Tushuntirish xati yozishdan bosh tortganlik to‘g‘risida
D A L O L A T N O M A
18.05.2021y Narpay tumani
Ushbu dalolatnomani tuzib imzo chekuvchilar Narpay tuman Umid MFY raisi va faolari, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha xodim, bo‘limning bosh xisobchi va iqtisodchisi hamda kadrlar bo‘yicha rahbarlari ishtirokida shul haqdakim fuqaro F.O‘taevaning 2021 yil 12 maydagi Samarqand viloyati hokimining “Telegram messenjeri” orqali yo‘llagan tumandagi 55-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining hatti-xarakatlaridan norozi bo‘lib qilgan murojaati MFY faollari va maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari tomonidan vakolati doirasida o‘rganib chiqilganligi o‘rganish jarayonida fuqaroning murojaatida keltirilgan vajlar o‘rganilgan tegishli xulosa qilinganligi, bunda Narpay tuman Prokuraturasining 2021 yil 20 apreldagi №4/478-21-sonli xati hamda Samarqand viloyati Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasining 2021 yil 6 maydagi 55-MTT direktorining ish faoliyatini o‘rganish to‘g‘risidagi dalolatnomasi orqali fuqaroga barcha tegishli huquqiy tushunchalar berilganligi, o‘tkazilgan o‘rganishlarga qaramasdan fuqaro F.O‘taeva ta’lim tashkiloti direktori bilan kelishmay kelgan. Tushuntirish xati yozishdan bosh tortgan.
Ushbu dalolatnomani to‘g‘ri deb imzo chekuvchilar:
Umid MFY raisi: _______________________
Umid MFY faoli: _______________________
Tuman MTB bosh xisobchisi: _______________________
Tuman MTB bosh iqtisodchisi: _______________________
Tuman MTB kadrlar nazorati: _______________________
Tuman MTB murojaatlar
bo‘yicha xodim: _______________________
55-MTT direktori: _______________________
Imzo chekishdan bosh tortganlik to‘g‘risida
D A L O L A T N O M A
27.01.2022y Narpay tumani
Ushbu dalolatnomani tuzib imzo chekuvchilar Narpay tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri J.Norqulov, bo‘limning ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash va metodik xizmatni tashkil etish sho‘ba mudiri D.Qurbonova, bo‘limning maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmati boshlig‘i S.Pardayev, bo‘limning jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi S.Shishanov, bo‘limning kadrlar bilan ishlash sho‘basi mutaxassisi G.Mamatraimovalar ishtirokida shul haqdakim Narpay tumani maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 27-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Egamberdiyeva Ulbuvish Mardonovnani nafaqa yoshiga yetkanligi sababli Samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilinishi yuzasidan tegishli mutasaddilar tomonidan yashash manziliga borib tanishtirilganda buyruq bilan tanishishni xohlamagan va buyruq bilan tanishdim deb imzo chekishdan bosh tortgan.
Ushbu dalolatnomani to‘g‘ri deb imzo chekuvchilar:
Narpay tumani maktabgacha
ta’lim bo‘limi mudiri: J.Norqulov
Bo‘limning ta’lim-tarbiya sifatini
ta’minlash va metodik xizmatni
tashkil etish sho‘ba mudiri: D.Qurbonova
Bo‘limning maxsus ta’mirlash-
ekspluatatsiya xizmati boshlig‘i: S.Pardayev
Bo‘limning jismoniy va yuridik
shaxslar murojaatlari bilan ishlash
bo‘yicha mutaxassisi: S.Shishanov
Bo‘limning kadrlar bilan ishlash
sho‘basi mutaxassisi: G.Mamatraimova
Do'stlaringiz bilan baham: |