3.1. Analitik kimyo faniga kirish, Analiz turlari va mеtоdlаri Analitik kim yo — moddalarning sifatini va miqdoriy tarkibinianaliz qilishning nazariy asoslari va usullarini o‘rganadigan fandir. Analitik kimyo sifat va miqdor analiziga bo‘lib o'rganiladi.Sifat analizining vazifasi tarkibi noma’lum modda yokiaralashmaning tarkibiy qismlarini, ya’ni u qanday element yokiionlardan tarkib topganligini aniqlashdan iborat. Miqdoriyanaliz ning vazifasi esa modda yoki aralashmadagi bir yoki birnecha tarkibiy qismlar miqdorini aniqlashdan iborat.Sifat analizi, odatda, miqdoriy analizdan oldin o'rganiladi.
Sababi tekshiriladigan moddaning oldindan ma’lum bo‘lgan birorta tarkibiy qismining foiz miqdorini aniqlash zarur bo'lgandaham, sifat tarkibini rganmay turib aniqlab blmaydi. Shuninguchun moddalami analiz qilishga doir muammolarni kimyoviy,fizikaviy va fizik-kimyoviy usullarni qo'llash bilan hal etishmumkinKimyoviy usul bilan aniqlashda element yoki ion o ‘ziga xosxususiyatli biror birikmaga aylantiriladi va ayni birikma hosillganligi haqida xulosa chiqariladi. Analizning fizikaviy usullarimoddaning kimyoviy tarkibi bilan uning ayrim fizikaviy xossalari rtasidagi bolanishdan foydalanishga asoslangan (spektral,luminessent, rentgenostruktura va hokazo.).Analizning fizik-kimyoviy usullari moddaning kimyoviyreaksiyalar jarayonida fizikaviy xossalarining o ‘zgarishini aniqlashga asoslangan. Bu uchala analiz usullari orasiga hamma vaqtham keskin chegara qo'yib bo'lmaydi. Fizikaviy va fizik-kimyoviy analiz usullari ba’zan instrumental analiz usullari deyiladi(spektral, elektrokimyoviy, xromatografik, ekstraksiya va boshqalar).
3.2. Uchinchi guruh kаtiоnlаri. Aluminiy, xrom, temir (II), temir (III), marganes, rux, nikel va kobalt uchun хususiy rеаksiyalаri I. Alyuminiy kationining xususiy reaksiyalari.
1. O‘yuvchi ishqorlar bilan o‘tkaziladigan reaksiya. NaOH va KOH alyuminiy ionlari bilan Al(OH)3 ning oq amorf cho‘kmasini xosil qiladi:
AlCl3 + 3KOH = Al(OH)3↓ + 3KCl Al3+ + 3OH- = Al(OH)3↓
Alyuminiy gidroksid Al(OH)3 kislotalarda xam, ishqorlarda xam eriydigan amfoter birikmadir:
Al(OH)3 + HCl = AlCl3 + 3H2O
Al(OH)3 + KOH = K[Al(OH)4]
K[Al(OH)4] – kaliy tetragidroksoalyuminat.
Agar kaliy alyuminat eritmasiga qattik NH4Cl yoki uning konsentrlangan eritmasidan qoshib qaynatilsa, bu xolda eritma pH i 9.0 gacha kamayadi va qaytadan Al(OH)3 chokmasi tushadi.Reaksiyaning bajarilishi: Alyuminiy tuzining 5-6 tomchi eritmasiga 1-2 tomchi ishqor eritmasidan qoshiladi. Allyuminiy gidroksid chokmasi xosil bolishi kuzatiladi. Probirkadagi modda chayqatiladi va ikki qismga bolinadi. CHokmani xlorid kislotada va mol ishqorda eruvchanligi tekshirib koriladi2. Alizarin bilan otkaziladigan tomchi reaksiyasi.Alizarin ishqoriy eritmada alyuminiy ionlari bilan qizil rangli birikma alyuminiy lakini beradi.Reaksiyaning bajarilishi: Alyuminiy tuzi eritmasidan 1 tomchisi filtr qogoz lentasiga tomiziladi va uni ammoniy gidroksidning konsentrlangan eritmasi ustiga 1 2 min Al(OH)3 xosil bolishi uchun tutib turiladi.Qizil alizarinning spirtli eritmasidan 1tomchi qoshiladi va qogoz qaytadan ammiak bugiga tutiladi. Binafsha fonida pushti qizil dogning xosil bolishi alyuminiy ionlarini borligini belgisidir. Agar filtr qogoz extiyotlik bilan quritilsa, ammiak uchib ketadi va binafsha fon qizil boyoq aniq korinadigan sariq fon bilan almashinadi.