Тушунтириш хати



Download 2,49 Mb.
bet43/154
Sana31.12.2021
Hajmi2,49 Mb.
#252968
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154
Bog'liq
1-kurs majmua jismoni

Internet saytlari

1. www.tdpu.uz

2. www.pedagog.uz

3. www.edu.uz

4. www.nadlib.uz (A.Navoiy nomidagi O’z.MK)

http://ziyonet.uz — Ziyonet axborot-ta’lim resurslari portal



12- mavzu.Boshqarishning ijtimoiy-psixologik va pedagogik yo’nalishlari. Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviy va ma’naviy mohiyatlarini o’rganish.

Reja:

1.Jismoniy tarbiya va sport harakati jarayonida ijtimoiy-psixologik holatlar.

2.Boshqarish va ta’lim-tarbiya jarayonlarida o’zaro munosabatlar.

3.Tarbiya boshqarishning muhim bosqichidir. Onglilik va salomatlik muvozanatlarini saqlash, milliy qadriyatlardan foydalanish.

4. Boshqarishda yetakchilik (liderstvo) mohiyati.

5. Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviy va ma’naviy mohiyatlarini o’rganish, tadqiq qilish.

Jismoniy madaniyat jarayonida axloqiy madaniyat

Jismoniy madaniyat jarayonida o`quvchilar o`zaro bir-biri bilan va jamiyatning boshqa a`zolari bilan mulokatda bo`ladilar. Jismoniy mashq lar bilan shug`ullanish uchun ma`lum moddiy va ma`naviy kimmatga ega bulgan anjomlar, jixozlardan foydalanadilar. Jismoniy madaniyat chilarning, sportchilarning o`zaro bir-biri bilan munosabati, muomilasi va uni urab olgan ijtimoiy muhit, tabiat omillarining ta`siri bilan ular oldiga muvjud jamiyat axloqi talablariga javob berish muammosini quyadi.

Mamalakat sportchisining, jismoniy madaniyatchisining axloqi - bu millat vakili, mavjud jamiyat kishisining axloqidir. O`zbek sportchi sining maxsus axloq normalari yukki u mazkur jamiyatning oddiy a`zosi axloqi normalaridan farq kilsa.

"Sportchining axloqi" degan axloqni to`zushga urinish bu bizning shark xalklari axloq normalaridan uzoq lashishga olib kelar edi. Biz kiska fikrli, tor uyli sportchini tayyorlamasligimiz, bakuvvat, faqat yaxshi xazm qilish organlariga ega bulganlarni emas, fikrlash doirasi keng, ma`naviy boy, kirishuvchan, yaxshi tashkilotchi bula oladigan individni madaniyatlashni nazarda tutmogimiz lozim. Bu fikrlar ayniqsa navkiron mamlakatimiz yoshlari uchun taaluklidir.

Sportda birlik va umumiylik yagona qonuniy xususiyatdir. Ushbu xususiyat jamoada gavdalanadi. Jamiyat jismoniy madaniyati tarixi millat va jamoaning kuchini ifodalaydi. Mamlakat sportchisi xalkaro maydondagi galabalarning xal kiluvchi omili, o`z xalki, Vatani oldvdagi javobgarlik burchinini xis qilishi lozim. Garbning proffesional sporti esa o`zining vakillariga: shaxsiy manfaatingiz jamiyat manfaatiga mos kelishi shart)mas, o`z nshnngi shi vujudga kelgan holatni xisobga olib xech kanday burch va prinsip bilan boglamay xal kiling deb urgatadi.

2.Jamoat mulkiga ijtimoiy munosabatda bulishni jismoniy tar biya darsida madaniyatlash, shug`ullanuvchilardi jixoz, anjomlar, ishlati layotgan inshoatga yaxshi munosabatda bulishga urgatish, sport maydon larini talab darajasida qayta jixozlash ishida ishtirok etish bilan madaniyatlanadi.

3.Mehnatga ijtimoiy munosabatda bulish jamiyat a`zolari axloq normalarining eng asosiysidir jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish shug`ullanuvchini mehnatda, yuqori ishlab chikarish jarayonida ishtirok etishga va o`zning har tomonlama garmonik rivojlanishini amalga oshi rish imkoniyatini yaratadi.

Sportchida esa sport natijasiga erishish mashakkatli va ogir bo`lib, chidam bilan mehnat qilishni talab kiladi. U bilan rekordlarni ngina yangilab kolmay, o`zida mehnat jarayoni uchun kerakli iroda, intizom, mehnat qilishga odatni shakllantiradi, mehnatni kadrlashga urgatadi.

4.Jismoniy madaniyat jamiyat qonunchiligiga buysunishni urgatadi. Gimnastika, uyinlar,sport, turizm va boshqa jismoniy mashq bilan shu gullanish madaniyatlanuvchilardan urnatilgan qoidani, tartibni katiyyan talab kiladi. Ularni bajara olmaslik sportchini yoki madaniyat lanuvchini maqsaddan uzoqlashtiradi. Sportchi hayotini xavf ostida koldiradi. Sport jarayonida uning axloqiy madaniyatsining iatijasini kurib utishgina kifoya. Masalan, tup uchun kurashayotganda uyinchi tuknashib ketdi deylik. Kimdir aybdor. Ko`pollikka Siz xam javob kilgingiz keladi. lekin sportchi axloqi normalari o`z - o`zini kulga olish va nizoli holatni tinch yul bilan xal qilish uchun axloqiy norma talablari ustun kelishi kerak ligini takazo etadi.

5. Gumanizm normasi insonni xurmat qilishga, kelajak uchun tinch lik uchun kurashishga chakiradiki, bir-birini qullash, yordam berish, ayniqsa musobakalar davomida o`zaro urtoklik yordami tarzida ifodalanadi. SHark xalklarida o`z rakiblariga nisbatan gumanizm ruxi uta yuqoridir. Demak mustaxkam soglomlik va jismoniy tayyorgarlik ja miyat a`zosining axloq pormalarinn, iroda sifatlarini madaniyatlaydi.


Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviyva ma’naviy mohiyatlarini o’rganish, talqiq qilish. Insonning ruhiyati uning ijtimoiy turmushi va ta’lim-tarbiya jarayonida asosiy omildir. SHu sababdan o’qitish tarbiya berish, yoshlarning ma’naviy va jismoniy kamolotini tarbiyalab yetishtirish, ularni kasb-hunarga yo’llashda ijtimoiy-psixologik va pedagogik jarayonlarga apohida e’tibor berib kelinmoqpa. Bu jihatlar jis­moniy tarbiya va sport harakatini boshqarish, ayniqsa, iqtidorli yoshlarni sportga jalo etish, sportchilar mahoratini oshirish, ularni sport musobaqalariga ruhiy jihatdan tayyorgarliklarini ta’minlash eng muhim peda­gogik jarayon hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil martdagi «Respublika Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish to’g’risida»gi qarori mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklashni takomillashtirish masalalarini e’tiborga olib qabul qilindi. Bu esa aholini, aynisa, o’quvchi-yoshlarni milliy madaniyatimizni rivojlantirish, ulkan adiblar asarlari va madaniy meroslarini qunt bilan mutolaa qilishga da’vat etadi. Buning uchun barcha jamoalardagi kabi jismoniy tarbiya harakatida ham ta’lim-tarbiya va madaniy ishlarni yaxshilashni taqozo qiladi.

Ta’kidlash lozimki, O’zbekistonda xalq psdagogikasiii takomillashtirishda yetuk mutafakkir olimlarning hissalari kattalir. Ilmiy-pedagogik meroslarimizni ta’lim tizimiga kiritish va ulardan keng foydalanish fikrlarini olg’a surdilar.

Jahon xalqlari tarixi va pedagogikasida o’chmas iz qoldirgan buyuk allomalar Abu Ali ibn Sino. Ismoil Buxoriy, Naqshbandiy, Alisher Navoiy va boshqa sharq olimlarining ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-pedagogik meroslari o’quvchi yoshlar va mehnatkashlar orasida targ’ib qilinmoqda.

Sport jamoalarining faoliyatini ijtimoiy-ruhiy jihatdan o’rganish va ilg’or tajribalarni ommalashtirishda yetux yirik olimlarimiz o’z hissalarini qo’shib kelmoqaalar.

Sport tashkilotlari faoliyatini boshqarish va ommaviy sog’lomlashtirish musobaqalarini tashkil etishda rahbar xodimlar, mas’ul tashkilotchilar /hakamlar, xizmatchilar, vakillar va hokazolar/, jamoalar umumiy qoidalarga itoat etish, o’zaro yaxshi munosabatda bo’lish, sport musobaqalari qoidalariga to’la rioya qilish, etikestetik me’yorlarni bilish kabi talablarni bajaradilar.

Sport jamoalari faoliyatida, asosan, kuyidagi ijtimoiy-ruhiy va pedagogik jarayonlar muntazam ravishda mavjuddir:


  1. Jamoa rahbari /sport qo’mita yoki sport jamiyati/ voqelikni kuzatadi.

  2. Murabbiy o’yinlar va barcha mashg’ulotlarni tashkil qilish jarayonida ularni kuzatib, tahlil qiladi.

  3. Jamoa ishtirokida rahbarlar va murabbiylar barcha faoliyatlarni, shuningdek, o’yin /musobaqa/ natijalarini birgalikda muhokama qiladilar.

  4. Muhokama jarayonida g’oliblar taqdirlanadi va rag’batlantiriladi. Mag’lublar tegishli vazifalarni oladilar.

Bu jarayonlar ijtimoiy-psixologik va pedagogik jihatdan bir-biriga chambarchas bog’lanib ketganligi uchun maqsad bu faoliyatlarni to’g’ri ugoshtirish, aniq yo’nalishlar berish, kelgusi ish samaralarini ta’minlashga qaratilgan bo’lishi kerak. SHu jihatdan ham talabalar va barcha yosh mutaxassislar sportning turlariga qarab bu faoliyatlarni chuqur o’rganishlari, amaliyot jarayonlarida qaytaqayta tajribalardan o’tkazishlari zarur, toki ular uchun mazkur faoliyatlar odat, ehtiyoj tusiga kirsin.

Jahon sporti harakati, qolaversa, respublikadagi jismoniy tarbiya harakati tajribalarida jamoa, rahbarguruhlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar va rasmiy munosabatlar tabiiyligi ma’lum. Ular ish faoliyatini yaxshilash, munosabatlarni mustahkamlash, yuqori samaralarga erishishga qaratilgan bo’ladi. Bu jarayonlar hayotda osoy kechmaydi. CHunki har bir rahbar va ijrochining o’ziga xos fe’l-atvori, xususiyati, istagi. maqsadi, imkoniyati bo’ladi. SHu asnoda aytish kerakki, sobiq Ittifoq davrida Uzbekistonga juda ko’p iqtidorli murabbiylar, sportchilar /futbol, kurashda ko’proq eli/ taklif etilgan. Bu masala katta shartlar evaziga hal bo’lgan. Hozirgi bozor iqtnsodiyoti sharoitlarida ham murabbiylar va sportchilar o’rtasida rasmiy shartnomalar tuzilib, ular rahbar tashkilotlar orqali hal etilmoqda. Bu ham o’ziga xos ijtimoiy-psixologik jaraenlarni vujudga keltiradi.

Sport jamoalarida shaxe tushunchasi katta ahamiltga molik bo’lib, murabbiy o’zi xohpagan sportchilarni tanlashi va ular bilan muloqotlar tashkil qilishi mumkin. Bu tabiny hol. Sportchilar ham shaxe sifatida o’z istaklari va xohishlariga ega bo’lishlari, shu asosda muloqot va o’yinlarda qatnashishlari mumkin. Bu murabbiy va sportchi o’rtasidagi raqobat, muloqot va boshqa pedagogik jara­enlarni to’g’ri yo’lga qo’yishni taqozo qiladi. SHu jihatlan sport jamoalarida faqat ixtisoslik bo’yichagina ishlar olib borilishi yetarli bo’lmayli. SHuning uchun ular bilan ijtimoiy-psixologik va pedagogik jihatdan ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish, g’oyaviy, siyosiy va madaniy talbirlarni yo’lga qo’yish zarur. Bu jihatdan bolalar va o’smirlar sport maktablari va o’quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari, sport klublari to’garaklarida tartibli ravishda tashkil qilish, ularni yoshlikdan tarbiyalash kerakdir.

Sport jamoalarining o’quv mashg’ulotlari va bevosita sport musobaqalari jarayonida maxsus ilmiy tadqiqotlar o’tkazish yo’lga qo’yilganiga ancha bo’ldi. Bu sohala ko’p taniqli oli ml ar va yosh mutaxassislar tadqiqotlar o’tkaznb, ijobiy natijalarga erishgan. Ularning ta’kidlashicha, sportchilar quyidagi toifalarga bo’linadi.



  1. Eng yuqori malakali sportchilar /xalqaro toifadagi sport ustalari/.

  2. Yuqori darajadagi sportchilar /sport ustalari/.

  3. O’rta me’yorli sportchilar /1-razryaililar/.

  4. Oddiy sportchilar /2-3-razryadlilar/.

  5. Sportga endigina qadam q.uyganlar.

1980 yil Moskvada bo’lib o’tgan XXI1 Xalqaro Olimpiya o’yinlari hamda keyingi yillarda Moskva, Leningrad, K.ISV, Toshkent va boshqa yirik shaharlarda o’tkazilgan rasmiy xalqaro sport musobaqalari hamda O’zbekiston Respublikasi xalqlari spartakiadasi, o’quvchilar va talabalarning spartakiedalari, universiadalari paytida qator ilmiy tadqiqot ishlari o’tkazilganligining guvohimiz. Bu tadqiqot jarayonlarini tashkil qilish va bevosita o’rganishda quyidagi holatlarni aniqlashga muyassar bo’lingan:

  1. «Eng yaxshi murabbiylarning qaysi jihatlari sizga ma’qul?» degan savol-javoblarda yuqori darajali sportchilar talabchanlik, odamiylik, hozirjavoblik kabi hislatlarni ko’rsatganlar.

  2. «Murabbiylarning qaysi jihatlari sizga ma’qul emas?» degan savolga yuqori darajali sportchilar qo’pol, o’zini tutolmaydigan, mag’lubiyatda o’zini yo’qotib qo’yadigan va hokazolar deb ko’rsatganlar.

Sportga endi qadam qo’ygan yoshlardan «Murabbiylar­ning qaysi xislatlari sizga yoqadi?» — degan savolga yaxshi muomala qilish, mashqlarni doimo o’zi ko’rsatib berishi, yaxshi o’rgatishi yoqishini ta’kidlaganlar. «Murabbiyning qaysi tomonlarini yoqtirmaysiz?» — degan savolga esa barchaga barobar muomala qilmasligi, do’q urishi, xagolarni tuzatishda dag’allik qilishi va hokazolarni ko’rsatishgan.

Yuqorida qayd etilganidek, jamoada murabbiy va o’yinlar /mashqlar/ jarayonlari yaxlit ijtimoiy psixologik va pedagogik jarayondir. Sportchilarning o’z murabbiylariga bergan baholari o’ta haqqoniy va to’g’riligiga hech qanday shubha bo’lishi mumkin emas, chunki haqiqatdan ham murabbiylarning ruhiy va jismoniy holatlari doimo o’zgarib turadi. Vazmin, donishmand va katta tajribali murabbiylar hamma sportchilarga.yoqadi. SHu jihatdan olganda, talabalar, yosh murabbiylar, jismoniy tarbiya o’qituvchilarn yaxshi rahbar, murabbiy bo’lishga intilishlari, hayotiy ish tajribalarni o’zlarida mukammal shakllantirishlari lozim.

Sport jamoalari rahbarlari, murabbiylar, jismoniy tarbiya o’qituvchilarn ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilashda barcha sport mashg’ulotlari jarayoni va avvaldan mo’ljallangan vaqtlarda suhbatlar o’tkazishni yaxshi yo’lga qo’yishlari lozim. Bunda:


  1. sport mashg’ulotlari va o’yinlari /musobaqalar/ ijtimoiy-psixologik va pedagogik jarayonlarga aniq qaratilishi;

  2. oldiga aniq vazifalar qo’yilishi;

  3. suhbat rejalari aniq va ehtiyojga yarasha bo’lishi;

  4. suhbatning ta’sirli bo’lishi uchun vaqg va joy mos kelishi;

  5. suhbat jarayonida aniq maqsadlarga erishish;

  6. olingan axborotlar, ma’lumotlar dalil sifatida aniq va to’g’ri haqqoniy bo’lishi;

  7. suhbatda maqsadga erishilgach, uni darhol to’xtatish, boshqa vaqtda davom ettirishga ehtiyojni uyg’otish kerak bo’ladi.

Suhbatlar ma’lum masalalar bo’yicha chegaralangan, maqsadga qaratilgan va erkin holda bo’lishi kerak. Imkoni boricha suhbatda barcha qatnashchilar o’z fikr-mulohazalarini izhor qilishlari kerak. Uning yakunida doimo barchadan qanoat hosil qilish i va yana davom ettirishga qiziqish uyg’otishi zarur. '

Xulosa qilganda, jismoniy tarbiya jamoalari, sport klublari, sport jamoalari va aholi o’rtasida maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ishlar muhim ahamiyatga egadir. Rahbar xodimlar, murabbiylar, jismoniy tarbiya o’qituvchilari. jamoati xodimlar va sport ixlosmandlari jismoniy tarbiyasog’lomlashtirish va sport musobaqalarini uyushtirish jarayonlarida e’tiborlarini ma’naviy-ma’rifiy va madaniy faoliyatlarni yaxshilashga qaratish lozim. Sportchilar va tomoshabinlar, murabbiylar va sport­chilar hamda tashknlotchi hakamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar eng yuqori saviyada bo’lishiga qaratilishi lozim. Buning uchun barcha sport jamoalarida, ayniqsa, bolalar va.o’smirlar sport maktablarida, sport mashg’ulotlarini tashkil qilish jarayonlarida ta’lim-tarbiya ishlari yaxshi yo’lga qo’yilishi, umum madaniyat va milliy ma’anaviyatimiz durdonalari, yetuk allomalarning ilmiy-pedagogik meroslari o’quvchi yoshlarga singdirilishi kerak. Talabalar bu jarayonlarni chuqur o’rganishlari va o’zlarida to’la mujassamlashtirishlari lozim.



Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish