Sport turlari bo’yicha federatsiyalarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi faoliyatlari
Qaysi sport turi bo’lmasin, musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish faoliyatlari asosan sport federatsiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda musobaqa Nizomi, hakamlik ishlari asosiy o’rinda turadi. SHu tufayli mamlakatimizda 30 dan ortiq, sport turlari bo’yicha federatsiyalar tashkil etilgan. Xar bir federatsiyaning o’z Nizomi mavjud. Nizomlarda federatsiyalarning tarkibiytuzilishi, rahbar va xay’atini saylash, ish mazmuni vazifalari, moddiy mablag’lar kabi jihatlar aks ettirilgan.
Federatsiyalarning eng muhim vazifalariga musobaqa qoidalarini ishlab chiqish yoki o’zgartirishlar kiritish, musobaqalarning Nizomini tayyorlash, xakamlarning malakalarini oshirish, murabbiylarning faoliyatlarini o’rganish kabi talablar kiradi.
O’zbekiston sharoitida futbol, tennis, boks, shaxmat, kurash, sharqona yakkakurashlar va boshqa bir qator sport federatsiyalari o’z mustaqilligiga ega va o’z maqomlari bo’yicha faoliyat ko’rsatadi. Ular tashkiliy ishlar bo’yicha sport jamiyatlari bilan hamkorlik qiladi va Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasiga hisobot beradi.
Ta’kidlash joizki, bir qator sport federatsiyalari sport jamiyatlari tarkibidadir. Viloyatlardagi sport federatsiyalari hamsport jamiyatlari tarkibida faoliyat yuritadi va o’z Nizomlari asosida ish olib boradi.
Sport federatsiyalari tarkibiga asosan hakamlar va murabbiylar kengashi kiradi. Ular ham o’z faoliyatlarini aloxida va mustaqil ravishda yuritadilar. Xakamlar kengashi musobaqa qoidalarini ishlab chiqishi, bajarilishini doimiy nazorat qilish, yangiliklar kiritish bilan shug’ullanadilar. Musobaqalar asosan, avvaldan tuzilgan va tasdikdangan Nizomlar asosida o’tkaziladi, ularning yakunlari federatsiya hay’atida ko’rib chiqladi va hisobot beriladi.
Murabbiylar kengashi ilg’or tajribalarni ommalashtirish, sportchilarning texnik va taktik mahoratlarini takomillashtirish, musobaqalarga tayyorgarlik kabi muhim masalalarni muhokama qiladi. Zarur muammolarni federatsiya hay’atiga tavsiya etadi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda boshqarish ishlariga jamoatchilik keng jalb qilinmokda. Demokratik tamoyillarni amalga oshirishda o’zini-o’zi boshqarish, bunda pullik xizmatlar, tijorat va ishlab chiqarish yo’llari bilan moddiy ta’minlashga imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu soxada sport jamiyatlari, uyushmalari, Assotsiatsiyalar, jamg’armalar va boshqa jamoat tashkilotlari faol ishtirok etmokdalar.
Sport jamiyatlari, uyushmalari va ular bilan bevosita aloqador bo’lgan tashkilotlar mustaqil faoliyat yuritish evaziga sportchilarning tayyorgarliklarini yaxshilash, ularning mahoratini oshirish, sport buyumlari va jihozlarini xarid qilish, sport inshootlarini kengaytirish, ta’mirlash kabi zarur ishlarni amalga oshirmoqda.
Bunday faoliyatlar, ayniqsa, «Dinamo» sport jamiyati, mudofaga ko’maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti va boshqa sport jamiyatlari hamda tashkilotlarida yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda sport jamiyatlari, ularning tarmoqlari, ayniqsa, jismoniy tarbiya jamoalari hamda ishlab chiqarish korxonalari, oliy o’quv yurtlari tarkibidagi sport klublarining hissasi tobora oshib bormokda.
Barcha toifalarda o’tkazilayotgan sport musobaqalarining aniq maqsad yo’lida tashkil etilishida hakamlar, murabbiylarning roli va mas’uliyatlari kengaymokda.
Bir so’z bilan aytganda, sohani boshqarishda jamoatchilikka keng o’rin berish yaxshi samaralar bermokda. Sport jamiyatlari, uyushmalari, sport klublari haqidagi Nizomlarni talabalar amaliy va mustaqil mashg’ulotlarda chuqur o’rganishlari lozim.
Adabiyatlar:
1.Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. O‘quv qo‘llanma Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti 2002 yil.
2.Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.Toshkent “O‘zbekiston” – 2017 y.
3.SH.Mirziyoev Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. “O‘zbekiston” NMIU, 2016 y.
4.SH.Mirziyoev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi.“O‘zbekiston” NMIU,2016y.
5.2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |