11.03.2022, 09:08
Tutqich
bermas graviton
https://www.orbita.uz/index.php?view=article&catid=69%3Aqiziqarli-fizika&id=792%3Atutqich-bermas-graviton&tmpl=component&print=1&layout=… 2/6
birligida hisoblab chiqqan bo‘lamiz. Biroq, astronomik hisob-kitoblar uchun dina noqulay birlik. Biz hali ushbu maqola so‘ngiga yaqin
ushbu birlikdan voz kechib yuboramiz.
Demak, keling endi hisob-kitoblarni o‘ziga o‘tamiz.
G
ning qiymati butun olamda bir xil. U universial fizik doimiylar sirasiga kiradi va
shuning uchun ham "gravitatsiya doimiysi" deb yuritiladi. Gravitatsiya doimiysining qiymati 6,67·10
−8
ga teng.
Tushunishga osonroq bo‘lishi uchun, biz qarayotgan obyektlarning massasi bir xil deb qabul qilamiz. Ya’ni,
m
=
m
′,
m
×
m
′=
m
×
m
=
m
2
.
Ushbu obyektlar oraliq masofasi ham 1 sm bo‘laqolsin. Unda,
d
=1,
d
2
=1 bo‘ladi. Hamma narsa 1 ga teng bo‘lib, ketgach, yuqoridagi,
gravitatsiya kuchi formulasida faqat G ning o‘zi va
m
2
qoladi. Ya’ni,
F
g
=0,0000000667×
m
2
.
Endi esa, elektromagnit kuchni ko‘rib chiqamiz. Uni
F
e
bilan belgilaymiz.
Nyuton tomonidan tortishish qonuni kashf etilishi
dan roppa-rosa 1 asr o‘tib, fransuz harbiy muhandisi va fizik olimi
Sharl Ogyusten de
Kulon
tomonidan zaryadlangan obyektlar orasida ta'sir qiluvchi elektromganit kuch uchun ham, Nyutonning tortishish kuchi formulasiga
juda o‘xshash formula keltirib chiqarildi.
Biz yuqorida orasida gravitatsiya kuchi ta'sir qilayotgan ikki obyektni tasavvur qilgan edik. Endilikda, tasavvurimizni biroz boyitamiz va
o‘sha ikki obyekt elektr zaryadiga ham ega deb olamiz. Elektromagnit kuchi ham tortishish va ham itarish
kuchiga ega ekanligini
inobatga olib, o‘sha obyektlarning birining zaryadi manfiy, ikkinchisiniki esa musbat deb qabul qilamiz. (Aslidaku, har ikkala obyekt bir
xil zaryadga ega bo‘lsa ham, elektromagnit kuch qiymati o‘zgarmaydi; u faqat itarilish kuchi sifatiga o‘tadi xolos).
Kulon elektr zaryadiga ega ikkita obyekt orasidagi elektromagnit kuchi quyidagicha formula orqali ifodalanishini ko‘rsatib bergan:
Bunda:
q
va
q
′ - obyektlarning zaryadi;
d
esa ular orasidagi masofa.
Ko‘rib
turganingizdek, Kulon formulasi va Nyuton formulasi haqiqatan ham juda-juda o‘xshaydi.
Agar, masofani santimetr bilan, elektr zaryadini esa elektrostatik birliklar bilan o‘lchasak, formulaga gravitatsiya
doimiysi singari
qandaydir konstanta kiritishga ehtiyoj qolmaydi. Albatta, buning uchun har ikkala obyekt vakuumda joylashgan bo‘lishi lozim.
Yodingizda bo‘lsa, so‘zimiz avvalidayoq, biz qarayotgan obyektlar koinotda yolg‘iz, ya'ni, faqat ushbu ikki obyekt mavjud deb tasavvur
qilib olgan edik. Shunga ko‘ra, ular orasida vakuumdan bo‘lak narsa bo‘lishi mumkin emas. Ushbu birliklar va shartlarni inobatga olsak,
obyektlar orasidagi ta'sir qilayotgan elektromagnit kuch ham dina birligida o‘lchanadi.
Endi, ushbu, ikkinchi misol, ya'ni, elektromagnit kuch uchun ham shartlarni soddalashtiramiz va birinchi
obyektning elektr zaryadi
qiymati ikkinchi obyektning elektr zaryadi qiymati bilan bir xil deb qabul qilamiz. Ya'ni,
q
=q′.
Shu o‘rinda, zaryadlardan biri manfiy, ikkinchisi musbat ediku, formulada ularning ishorasi qayoqqa ketdi?! – degan savol uyg‘onishi
mumkin. Albatta, misol yaqqol tushunarli bo‘lishi uchun,
Do'stlaringiz bilan baham: