muqayyad qofiya (ar.) boglangan, kishanlangan. Qofiyaning tuzilishiga kora farqlanuvchi turlaridan biri. Raviy harfi bilan tugallanadi. Shams Qays Roziyning Al-mojam(1218-1233) asarida muqayyad qofiya raviy harfining ikki navidan biri sifatida, Nasiruddin Tusiyning Meyor ul-ashor (1253) asarida qofiyaning holatiga kora farqlanuvchi turlaridan biri sifatida keltirilgan.
7
|
Mutlaq qofiya
|
mutlaq qofiya (ar.) yetuk, toliq. Qofiyaning tuzilishiga kora farqlanuvchi turlaridan biri. Mutlaq qofiyada raviy harfidan keyin qofiyaning boshqa harflari (vasl, xuruj, mazid, noyira) ham ishtirok etadi. Shams Qays Roziyning Al-mojam (1218-1233) asarida mutlaq qofiya raviy harfining ikki navidan biri sifatida, Nasiruddin Tusiyning Meyor ul-ashor (1253) asarida qofiyaning holatiga kora farqlanuvchi turlaridan biri sifatida keltirilgan.
Alisher Navoiy gazaliyotida M.q. keng qollanilgan. Masalan:
Qoshi yosinmu deyin, kozi qarosinmu deyin,
Kongluma har birining dardu balosinmu deyin? –
(Navodir ush-shabob, 483-gazal)
baytida qarosinmu, balosinmusozlari mutlaq qofiya bolib, ulardagi o unlisi raviydir. Raviydan keyin kelgan s undoshi vasl, n undoshi xuruj, m mazid va qofiya oxiridagi u unlisi noyira hisoblanadi, s harfidan keyin kelgan qisqa i unlisi esa nafozdir. Mutlaq qofiya hisoblanishi uchun raviydan song birgina vasl xarfining qollanilishi ham kifoya qiladi.
|
8
|
Radif
|
Radif (ar.) izma-iz keluvchi, otning orqasidan ergashib boruvchi. Mumtoz sher unsurlaridan biri. Sheriy misralarda qofiyadan song aynan takrorlanib keluvchi soz yoki sozlar qoshilmasi. Radif sherda ifodalanayotgan yetakchi fikrni takrorlash, kitobxon etiborini asosiy goyaga jalb etib, muallif goyaviy niyatini chuqurroq yetkazib berishga xizmat qiladi. Mumtoz shershunoslikda R. qofiya ilmi tarkibida organilgan. Shams Qays Roziyning Al-mojam(1218-1233), Nasiruddin Tusiyning Meyor ul-ashor (1251-1252), Abdurahmon Jomiyning Risolai qofiya, Shayx Ahmad Taroziyning Funun ul-baloga (1436-37) asarlarida R. forsiy sheriyatga xos bolib, arablarda qollanilmaganligi takidlanadi.
Alisher Navoiy ijodida radif muhim ahamiyatga ega bolib, Xazoyin ul-maoniy kulliyotidan orin olgan gazallarning deyarli teng yarmini (1294 gazal) radif qollanilgan baytlar tashkil qiladi. Shoir R. lari bir bogindan 9 bogingacha bolgan sozlarni oz ichiga oladi. Masalan, shoirning
Dilbaro, sendin bu gamkim, menda bordur, kimda bor?
Furqatingdin bu alamkim, menda bordur, kimda bor? –
(Navodir ush-shabob, 148-gazal)
|
9
|
Hojib
|
Hojib (ar.) pardador, berkituvchi. Mumtoz sher unsurlaridan biri. Sheriy misralarda qofiyadan oldin aynan takrorlanib keluvchi soz yoki sozlar qoshilmasi. hojib qollangan sher mahjub deb ataladi. Mumtoz poetikaga doir manbalarda hojibning bir manoda qollanilishi zaruriy shartlardan hisoblangan.
Alisher Navoiy ijodida hojib koproq Xamsa tarkibidagi dostonlarda qollanilgan. Masalan, Layli va Majnun dostonidan olingan
Chek aynima ishq totiyosin,
Ur qalbima ishq kimiyosin! –
baytida ishq sozi hojib bolib kelgan.
|
2-topshiriq. Baytda qollanilgan vazn va sheriy sanatlarni aniqlang.
Latofat gulshanida gul kibi sen sabzi xurram qol,
V- - -/ V - - - /V - - - / V - - -
Men archi dahr bogidin xazon yafrogidek bordim
V - - -/ V - - -/ V - - -/ V - - -
Do'stlaringiz bilan baham: |