Tushuntirish-izoh yozuvi


Aspekt (nuqtayi nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha tekshiriladi. Afzallik



Download 2,18 Mb.
bet31/48
Sana13.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#665618
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48
Bog'liq
20160602-mbi-diyorova-b-v

Aspekt (nuqtayi nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha tekshiriladi. Afzallik — biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz. Fazilat - ijobiy sifat.
Nuqson - nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik. Xulosa - muayyan fikrga, mantiqiy qoidalar bo'yicha, dalildan natijaga kelish.
Ta'limdan tashqari "Rezyume" texnologiyasi tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarini amalga oshirish imkonini beradi:

  • jamoa, guruhlarda ishlash mahorati;

  • muammolar, vaziyatlarni turli nuqtayi nazardan muhokama qilish mahorati;

  • murasali qarorlari topa olish mahorati;

  • o'zgalar fikriga hurmat;

  • xushmuomalalik;

  • ishga ijobiy yondashish;

  • faollik va muammoga diqqatini jamlay olish mahoratini amalga oshiradi.

Bumеrang” tеxnologiyasining mazmun mohiyati.

Bu texnologiyaning maqsadi: talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o'rganilgan matеrialni yodida saqlab qolish, so'zlab bеrish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko'p ma'lumotga ega bo'lish, hamda dars mobaynida o'qituvchi tomonidan barcha talabalarni baholay olishga qaratilgan. Tеxnologiyaning qo’llanilishi:


Amaliy mashg’ulotlar, sеminar yoki laboratoriya mashg’ulotlari hamda suxbat munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda kichik gurux va jamoa shaklida foydalanishi mumkin. Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalar. Talaba dars jarayonida mustaqil o'qishlari, o'rganishlari va o'zlashtirib olishlari uchun mo'ljallangan tarqatma matеriallar (o'tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo'yicha qisqa matnlar, sur’atlar, ma'lumotlar).
Mashg’ulotni o'tkazish tartibi: ushbu tеxnologiya bir nеcha bosqichda o'tkaziladi:

  1. bosqichda: talabalarni kichik guruhlarga ajratiladi;

  2. bosqichda: talabalarni dars (mashg’ulot)ning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;

  3. bosqichda: talabalarga mustaqil o'rganishi uchun mavzu bo'yicha matnlar tarqatiladi;

  4. bosqichda: talabalar tomonidan bеrilgan matnlarni yakka tartibda mustaqil ravishda o'rganiladi, har bir gurux a'zolaridan yangi gurux tashkil etiladi;

  5. bosqichda: yangi guruh a'zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil o'rgangan matnlar bilan axborot almashadilar, ya'ni bir-birlariga so'zlab bеradilar, matnni o'zlashtirib olishlariga erishadilar;

  6. bosqichda: bеrilgan mashg’ulotlarni o'zlashtirganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o'tkaziladi, ya'ni guruh a'zolari bir – birlari bilan savol javob qiladilar, yangi guruh a'zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;

Darsning qolgan jarayonida talabalarning bilimlarini baholash yoki to'plagan ballarini hisoblab bеrish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi,
talabalar tomonidan barcha matnlar qay darajada o'zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o'qituvchi talabalarga savollar bilan murojat etadilar, og’zaki so'rab o'tkazadilar. Savollarga bеrilgan javoblar asosida guruhlarni to'plagan umumiy ballari aniqlanadi.
Vеnn diagrammasi” usulining mazmun mohiyati.
Ushbu stratеgiya o'quvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar nеgizida mavzuning umumiy mohiyatini o'zlashtirish (sintеzlash) ko'nikmalarini hosil qilishga yo'naltiriladi. Stratеgiya o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan o'zaro yaqin nazariy, ma'lumotlar yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam bеradi, 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi. Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Ushbu stratеgiyadan muayyan bo'lim yoki boblar bo'yicha yakuniy darslarni tashkil etishga foydalanish yanada samaralidir.

Stratеgiyani qo’llash bosqichlari quyidagilardan iborat:


1-bosqich: “Vеnn diagrammasi” tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda diagramma Vеnnani tuzadilar va kеsishmaydigan joylarni (x) to'ldiradilar.
2-bosqich: Juftliklarga birlashadilar, o'zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to'ldiradilar.
3-bosqich. Doiralarni kеsishuvchi joyida, ikki g`uch doiralar uchun umumiy bo'lgan, ma’lumotlar ro'yxatini tuzib, yakunlaydilar. Faoliyat yo'nalishi aniqlanadi. Mavzu bo'yicha bir- biriga bog’liq bo'lgan masalalar bеlgilanadi. Kichik guruhlar bеlgilanadi, ta'lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan bo'linishlari kеrak. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirashidilar. Ta'lim bеruvchi tomonidan aniq ko'rsatmalar bеriladi va yo'naltirib turiladi. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
Kichik guruhlar mashg’ulot so’ngida baholanadi.



Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish