Narpay tumani
Narpay tumani - Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-
sentabrda tashkil etilgan. Viloyatning janubida joylashgan. Sharq va gʻarbdan viloyatning
Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi, shimolidan Navoiy viloyatining Xatirchi tumani, janubidan Nurobod
tumani, Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 0,44 ming km². Aholisi 152 ming kishi
(2003). Tumanda 1 shahar (Oqtosh), 1 shaharcha (Mirbozor), 9 qishloq fuqarolar yigʻini
(Islomshoir, Kosagaron, Olti-oʻgʻil, Chaqar, Yangirabot, Yangiqoʻrgʻon, Qadim, Qorakoʻl,
Qorasiyrak) bor. Markazi — Oqtosh shahri
Tabiati. Tuman hududining janubi-gʻarbi Qarnob choʻli, markaziy qismi va Shimoli-sharqida
Ziyovuddin-Zirabuloq togʻlari, togʻ oralaridagi soylik va botiqlardan iborat.
Yer yuzasi, asosan, uchlamchi davr choʻkindi jinslaridan tashkil topgan. Bu yer neogen
davrigacha dengiz boʻlgan. Neogen davridagi alp orogenetik ja-rayoni taʼsirida vodiy quruqlikka
aylangan. Iklimi keskin kontinental. Yozi jazirama issiq va quruq, qishi sovuq. Yillik oʻrtacha
temperatura yanvarda — 1,9°, iyulniki 27,2°. Eng yuqori temperatura 44°, eng past temperatura
—35°. Vegetatsiya davri 200 kun. Yillik yogʻin miqdori 200 mm. Yogʻinning koʻp qismi bahor va
qishda tushadi. Shimoliy chegarasi boʻylab Za-rafshon daryosi oqib oʻtadi. Soy va jil-gʻalar yozda
qurib qoladi. Kds. Narpay kapali tuman hududidan oʻtgan. Tuproqlari sugʻoriladigan boʻz tuproq,
baʼzi joylarda shoʻrlangan tuprokdar, togʻ etagi qiya tekisliklarida och boʻz tuproq, asl boʻz
tuproqlar uchraydi. Yovvoyi oʻsimliklardan pashmakshoʻra, oqshoʻra, bugʻdoyiq, qamish, roʻvak,
shoʻrajriq, kampirsoch, itgunafsha, yulgʻun va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki,
quyon, chiyaboʻri, jayra, jayran va boshqa uchraydi. Qushlardan soʻfitoʻrgʻay, loy-xoʻrak,
chugʻurchiq., zargʻaldoq, qirgʻovul; sudraluvchilardan gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon,
echkemar; kemi-ruvchilardan koʻrsichqon, kichik qoʻshoyoq, qumsichqon, tipratikan, kalamush va
boshqa bor.
Narpay tumani
Нарпайский район
tuman
Tarkibida
Samarqand viloyati
Maʼmuriy markazi
Oqtosh
Rasmiy tillar
Oʻzbek
Soat mintaqasi
UTC+5
Aholisi, asosan, oʻzbeklar; qozoq., rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining
oʻrtacha zichligi 1 km² 345 kishi (2003).
Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik, ipakchilik,
sab-zavotchilik. 5364 dehqon xoʻjaligi mavjud. Tumanda "Zirabuloqpaxta", "Oqtoshdon",
Zirabuloq tajribasinov zavodi, "Oqtoshnon", "Salomatlik" korxonalari, 10 qishloq qurilish
kombinati, Zirabuloq magistral gaz yoʻllaridan foydalanish boshqarmasi, Nar-pay va Zirabuloq
MTP aksiyadorlik jamiyatlari, 2 avtotransport korxonasi, Oqtosh va Mirbozor dehqon bozorlari,
savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy ekin maydoni 21962 ga,
shu jumladan, sugʻoriladigani 20640 ga. 1322 ga lalmikor yerlar, 802 ga bogʻlar, 779 tokzorlar,
515 ga tutzorlar bilan band. Tuman hududidan respublika ahamiyatidagi avtomobil yoʻli, temir
yoʻl (Zirabuloq temir yoʻl stansiyasi) oʻtgan.
Maishiy xizmat va kasb-hunar kolleji, 68 umumiy taʼlim maktabi, 47 jamoat kutubxonasi, 26
madaniyat uyi, Mirbozor xalq muzeyi, 560 oʻrinli markaziy kasalxona, 3 poliklinika, 15 qishloq
vrachlik punkti, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 39 feldsher-akusherlik punkti, shoshilinch
tibbiy yordam koʻrsatish markazi faoliyat koʻrsatadi. 1932-yildan "Paxtakor ovozi" tuman gaz.
chiqadi.
[1]
Narpay -
Oʻzbekiston
tumanlaridan biri,
Samarqand viloyatida
joylashgan. Tuman markazi
Oqtosh
shahri.
SAMARQAND VILOYATI SHAHARLAR VA TUMANLAR HOKIMLARI (http://www.samarkand.
uz/index.php?lang=uzl&sec=b&page=2)
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Havolalar
Manbalar
Soʻnggi tahrir 21 kunlar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Oʻzbekiston geografiyasiga oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.
org/w/index.php?title=Narpay_tumani&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz
mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Narpay_tumani&oldid=2396728
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |