Tushunchasi jinoyat tushunchasi



Download 35,55 Kb.
bet4/9
Sana09.02.2022
Hajmi35,55 Kb.
#439123
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ma’naviyat soati fanidan

2. Jinoyat belgilari
Jinoyat – huquqiy hodisa sifatida o‘ziga xos jihatlarni ifodalov-chi ma’lum bir belgilarga egadir. Har qanday ijtimoiy xavfli qilmish ham jinoyat hisoblanmaydi, qilmishning jinoyat deb hisoblanishi uchun unda jinoyat qonunida o‘rnatilgan belgilar va jinoyat tarkibi mavjud bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jinoyat belgilarini mustahkamlovchi maxsus modda mavjud emas. Shu sababdan jinoyat belgilari jinoyat qonunida jinoyatga berilgan ta’rif asosida aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 14-moddasi 1-qismida jinoyatga quyidagicha ta’rif berilgan:
“Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.”
Jinoyat qonunida berilgan jinoyat tushunchasi uchta jinoyat-huquqiy institutdan iborat:
- jinoyat qonuni;
- jinoyat;
- jazo institutlari.
Ammo shuni alohida ta’kidlash joizki, faqat ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqargan qilmishlargina jinoyat hisoblanmay, balki qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektga real zarar yetkazish xavfini keltirib chiqaradigan ijtimoiy xavfli qilmishlar ham jinoyat hisobla-nadi. O‘zbekiston respublikasi Jinoyat kodeksi 14-moddasi 2-qismida: “Ushbu kodeks bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoliy xavfli qilmish hisoblanadi”,-deyilgan.
Bundan ko‘rinib turibdiki, jinoyatga berilgan ta’rifdan kelib chiqib, qilmishda jinoyatning barcha belgilari bo‘lsagina u jinoyat deb topiladi. Agar muayyan zararli oqibatning kelib chiqishida shaxsning aybi bo‘lmasa, bunday qilmish jinoyat hisoblanmaydi. Jinoyat huquqi-da bunday harakatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb aytiladi.
Har qanday ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb hisoblash uchun barcha jinoyatlar uchun zarur bo‘lgan jinoyatning belgilari, shuning-dek, shu jinoyatda aybning mavjud ekanligi va aybning shakllari ishlab chiqilgan, ana shu belgilar va aybning biror shakli mavjud bo‘lsagina qilmish jinoyat hisoblanadi.
Yuqorida jinoyatga berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda jinoyatning quyidagi belgilarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) qilmishning ijtimoiy xavfliligi;
2) qilmishning huquqqa xilofliligi;
3) qilmishda aybning mavjudligi;
4) qilmishning jazoga loyiqligi.
Birinchi navbatda qonunda jinoyatning belgisi sifatida “qilmish-ning ijtimoiy xavfliligi belgilab qo‘yilgan.
Ijtimoiy xavfli qilmish murakkab va o‘z tuzilishiga ega bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy toifadir.
Jinoyat qonuni va ilmiy adabiyotlarda qilmishning ijtimoiy xavf-liligi qonun bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga yetkazadi-gan yoki yetkazish xavfi mavjud bo‘lgan zararning xususiyati va miqdori bilan belgilanadi, deb ko‘rsatilgan. Ammo professor Y.I.Lyapunov fikriga ko‘ra ijtimoiy xavflilik kengroq tushuncha va ancha murakkab kategoriya hisoblanadi, u ijtimoiy xavflilik tushun-chasiga quyidagicha ta’rif bergan:
“Jinoyat huquqida ijtimoiy xavflilik bu – qonun bilan qo‘riqla-nadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishning real xavfini o‘zida aks ettiruvchi hamda salbiy belgilar va elementlar yig‘indisini ifodalovchi jinoyat (chilik)ning ma’lum bir obyektiv holatidir»[4].
Ijtimoiy munosabatlarga real zarar yetkazish xavfi bo‘lgan jinoyatning sodir etish fakti qilmishning ijtimoiy xavfliligini belgilab beradi.

Download 35,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish