Tushunchalar tahlili



Download 52,81 Kb.
bet3/6
Sana11.03.2022
Hajmi52,81 Kb.
#491344
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 mavzu 1topshiriq 03.02.2022(4)

1-o’quv topshiriq
FSMU texnologiyasi
1-guruh

Savol

Yuksak nerv tizimiga ega bo’lgan hayvonlar insonlarga xos harakatlarni bajaradilar buni qanday izohlash mumkin?

F-fikringizni bayon eting

Maymunlar intellekti (aql) ularning murakkab masalalarni echa olishlari bilan ajralib qolmay, balki ular faoliyati yo`nalishi bilan ham ahamiyatlidir. (chunki ular 81 xil ovkat turi bilan ovqatlanadi)

S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating

 Hayvon bir necha marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan vaziyatlardagina masalani hal qilishning eng yuksak darajadagi usullariga, ya`ni intellekt bilan ish ko`rish usullariga murojaat qiladi.

M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

Maymunlarda har qanday narsani sinab ko`raverish jarayonida konkret amaliy tafakkur sodir bo`ladi. 

U- fikringizni umumlashtiring

 YUksak taraqqiy etgan hayvonlar to`dasida o`zaro munosabatning ma`lum shakli mavjuddir. Hayvonlarning to`daga birlashuvi o`z navbatida shu to`da a`zolarining o`zaro aloqa bog`lashlari uchun zarur “til” ni albatta keltirib chiqaradi. Hayvonlarning qiyofa, suykalish va tovush signallari shaklidagi “tili” mavjud.

2-guruh


Savol

Hayvonlarni turli harakatlarni bajarishga o’rgatish mumkin. Sizningcha buning asosini nima tashkil qiladi?

F-fikringizni bayon eting

intellektual harakat

S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating

 hayvonlarning maʼlum bir uslub va muntazam ravishdagi mashqlar natijasida hamda shartli refleks yordamida oʻrgatuvchining muayyan signaliga javoban har xil harakatlar bajarishiga asoslangan

M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

 sirk sanʼatining qadimgi janrlaridan biri

U- fikringizni umumlashtiring

Oʻrgatilgan hayvonlar tomoshasi sirk maydoni yoki sahnada namoyish etiladi

1-o’quv topshiriq
FSMU texnologiyasi
1-guruh

Savol

Psixikani muhit va a’zolar tuzilishiga bog’liqligini qanday izohlaysiz?

F-fikringizni bayon eting

Muhit sharoiti jihatidan nihoyat darajada har xil ekan, bu hol organizmlarning differentsiallanishiga olib kelgan. Barcha tirik organizmlar mavjud sharoitga moslashadi. 

S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating

O`z o`zini boshqarish oddiy ta`sirlanuvchanlikdan boshlanib, o`zining yuksak taraqqiyotiga erishadi. Aks ettirish usuli qanchalik yuksak bo`lsa, mazkur turdagi hayvon muhitning bevosita ta`siridan shunchalik ozod bo`ladi. 

M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

Muhitdagi haroratning o`zgarishi bilan organizmdagi kimyoviy reaktsiyalar tezligi ham o`zgaradi: harorat ko`tarilsa, reaktsiya tezligi oshadi, harorat pasaysa reaktsiya tezligi kamayadi. Bordi-yu harorat juda oshib yoki juda tushib ketsa: bir hujayrali organizm halok bo`ladi. YUksak taraqqiy etgan hayvonlar esa sharoit o`zgarishi bilan bir joydan 2 - joyga ko`chishga majbur bo`ladi.

U- fikringizni umumlashtiring

Bunda instinkt ta`sir qiladi. YOzning issiq kunida fil o`ziga suv sepib turadi. 
Hayvonlar taraqqiyotining har qanday darajasida ham muhitga bo`lgan bog`liqlikdan batamom quto`la olmaydi. Muhit tirik organizmning yashash sharoiti, tirik organizmlar hayotini belgilovchi omildir. 

2-guruh

Savol

Inson va hayvon psixikasidagi farq nimlarda ko’rinadi?






F-fikringizni bayon eting

Inson psixikasi bilan hayvon psixikasi o’rtasidagi birinchi farq shaxsning o’zi anglagan qadriyatga binoan ongli xatti-harakat qilish qobiliyati mavjudligidir. Shaxsning shayvondan ikkinchi farqi- uning mehnat qurollarini yaratish va saqlashga layoqatli ekanligi bo’lib, oldindan tuzilgan reja bo’yicha ularni yasaydi va ulardan muayyan maqsadni amalga oshirishda foydalanadi hamda keyinchalik qo’llash niyatida asrab olib qo’yadi.




S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating

 Ulardan odamlar hamkorlikda foydalanadi, hamkorlik faoliyatida esa qurollar yaratiladi, o’zaro tajriba almashadi, bilimlarni boshqalarga uzatishadi, umumiy saviyaga vorislik tufayli yuksaladi.




M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

moddiy va ma'naviy qurollarni egallash natijasida unda yuksak insoniy funksiyalar (ixtiyoriy xotira, ixtiyoriy diqqat, mavshum tafakkur) vujudga keladi va rivojlana boradi. Sub'ekt tomonidan kishilik dunyosida yaratilgan madaniy merosni o’zlashtirilishi, ayrim o’zgartirishlar kiritilishi uning kamolotiga sifat jishatidan yuksak bosqichni yuzaga keltiradi.




U- fikringizni umumlashtiring

 Yuksak funksiyalar, nutqiy faoliyatning takomillashuvi, mehnatning shayotiy eshtiyojga aylanishi, ertangi shayot to’g’risida mulohazalar tug’ilishi ongning rivojlanishi uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Shu bois inson bilan shayvon o’rtasidagi tafovut tajribaning vorislik funksiyasi kasb etishi bilan yakunlanadi.







Download 52,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish