Tusiy va Ibn Sinoning mantiqiy qarashlari



Download 110,29 Kb.
bet1/2
Sana12.10.2022
Hajmi110,29 Kb.
#852665
  1   2
Bog'liq
Tusiy va Ibn Sinoning mantiqiy qarashlari


Tusiy va Ibn Sinoning mantiqiy qarashlari
(Esse)

Abu Ali ibn Sino (toʻliq ismi: Abū ʻAlī al-Husayn ibn ʻAbd Allāh ibn Sīnā al-Balkhīarabcha: أبو علي الحسین بن عبدالله بن سینا) — oʻrta osiyolik buyuk qomusiy olim[5], boshqa manbalarda esa, buxorolik fors[6] olimi, tabib va faylasuf deb yuritilgan980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna (ingl. Avicenna) nomi bilan mashhur.


Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn (Ibn Sino), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt — Buxoroga koʻchib keladi va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetar yetmas Ibn Sino Qurʼon va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur boʻlgani uchun otasi Ibn Sinoni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qoʻlida olim mantiq, handasa va falakiyotni oʻrgandi va baʼzi falsafiy masalalarda ustozidan ham oʻzib ketdi. Ibn Sinoning aql-zakovatini koʻrgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shugʻullantirmaslikni tayinlaydi.
Jurjondalik vaqtida Ibn Sino ham ilmiy ijod bilan shugʻullandi, ham tabib sifatida faoliyat koʻrsatdi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga koʻra, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi „Tib qonunlari“ning dastlabki qismlarini yaratdi.
Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 242 (160) tasi yetib kelgan. Shulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid boʻlib, qolganlari mantiq, psixologiya, tabiiyot, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bagʻishlangan.
Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari „Kitob ash-shifo“dir. U 4 qismdan iborat va uning 1-qismi mantiqqa bag’ishlanadi: 1) mantiq — 9 qismga boʻlingan:
almadhal — mantiqqa kirish;
al-maqulot — turlari;
al-iborat — interpretatsiya;
al-qiyos — sillogizm;
al-burhon — isbot, dalil;
al-jadal — tortishuv, dialektika;
as-safsata — sofistika;
alxitoba — ritorika;
ash-sheʼr — poetika (sheʼr sanʼati);
Ibn Sinoning yana bir falsafiy asari „Kitob annajot“ „Kitob ash-shifo“ ning qisqartirilgan shakli boʻlib, u ham qisman jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan. Olimning falsafiy qarashlari yana „Al-ishorat vattanbihot“ („Ishoralar va tanbihlar“), „Hikmat almashriqiyn“ („Sharqchilar falsafasi“), „Kitob al-ishorat filmantiq va lhikmat“ („Mantiq va falsafaning ishoralari“), fors tilida yozilgan „Donishnoma“ („Bilim kitobi“) va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda hamda „Tayr qissasi“, „Salomon va Ibsol“, „Hayy ibn Yaqzon“, „Yusuf qaqida qissa“ kabi falsafiy mazmunli badiiy qissalarda oʻz aksini topgan.
Inson aqli turli fanlarni oʻrganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. Ibn Sino tushunchasida bilimlarni chuqur oʻrganish orqali xudoni bilish mumkin degan fikr yotadi. U mavjud bilimlarni egallagan insongina haqiqiy musulmon boʻla oladi, deb tushunadi. Ibn Sino mantiqni ilmiy bilishning, mavjudotni oʻrganishning ilmiy usuli deb biladi. „Mantiq, — deb yozadi Ibn Sino — insonga shunday bir krida beradiki, bu krida yordamida inson xulosa chiqarishda xatolardan saqlanadi“. U mantiqiy usullar, taʼriflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini chuqur oʻrgandi, mantiq fanini Forobiydan soʻng bilishning toʻgʻri metodi sifatida rivojlantirdi.
Ibn Sino metafizika fani tushunchasida Arastu izidan borgan. Al Farobiydan keyin u mavjudlik va mavjud emaslik o‘rtasidagi farqni boshqalarga nisbatan hamda mavjudlik va mavjud emaslik o‘rtasidagi farqni o‘ziga nisbatan ko‘rsatadi. Ibn Sino Yaratganning abadiy ekanligini ta’kidlaydi. Abadiylik tushunchasini Ibn Sino emanatsiyaning nooplatonik tushunchasi yordamida tushuntirib, shu orqali u boshlang‘ich yagonalikdan ko‘plik jonzotlar dunyosiga o‘tishni mantiqiy yoritib bergan. Biroq, koinotga bir kishi kelib chiqishining yakuniy natijasi sifatida emas, balki barcha ixtiyoriy mavjudodning zarur elementi sifatida qarab, nooplatonik tushunchadan farqli ravishda, emanatsiya jarayonini samoviy osmon olami bilan chegaralab qo‘ydi. Koinot uch olamga bo‘lingan: moddiy dunyo, yaralmagan abadiy qiyofa dunyosi va dunyoning barcha xilma-xilliklarini o‘zida jalb qilgan dunyo. Inson tanasi va qalb birligi tirik jonni hosil qiladi; falsafiy fikrlovchi insonga aqlli qalbni qabul qilishga moyil tana asos bo‘ladi. Mutloq haqiqatga fikrlash jarayonining eng yuqori nuqtasida hozir bo‘luvchi ichki hissiyot orqali erishiladi.

Download 110,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish