TUT IPAK QURTINING TERI QOPLAMINING TUZILISHI VA TURLI RANHLARDAGI IPAK QURTLARI
Ipak qurti — hasharotlar sinfi, tangaqanotlilar turkumi tut va eman ipak kurti oilasiga kiradigan kapalaklarning qurtlik (lichinka) davri. Ipak qurtlari Bombycidae va Saturnidae oilalariga boʻlinadi. Bombycidae oilasiga xonakilashtirilgan tut ipak qurti (20 ga yaqin turi bor), Saturnidae oilasiga esa yovvoyi (eman) ipak qurtlari kiradi.
Eman I. q. bir yilda bir, ikki, baʼzan uch avlod beradi va eman daraxti bargi bilan oziqlanadi. Xitoy, yapon, hind eman I. q. turlari mavjud (q. Eman ipak qurti).
Tut I. q. tut bargi bilan oziklanadi va bir yilda necha avlod berishiga qarab monvoltin (bir avlod), biovoltin (ikki avlod) va polivoltin (ikki-tadan ortiq avlod beradigan) zotlariga boʻlinadi. Oʻzbekistonda faqat tut I. q. boqiladi. Ipak qurtlari oʻz rivojlanishida tuxum, qurt, gʻumbak va kapalak bosqichlarini oʻtadi, soʻnggi kapalaklik davrida I. q. batamom voyaga yetgan bulib, urchish qobiliyatiga ega boʻladi. Uning kurtlik davri 5 yoshdan iborat. 1 yoshdan 2-yoshga oʻtishda pust tashlaydi. I. q. buyi 1-yoshi boshida 3— 4 mm bulib, 5-yoshi oxirida 85—88 mm ga; vazni 0,0004 g dan 3,5—5,0 g ga yetadi. Bitta qurt hayotida 20—25 g barg (75—80% ini 5-yoshida) yeydi.
I. q. gavdasi bosh, kukrak va qorin qismlaridan iborat. Qurt yoshligida uning boshi qora tusda bulib, yoshi kattalashib, qurt usgan sari oqarib boradi va 5-yoshda qoʻngʻir-jigarrang tusga kiradi. Boshining ustki qismida moʻylov, ogʻiz va ipak chiqaruvchi naychasi, ikki yon tomonlarida koʻzlar joylashgan. Qurt boshining ostki tomonida ogʻiz boʻshligʻi va uning ikki yonida arra tishli ustki jagʻ-gʻajish organi boʻlib, shu jagʻlar vositasi bilan bargni kemiradi. Qurt kukrak qismi 3 boʻgʻimdan iborat, har bir boʻgʻimning ostki qismida bir juftdan oyoqchalari joylashgan. Qorin ipak kurti tanasining birmuncha uzun qismi boʻlib, 9 boʻgʻimdan iborat; 8-boʻgʻimining ust tomonida etdor chiqigʻi — pixi, 9-bugʻimida esa orqa chiqarish teshigi bor.
I. q.ning tanasida 9 juft nafas yuli — teshigi bor. Bu nafas yullari bi-rinchi kukrak bugʻimining hamda qorin qismidagi oldingi 8 bugʻimining yon tomonlarida tuxum shaklidagi dogʻ koʻrinishida joylashgan.
I. q.da 8 juft oyoq buladi, bundan 3 jufti koʻkrak boʻgʻimlarida va 5 jufti qorin boʻgʻimlarida joylashgan.
Kurtlik davri monovoltin zotlarda 25—27 kun, bivoltin zotlarda 20 kun. Shu davrda kurt 4 marta pust tashlab, 5-yoshni utaydi va pilla urashga kirishadi. Pilla oʻrash 3 kun davom etadi. Qurt pilla ichida gʻumbakka aylanadi. Gʻumbaklik davri haroratga qarab, 2—3 hafta davom etadi. Gʻumbak tanasi duksimon boʻlib, xitin bilan qoplangan, harakatlanmaydi. Rivojlanish davom etib, gʻumbak kapalakka aylanadi.
Kapalak ogʻzidan maxsus suyuqlik chiqarib, pillaning bir uchini hoʻllaydi. Kapalak pillaning yelim moddasi erigan oʻsha joyni oyoklari bilan surib teshik ochadi va tashqariga chiqadi. Kapalak havo haroratiga qarab, 5—10 kun yashaydi. Erkak va urgʻochi kapalaklar bir-biri bilan juftlashganidan keyin urgʻochi kapalak tuxum tashlaydi (yana q. Pillachilik).
Ipakchilik (ipak qurtlarini etishtiish) 4500 yil davomida sinab kelinmoqda va bugungi kunda O'zbekiston dunyoda pilla etishtirish bo'yicha Xitoy va Xindistondan so'ng uchinchi o'rinni egallagan. Har bahorda dehqon xo'jaliklariga uzunligi 2-3 millimetr keladigan yangi ochib chiqarilan ipak qurtlari topshiriladi. So'ngra manashu ipak qurtlar ma'lum bir o'lchamda oilalarga tarqatiladi va ular ipak qurtlarini issiq xonalarda hashoratlardan himoya qilgan holda o'stirishadi. Jarayonning boshida ipak qurtlariga qarash juda oson. Ular ko'p ovqat emaydi va faqat yangi chopib maydalangan tut daraxti barglarini istemol qiladi. Besh hafta ichida 2-3 millimetrli ipak qurtlar uzunligi 12 santimetrgacha etadi va dastlabki og'irligi o'n ming martaga ortadi.
Ipak qurtlari juda tez o'sadi va bitta xonaga joy bo'lgan to'plam endi kamida ikkita omborxonaga joy bo'ladi. Ipak qurtlarni ichkarida saqlash orqali namlik miqdori ushlab turiladi va bu barglarni qurib qolishdan saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |