Xorijiy davlatlarda nikoh shartnomasining mazmuni
Xalqaro miqyosda nikoh shartnomasi uzoq tarixga ega. Tarixiy rivojlanish jarayonida ko’pgina Yevropa davlatlarida nikoh shartnomasi qo’llanilib kelingan. Masalan, Fransiyaning “Napolen kodeksi”da ham nikoh shartnomasiga to’xtalib o’tiladi. Hozirda Fransiya Fuqarolik kodeksida 1-kitob, Germaniya Fuqarolik kodeksida 4-kitob, SHveysariya Fuqarolik Kodeksida 11-kitob, Angliyada “Nikoh to’g’risida”gi qonunda oila munosabatlari yoritilgan bo’lib, unda nikoh shartnomasi masalalariga ham to’xtab o’tilgan. Hattoki, nikoh shartnomasi nikohning muhim bir elementi sifatida ta`kidlab o’tilgan.
Hozirgi davrda er-xotinlarning mulkiy munosabatlarini tartibga solishda ikki xillik mavjud: bir qator davlatlar oila huquqida erning hukmronligi xarakterli, ko’pchilik mamlakatlarda hozirgi davrgacha oilada er-xotinning teng huquqli emasligi saqlanib qolingan. Bu davlatlarda Fuqarolik kodeksi bo’yicha nikoh shartnomasi o’rnatilgan bo’lib, shartnoma nikohdan oldin tuzilib, unda avvalom bor xotinning mulkiga nisbatan erning huquqi mustahkamlanadi18.
Keyingi davrlarda “nikoh shartnomasi” shakli chet mamlakatlarda keng tarqalmoqda. Unga asosiy talab sifatida nikoh shartnomasi namoyon bo’lmoqda. Qonunchilik bo’yicha umumiy shartnomalarga qo’yilgan talablar: nikoh tuzish
18 Lunts M. Mejdunarodnoe chastnoe pravo. -M.: Yur.lit. 1984. -62 b.
tartibi, uning haqiqiy sanalish shartlari, nikohdan ajrashganda er-xotinning zararni undirish shartlari kabilar belgilanadi. Bulardan tashqari oilada mulkni kim boshqarishi ham shartnomada belgilanishi mumkin. Fransiyada er-xotinning mulkni boshqarishida er ushbu mulkni boshqara oladi, lekin xotinning roziligisiz muhim shartnoma yoki bitimlarni tuza olmaydi. Argentina, Braziliya va Ispaniya kabi davlatlarda mol-mulkni boshqarishda erning roli birmuncha yuqoridir.
Farb davlatlarining oila qonunchiligida nikoh shartnomasi masalasining o’ziga xosligi shundaki, unda nafaqat mulkiy munosabatlar, balki shaxsiy huquq va majburiyatlar ham o’zaro kelishib olinishi hollari uchraydi. Bu nikohning “shartnoma” shakliga muvofiq keladi. Bunda er-xotin o’rtasidagi munosabatni tartibga solishda nikoh shartnomasi muhim rol` o’ynaydi. Nikoh shartnomasi shartlarini bajarmaslik nikohni bekor qilishga, xatto ma`lum huquqiy javobgarlikka ham olib kelishi mumkin.
Hozirgi kunda Amerikada “nikoh tuzishdan avvalgi kelishuv” keng tus olgan. Unga binoan er-xotinlar ushbu kelishuvda istalgan narsalarini kelishib olishlari mumkin bo’ladi. Nikoh tuzishdan avvalgi kelishuvga binoan er-xotinlar bolalarning tarbiyasida ishtirok etib, ularni moddiy ta`minlash xususida, umumiy ro’zg’orni yuritish, shaxsiy munosabatlarni oydinlashtirib olish yuzasidan ushbu kelishuvni imzolashlari amaliyotda keng tarqalgan. Umumiy qoidaga binoan, nikoh shartnomasi yoki bo’lmasi nikohgacha bo’lgan kelishuv o’ylanib tuzilgan va oqilona bo’lishi darkor.
Rossiya qonunchiligi nikoh shartnomasini tuzish tartibi va shartlariga rioya qilgan holda, G’arb davlatlari qonunchiliga e`tiborni qaratadi. O’z navbatida esa, faqatgina g’arb davlatlarining ijobiy tomonlarini olmay, balki salbiy jihatlarini ham o’rganib chiqib, o’z qonunchiligiga kiritgan. Jumladan, G’arb davlatlaridagidek, Rossiya qonunchiligi nikoh shartnomasidagidek shaxsiy munosabatlarni, mulkiy munosabatlar bilan birgalikda emas, balki faqatgina mulkiy munosabatlarni tartibga solishni yo’lga qo’ygan.
Ayni vaqtda nikoh shartnomasini o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuv ham nikoh shartnomasi tuzilgan shaklda amalga oshiriladi. Nikoh
shartnomasi shartnomada ko’rsatilgan muddat tugagandan keyin yoki taraflar tomonidan o’rnatilgan nikohdan ajratilgandan keyin harakatdan to’xtatiladi.
Bir qator Yevropa davlatlaridagi kabi nikoh shartnomasini O’zbekiston Respublikasi Oila qonunchiligi bilan o’zgartirish yoki bekor qilish xususida to’xtaladigan bo’lsak, shuni alohida ta`kidlash joizki, respublikamiz qonunchiligiga binoan nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o’zgaritirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Uning o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi yozma shaklda tuzilishi va notarial tartibda albatta tasdiqlanishi lozim.
O’z-o’zidan tabiiy savol tug’iladi. Nikoh shartnomasi er-xotinlar nikoh davriga qadar tuzilgan bo’lsa, u qachondan boshlab amalga kiradi yoki bo’lmasa, ushbu nikoh shartnomasini imzolagandan so’ng, er-xotinlar mulk huquqini vujudga kelishini 10 yil, 15 yildan keyin kelishib olishlari mumkinmi?
O’zbekiston Respublikasi Oila qonunchiligiga binoan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro’yxatiga olingunga qadar tuzilgan bo’lsa, ushbu shartnoma nikoh davlat ro’yxatiga olingan vaqtdan boshlab amalga kiradi. Nikoh shartnomasida er- xotinlar o’zaro kelishgan holda o’zlarining mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilab olishga haqli bo’lib hisoblanadilar. Unga binoan nikoh shartnomasida belgilab olingan har qanday mol-mulklar er-xotinlarning o’zlariga tegishli bo’lib hisoblanadi. Mulk huquqini vujudga kelishi esa ushbu shartnoma tuzilgan vaqtdan va notarial tartibda tasdiqlanganidan so’ng paydo bo’ladi. Yuqoridagi savolga oydinlik kiritadigan bo’lsak, er-xotinlar mulk huquqini vujudga kelishini 10 yil yoki 15 yildan so’ngligini kelishib ola olmaydilar. Faqatgina nikoh shartnomasining bandida mulkiy munosabatlarga bo’lgan huquq va majburiyatlarni kelishib, belgilab olishlari mumkin bo’ladi.
MDH davlatlariga kiruvchi Rossiya qonunchiligi bilan nikoh shartnomasinibekor qilishni taqqoslab ko’rsak, agar nikoh shartnomasi bekor qilinmagan bo’lsa, u nikoh tugatilgugiga qadar amalda bo’ladi. Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyinga davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno bo’ladi. Nikoh shartnomasi
shunday huquq va majburiyatlarni belgilashi mumkinki, ular nikoh tugatilganidan so’ng ham amalda bo’ladi. Birinchi navbatda, bu nikoh tugatilgandan so’ng er- xotindan bittasining moddiy ta`minlashga taalluqli bo’lishidir.
Qisqacha qilib, g’arb davlatlari va O’zbekiston Respublikasida nikoh shartnomasini haqiqiy emas deb topish asoslari xususida to’xtalib o’tsak. Oila kodeksining 33-moddasiga binoan nikoh shartnomasi sud tomnidan O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha to’la yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |