Tut parvonasining, biologiya, ekologiya va zararlash xususiyatlari Annotatsiya



Download 27,48 Kb.
bet4/5
Sana15.04.2022
Hajmi27,48 Kb.
#553080
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maqola D. Tolibjonova

Tut parvonasi (Glyphodes pyloalis Walker) ning zarar keltirish xususiyatlari
Tut parvonasi qurtlari barcha tut daraxtlarida yashab, ularga jiddiy zarar etkazadi. Ipak qurti uchun etishtiriladigan tut daraxtlarida birinchi avlod qurtlar tut novdalari kesib olingunga qadar dastlabki barglarda oziqlanib zarar keltiradi. Qishda, noqulay sharoitda ko’plab zararkunandalarning qirilib ketishi hisobiga birinchi avlod qurtlar soni nisbatan kam bo’ladi. Shuningdek, zararkunanda miqdor zichligi ortib borayotgan vaqtda tut novdalari ipak qurti uchun kesib olinadi. Natijada, ipak qurti uchun yetishtiriladigan tut daraxtlarining dastlabki vegetatsiya davrida tut parvonasi zarari sezilarli darajada bo’lishi kuzatilmaydi. Ayni vaqtda shotut va boshqa manzarali tut daraxtlari ipak qurti uchun kesib olinmasligi sababli, asosiy zararlanish hamda zararkunandaning tarqalish o’chog’iga aylanib qoladi. Shotut daraxtining barglari jiddiy zararlanish oqibatida, sentyabr oyi boshidayoq to’liq sarg’ayib to’kiladi. Ipak qurti uchun o’stiriladigan tut daraxtlarining yangi novdalarida barg yozilgandan boshlab qurtlar soni keskin orta boshlaydi. Zararlanish ko’rsatkichi yoz mavsumi oxiriga tomon yuqorilab boradi va avgust-sentyabr oylarida kuchli zararlangan tut daraxtlari defolyatsiya qilingandek ko’rinish oladi. Zararlanish dastlab keng maydonlar bo’ylab tut daraxtlari barglarining sarg’ayib borishida aks etsa, zararlanish kuchli bo’lgan tutzorlarda ushbu holat yoppasiga ko’rinish oladi. Oktyabr oyiga o’tib jiddiy zararlangan tut daraxtlari novdasining uchki 30-40 sm qismidagi qishlovchi kurtaklardan navbatdan tashqari barglar yoziladi. Oxirgi avlod qurtlarning ko’pchiligi ayni shu barglar bilan oziqlanib zarar keltiradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, shotut daraxti barglari to’liq zararlangan holatda ham ularda navbatdan tashqari barg yozilmaydi. Shotut daraxtining zararlangan barglari qurib qolgandan so’ng, ilma-teshik ko’rinish hosil qiladi. Baland tanali tut daraxtlarining zararlanishi mavsumlar davomida o’ziga xos bo’lib, qurtlar may-iyun oylari davomida asosan, tut daraxti novdalarining yuqori yaruslari bo’ylab tarqalib oziqlanadi, yoz mavsumi o’rtalariga kelib novdaning pastki qismlarida ko’proq tarqalib zararlaydi va avgust oyi oxiriga tomon yana yuqorilab boradi. Natijada avgust-sentyabr oylarida tut daraxtlari barglarining birdaniga to’liq zararlanishi kuzatiladi. Shuningdek, jiddiy zararlangan tut daraxtlari tanasini qurtlar ipak tolasi bilan o’rab tashlaydi va bunday tut daraxtlarining tanasi uzoqdan kulrang yaltiroq rangda tovlanib ko’zga tashlanib turadi. Barcha tut daraxtlari, shu jumladan, Shotut daraxti barglarining zararlanishi va vaqtidan oldin to’kilishi, o’sish - rivojlanish jarayonini sustlashtiradi hamda barg va meva hosildorligini kamaytirib, qishgi sovuqlarga chidamliligini pasayishiga olib keladi.
Tut parvonasining birinchi yosh qurtlari asosan uchki kurtaklar orasida, barg tomirlarining tutashish sathida 3-4 tadan, ba’zan 10-12 tagacha bo’lib tomirlar oralig’idagi to’qima bilan oziqlanib zarar keltiradi. Birinchi yosh qurt ikkinchi yoshgacha 0,5 sm2 joydagi 5-10 mg barg to’qimasi bilan oziqlanadi. Bir dona bargda birinchi yosh qurtlar soni 8-10 tagacha bo’lganda zararlanish sezilarli ko’rinish oladi. Ikkinchi yoshdagi qurtlar uchki kurtaklar orasida hamda barg plastinkasining turli qismlari bo’ylab tarqalib oziqlanadi. Ikkinchi yosh qurt uchinchi yoshga o’tguncha 1sm2 yoki 15-20 mg atrofida barg to’qimasini eb zarar keltiradi. Uchinchi yoshdan qurtlarning zarari keskin ortadi. Uchki kurtaklardagi qurtlar kurtakni tezda eb nobud qiladi. Kichikroq barglarni o’zidan ajratgan ipak tolasi bilan o’rab olib, ichida oziqlanadi. Xonadonlarda ko’proq o’stiriladigan marvarid tut va shotut daraxti barglari nisbatan qattiq bo’lganligi sababli, bularda uchinchi yosh qurtlar ochiq holda oziqlanadi. Bir dona uchinchi yosh qurt keyingi yoshga o’tgunga qadar 2 sm2 atrofidagi joyda yoki 28-35 mg barg to’qimasi bilan oziqlanadi. Tut daraxtlari jiddiy zararlanib, ozuqa barg etishmay qolganda, 1-3 yoshdagi qurtlar tut mevalari bilan ham oziqlanib, meva ichiga kirib olishi mumkin. 4-5 yoshdagi qurtlarda ipak tola ajratuvchi bezlari yaxshi rivojlanganligi sababli yirik barg o’ramlarini hosil qilib oziqlanadi. Bir dona to’rtinchi yosh qurt o’rtacha 3 sm2 barg plastinkasining 60-80 mg atrofida, beshinchi yosh qurtlar esa barg plastinkasining 5 sm2 qismida 100-150 mg gacha to’qimani eb zarar keltiradi.
Qurtlar yirik barglarni to’liq o’ramasdan, ma’lum bir qismini o’rab olib oziqlanishi ham mumkin. Shotut hamda marvarid tut barglari qalin bo’lganligi sababli asosan ikkita yonma-yon bargni bir-biriga yopishtirib, orasida oziqlanadi. Barglari zich joylashgan novdalarda ayrim katta yoshli qurtlar doimiy ochiq holda oziqlanishi mumkin. Barcha yoshdagi qurtlar barg eti bilan oziqlanadi va bunda bargning ustki epidermis qismi saqlanib qoladi. Barg epidermisining saqlanib qolishi qurtlarning himoyalanishi bilan bog’liq. Odatda ozuqa etishmagan hollarda qurtlar barglarni epidermisi bilan birga yaxlit eb zarar keltiradi yoki ayrim qurtlar bargning ustki qismiga o’tib oziqlanganda ham shunday holat kuzatiladi. Kurtaklar orasidagi qurtlar uning ichki qismi to’qimalarini eb zararlaydi va natijada kurtak nobud bo’ladi. Katta yoshdagi qurtlar ipak qurti uchun kesib olinayotgan tut novdalari bilan birga qurt boqiladigan xonalarga tushib qolsa, ipak qurti tanasini “tishlab” jarohatlashi yoki oziqlanishiga halaqit berishi mumkin.

  • Tut parvonasi arealining Farg’ona vodiysi bo’ylab kengayib borishida harorat, ozuqa o’simligi uzluksizligi va shamol hamda insonlarning xo’jalik faoliyati asosiy ahamiyatga ega bo’lgan; tut parvonasining tarqalish tezligi uning mavsumiy miqdor zichligiga bog’liq, zararkunanda arealining kengayib borishi 2-5 bo’g’in kapalaklari tarqalishi hisobiga amalga oshadi

  • Tut parvonasi qurtlari, g’umbak hamda kapalaklari morfologik va variatsiya ko’rsatkichlari o’rtasidagi qiyosiy o’ziga xoslik ozuqa o’simligiga ham bog’liq

  • Qish oylarida haroratning -100С dan pasayishi hamda yuqori namlik tut parvonasi qishlovchi qurtlarini ko’plab qirilishiga, keyingi mavsumda zararkunanda miqdor zichligini past darajada bo’lishiga sabab bo’ldi; qishning iliq, yoz mavsumi issiq hamda quruq kelishi tut parvonasini ko’plab ko’payishi uchun qulay sharoit sanaladi

Tut parvonasining zarari bahor oylarida sezilarli bo’lmaydi, yozning ikkinchi yarmi va kuz mavsumi boshlanishida eng yuqori darajada bo’ladi; novdalar odatdagidan 30-40 sm qisqa va sovuqqa chidamsiz bo’ladi, keyingi mavsumda sifatli barg bermaydi; birinchi yosh parvona qurtlari asosan uchki kurtaklar orasida, barg tomirlarining tutashish satxida 3-4 tadan, ba’zan 10-12 tagacha bo’lib tomirlar oralig’idagi to’qima bilan oziqlanib zarar keltiradi; ikkinchi yosh qurtlar uchki kurtaklar orasi hamda barg plastinkasida, uchinchi yoshdan esa kichikroq barglarni ipak tolasi bilan o’rab olib orasida oziqlanadi; 4-5 yoshdagi qurtlar yirik barg o’ramlarini hosil qiladi va bir dona bargni o’rashi uchun o’rtacha 25-30 daqiqa vaqt sarflab, 16-18 metr ipak tolasi ajratib chiqaradi
Tut daraxtini zararlanishini oldini olish uchun yosh parvona qurtlari ikkinchi yoshga o’tganda tut daraxtiga ishlov berilsa zararlanishni oldini olgan bo’lamiz

  • Qish oylarida haroratning -100С dan pasayishi hamda yuqori namlik tut parvonasi qishlovchi qurtlarini ko’plab qirilishiga, keyingi mavsumda zararkunanda miqdor zichligini past darajada bo’lishiga sabab bo’ldi; qishning iliq, yoz mavsumi issiq hamda quruq kelishi tut parvonasini ko’plab ko’payishi uchun qulay sharoit sanaladi.

  • Tut parvonasining tuxumlari, kichik va katta yoshdagi qurtlariga qarshi biologik vositalardan faydalanib kurash choralarini tashkil etish, bu avvalo arzon hamda atrof muhit musaffoligi va insonlar salomatligiga ham mutlaqo bezarardir.

  • Bioloigk kurash tadbirlari doirasida tut parvonasi tuxumlariga qarshi oltinko’z lichinkalarini 1:10 va 1:20 nisbatda qo’llash, kichik yosh, mayda qurtchalarga qarshi oltinko’z lichinkalarini 1:5 va 1:10 nisbatda tarqatish ijobiy natijalar bergan.

  • Shu bilan birga zararkunandalarning katta yoshdagi qurtlariga qarshi brakon hebetor parazitini 1:1 va 1:5 nisbatlarda, hali turi aniqlanmagan Bracon sp. parazitini esa 1:5 va 1:10 nisbatlarda qo’llash ham samaradorligi yuqori bo’lgan.

  • Tut parvonasiga qarshi samarali kurashish maqsadida zararkunandaga qarshi yangi mikrobiologik himoya vositalaridan bo’lgan Naturalis–L preparatini gektariga 0,5 l sarflab, tut parvonasi qurtlarini 80,3 va undan ortiq foizini qirib yuborish mumkin ekan.

Umuman tut parvonasiga qarshi yuqorida ta’kidlangan kurash uslublaridan: ya’ni agrotexnik, biologik, kimyoviy va albatta xo’jalik tashkiliy tadbirlardan o’rinli foydalanish, bular asosida zararkunandaga qarshi zamonaviy kurash tizimini ishlab chiqish va amaliyotda tadbiq etish shu kunning dolzarb muammosi bo’lib qolmoqda.

Download 27,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish