iqtisodiy resurslarning mavjudligi va to‘plangan ilmiy salohiyati to‘g‘risida tassavurga ega bo‘lishidan iborat. Bu erda fanning tashkiliy o‘lchamlar majmuasi rivojlanishining asoslangan gipoteza ifodalanishi, resurslarni taqsimlashning tavsiya etilayotgan chizmasini va prognoz qilinayotgan davr uchun ilmiy saloxiyatning o‘sish istiqbolini ehtimollik baholanilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |