Maymunlar intellekti (aql) ularning murakkab masalalarni echa olishlari bilan ajralib qolmay, balki ular faoliyati yo`nalishi bilan ham ahamiyatlidir. (chunki ular 81 xil ovkat turi bilan ovqatlanadi)
S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
Hayvon bir necha marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan vaziyatlardagina masalani hal qilishning eng yuksak darajadagi usullariga, ya`ni intellekt bilan ish ko`rish usullariga murojaat qiladi.
YUksak taraqqiy etgan hayvonlar to`dasida o`zaro munosabatning ma`lum shakli mavjuddir. Hayvonlarning to`daga birlashuvi o`z navbatida shu to`da a`zolarining o`zaro aloqa bog`lashlari uchun zarur “til” ni albatta keltirib chiqaradi. Hayvonlarning qiyofa, suykalish va tovush signallari shaklidagi “tili” mavjud.
2-guruh
Savol
Hayvonlarni turli harakatlarni bajarishga o’rgatish mumkin. Sizningcha buning asosini nima tashkil qiladi?
hayvonlarning maʼlum bir uslub va muntazam ravishdagi mashqlar natijasida hamda shartli refleks yordamida oʻrgatuvchining muayyan signaliga javoban har xil harakatlar bajarishiga asoslangan
Oʻrgatilgan hayvonlar tomoshasi sirk maydoni yoki sahnada namoyish etiladi
1-o’quv topshiriq
FSMU texnologiyasi
1-guruh
Savol
Psixikani muhit va a’zolar tuzilishiga bog’liqligini qanday izohlaysiz?
F-fikringizni bayon eting
Muhit sharoiti jihatidan nihoyat darajada har xil ekan, bu hol organizmlarning differentsiallanishiga olib kelgan. Barcha tirik organizmlar mavjud sharoitga moslashadi.
S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
O`z o`zini boshqarish oddiy ta`sirlanuvchanlikdan boshlanib, o`zining yuksak taraqqiyotiga erishadi. Aks ettirish usuli qanchalik yuksak bo`lsa, mazkur turdagi hayvon muhitning bevosita ta`siridan shunchalik ozod bo`ladi.
Muhitdagi haroratning o`zgarishi bilan organizmdagi kimyoviy reaktsiyalar tezligi ham o`zgaradi: harorat ko`tarilsa, reaktsiya tezligi oshadi, harorat pasaysa reaktsiya tezligi kamayadi. Bordi-yu harorat juda oshib yoki juda tushib ketsa: bir hujayrali organizm halok bo`ladi. YUksak taraqqiy etgan hayvonlar esa sharoit o`zgarishi bilan bir joydan 2 - joyga ko`chishga majbur bo`ladi.
U- fikringizni umumlashtiring
Bunda instinkt ta`sir qiladi. YOzning issiq kunida fil o`ziga suv sepib turadi.
Hayvonlar taraqqiyotining har qanday darajasida ham muhitga bo`lgan bog`liqlikdan batamom quto`la olmaydi. Muhit tirik organizmning yashash sharoiti, tirik organizmlar hayotini belgilovchi omildir.
2-guruh
Savol
Inson va hayvon psixikasidagi farq nimlarda ko’rinadi?
F-fikringizni bayon eting
Inson psixikasi bilan hayvon psixikasi o’rtasidagi birinchi farq shaxsning o’zi anglagan qadriyatga binoan ongli xatti-harakat qilish qobiliyati mavjudligidir. Shaxsning shayvondan ikkinchi farqi- uning mehnat qurollarini yaratish va saqlashga layoqatli ekanligi bo’lib, oldindan tuzilgan reja bo’yicha ularni yasaydi va ulardan muayyan maqsadni amalga oshirishda foydalanadi hamda keyinchalik qo’llash niyatida asrab olib qo’yadi.
S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
Ulardan odamlar hamkorlikda foydalanadi, hamkorlik faoliyatida esa qurollar yaratiladi, o’zaro tajriba almashadi, bilimlarni boshqalarga uzatishadi, umumiy saviyaga vorislik tufayli yuksaladi.
moddiy va ma'naviy qurollarni egallash natijasida unda yuksak insoniy funksiyalar (ixtiyoriy xotira, ixtiyoriy diqqat, mavshum tafakkur) vujudga keladi va rivojlana boradi. Sub'ekt tomonidan kishilik dunyosida yaratilgan madaniy merosni o’zlashtirilishi, ayrim o’zgartirishlar kiritilishi uning kamolotiga sifat jishatidan yuksak bosqichni yuzaga keltiradi.
U- fikringizni umumlashtiring
Yuksak funksiyalar, nutqiy faoliyatning takomillashuvi, mehnatning shayotiy eshtiyojga aylanishi, ertangi shayot to’g’risida mulohazalar tug’ilishi ongning rivojlanishi uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Shu bois inson bilan shayvon o’rtasidagi tafovut tajribaning vorislik funksiyasi kasb etishi bilan yakunlanadi.