Tushintirishxat I



Download 197 Kb.
bet3/12
Sana16.07.2022
Hajmi197 Kb.
#810408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 5278758511818315751

II.Asosiy qism

Adabiyotlar sharhi.


Yo‘lovchi tashuvchi tarnsport vositalari uchun avtouyushmalar hozirgi kunda kerakli uyushma hisoblanadi. Uning qoshida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, ustaxonalar va yonilg‘i quyish shaxobchalarini qurishdir. Bu korxonalar hozirgi zamon talabiga javob beruvchi, jahon andozalariga mos va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishi kerak. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari uchun avtouyushmalar hamda ular qoshida chetdan keltirilgan zamonaviy texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ustaxonalari, kichik avtoservis korxonalari, texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari qurish zarur bo‘lib kelmoqda. Buning uchun yuqorida aytib o‘tganimizdek juda ko‘p yuqori sifatli ixcham va zamonaviy ustaxonalar va kichik xususiy ustaxonalari barpo etish zarur. Ustaxona xususiy korxonalarni loyihalashda juda ko‘p ilmiy manbalar va adabiyotlardan foydalaniladi.


M.Z.Musajanov «Avtotransport tarmog‘i korxonalarini loyihalash» darsligida avtotransport tarmog‘i korxonalarini loyihalash asoslari va uslubiyati berilgan, korxonalar tasnifi, ularni loyihalash tartibi, texnologik loyihalash me’yorlari, shuningdek, har xil turdagi avtotransport korxonalarining texnologik hisobi, ularni rejalashtirish, respublikamiz va xorijiy mamlakatlar zamonaviy loyihalash amaliyotida yaratilgan korxonalarning yangi va qayta qurish rejalari, ularning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari keltirilgan [9].
O.Hamraqulov, Sh.Magdiev «Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi» darsligida amaliy faoliyatdagi avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining holati. Ya’ni avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash tenologiyasi, hamda avtotransport korxonalarida ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologik jihozlar, harakatdagi tarkibga moddiy-texnik ta’minotni tashkil qilish va resurslarni tejash usullari, avtomobil transportini turli ekstremal tabiiy-iqlim va yo‘l sharoitlaridagi, asosiy ishlab chiqarish bazalaridan ajralgan holdagi, hamda mahsuslashtirilgan harakatdagi tarkibning ekspluatatsiyasi, avtomobil transportining atrof-muhitga zararli ta’sirining yo‘nalishlari va ularni kamaytirish yo‘llari keltirilgan [10,11].
O.Hamraqulov tomonidan tayyorlangan «Avtomobillar servisi asoslari» darsligida zamonaviy avtomobillar servisining vazifa va maqsadlari, uning respublikamizda paydo bo‘lishi va rivojlanishining o‘ziga xosligi, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, ishlab chiqarishning tashkil etilishi asoslari va unga qo‘yiladigan talablar keltirilshgan. Shuningdek, darslikda firma usulidagi avtoservis, avtoservis korxonalarining ishlab chiqarish uchastkalari va texnologik jihozlari hamda avtoservis xizmati sifatini ta’minlash chora tadbirlari keltirilgan [12].
Q.M.Sidiqnazarov umumiy tahriri ostida tarjima qilingan «Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi» darsligida avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining holati fan tarmog‘i va amaliy faoliyat sifatida, ekspluatatsiya sohasida ishlayotgan muhandisga talablar yoritilgan, avtomobillar texnik holatining o‘zgarish sabablari, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash rejali-ogohlantirish tizimi, ularning me’yorlari, xizmat ko‘rsatish vositalarining o‘tkazish qobiliyatini shakllantirish qonuniyatlari, avtomobillarga TXK va ta’mirlash texnologiya asoslari, ishlab chiqarishni boshqarish uslublari va moddiy texnik ta’minotni tashkil etish, mahsus sharoitlarda avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi, avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi taraqqiyotining istiqbollari va ekologik xavfsizlikni ta’minlash uslublari bayon
etilgan [13].
B.A.Xo‘jaev «Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslari» darsligida avtomobil transporti vositalari, ular ish ko‘rsatkichlari, ekspluatatsiya xususiyatlari, unumi, ularni tanlash va hisoblash, yuk va passajirlar tashish hamda yuk ortish-tushirish ishlarini tashkil etish asoslari yoritilgan. «Yagona transport tizimi va har xil transportlar o‘zaro yondashuvi» darsligida respublikamizdagi barcha transport turlarining ahamiyati, ularning o‘rni va istiqbollari, texnik- iqtisodiy xususiyatlari hamda ulardan maqsadga muvofiq foydalanish masalalari yoritilgan [14-15].
O.Xamraqulov va boshqalar «Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar» o‘quv qo‘llanmada neft va neftdan olinadigan yonilg‘i, moylash materiallari va mahsus suyuqliklarni avtomobillar va boshqa qishloq xo‘jaligi mashinalari ekspluatatsiyasida ishlatilishi, ularning fizik-kimyoviy xossalari va sifatini dvigatel ishiga ta’siri, texnikada ulardan oqilona foydalanish, yonilg‘i va moy mahsulotlarini me’yorlash haqida ma’lumotlar mujassamlashgan [16].
S.A.Usmonov, M.Raxmatullaev «Texnik tizimlarni boshqarish» avtomobil transporti texnik ekspluatatsiyasida boshqarishni tashkil qilish, boshqaruv qarorlarini optimallashtirishning va transport tizimlarida tashqiliy tarkiblarni qurishning ilmiy asoslari qarab chiqilgan. Texnik ekspluatatsiyada boshqaruv va qaror qabul qilish usullari, harakat tarkibining sifati, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tizimi hamda ishlab chiqarish hodimlarning texnik ekspluatatsiya samaradorligiga ta’siri ilmiy tadqiq etilgan [17].
O‘.Yo‘ldashev va boshqalar «Mehnat muxofazasi» o‘quv qo‘llanmasida mehnat muxofazasining umumiy qoidalari, ishlab chiqarish sanitariyasi, uskunalar xavfsizligi texnikasi, yong‘in xavfsizligi masalalari hamda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan me’yoriy xujjatlar asosida yozilgan [18].
O.Q.Qudratov va boshqalar «Hayot faoliyati xavfsizligi» qo‘llanmasida fanning tarixi, kelib chiqishi va uning inson uchun ahamiyati keltirilgan. Unda sanoat korxonalarida mehnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli bilan shug‘ullanadi [19].
S.G‘ulomov «Mustaqil O‘zbekiston» asarida Vatanimiz iqtisodining rivojlanishi avtotransport va avtomobil yo‘llarining ahamiyati boshqa sohalar kabi muhimligi ko‘rsatib o‘tilgan [20].
Xalqaro moliya bozorlaridagi inqiroz va buning oqibatida vujudga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar davrida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida vaqtinchalik foydalanilmayotgan mehnat resurslarini mamlakatning transport infratuzilmasini rivojlantirishga safarbar qilish bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasini amaliyotga tadbiq etish kutilgan natijalarga olib keladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda avtomobil yo‘llarini qurish, undan foydalanish sohasida mavjud yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan keng qamrovli ishlarni yanada jonlantirish maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz ilmiy tadqiq etilgan [21].
I.Abdukarimov, M.Pardaev, B.Ikromov “Korxonaning iktisodiy salohiyati tahlili” hamda V.V.Semyonov “Ekonomika predpriyati” o‘quv qo‘llanmalarida ishlab chiqarish korxonalarning iqtisodiy salohiyati, iqtisodiy xarajatlarni asoslash, bozordagi resurs narhlaridan foydalanish, ishlab chiqariladigan mahsulotni raqobot darajasi hisobga olish, loyiha orqali tayyorlangan mahsulotni narhi hisoblanib bozordagi narhga solishtirish, ishlab chiqarish dasturini tuzishda raqobat darajasi hisobga olish, loyihani amalga oshirish uchun kerakli mablag‘ni bank kredit foizi hisobga olish, ishlab chiqishni asosiy fondi hamda ishlab chiqarish fondi hisoblab chiqish, yillik ishlab chiqarish xajmi va tayyorlov narhi (mahsulot birligiga) hisoblash, daromad, tannarh, foyda, amortizatsiya va samaralar hisoblash uslublari bayon etilgan [22-23].
Mavzuni dolzarbligi

  • xorijiy va ichki moliyalashtirish manbalarini, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish ko‘lamini kengaytirish, qurilish va industriya ishlab chiqarish komplekslarini yangilash asosida transport kommunikatsiyalari, zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari, muhandislik infratuzilmasi ob’ektlarini kompleks ravishda va ildam rivojlantirish hamda qurish;

  • respublikaning barcha mintaqalarini puxta birlashtiradigan yagona milliy avtomobil transport tizimini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, O‘zbekiston milliy magistrali tarkibiga kiradigan, xalqaro standartlarning yuksak talablariga javob beradigan, zamonaviy sement-beton va asfalt-beton qoplamalar bilan ta’minlangan to‘rt polosali yo‘l uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilishni kengaytirish, Qamchiq dovonidan o‘tadigan avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish... [1].

Transport xizmatlari ko‘rsatish qonun hujjatlari bilan mustahkamlangan huquqiy bazaga asoslanadi. Ushbu hujjatlar:

  1. turli xalqaro transport tashkilotlari tomonidan;

  2. mamlakatlarning milliy qonunchiligi doirasida;

  3. yuk va yo‘lovchi tashuvchilarning ichki qoidalari tarzida ishlab chiqilgan.

Jamiyatda fan-texnika taraqqiyoti odamlarni yer yuzining istalgan nuqtasiga tez eltib qo‘yishga qodir transport vositalari (ovozdan tez uchar samolyotlar, tezyurar poezdlar, avtomobillar, muzyorar va suvosti transporti va boshqalar) paydo bo‘lishiga, shuningdek, transport xizmatlari ko‘rsatish sohasiga yangi texnologiyalar joriy etilishiga olib keldi. Bu chiptalarni bronlashning global tizimlarida va chiptalar sotishning noan’anaviy usullarida, yuk va yo‘lovchi tashuvchilarning charter dasturlari vujudga kelishi va rivojlanishida, turli axborot tizimlari ishlab chiqilishida, yo‘lovchi tashishning texnik va texnologik rejimlarini nazorat qilish elektron qurilmalaridan foydalanilishida, ularning xavfsizligi oshirilishida o‘z ifodasini topmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov avtomobilsozlikni rivojlantirish va transportdan samarali foydalanish masalalariga shaxsan e’tibor berish bilan birga unga rahbarlik qilmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Vatanimizda qisqa vaqt ichida mutlaqo yangi, yuqori texnologiyali va barkamol soha – avtomobilsozlik bunyodga keldi.
Xalqaro turizmni amalga oshirishda transport xizmatlari ko‘rsatishning turli jihatlariga alohida diqqat-e’tibor berish lozim. Sayohatlar sohasida xalqaro hamkorlik chegaralarining kengayishi bojxona, chegara va sanitariya nazoratini amalga oshirish normalari va qoidalarini muttasil takomillashtirib borishni taqozo etadi.
Prezidentimiz I.Karimov o‘zining «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» asari yakunida mamlakatimizda ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi choralar dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirish jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va xatarlariga munosib qarshi turish, uning iqtisodiyotimizga salbiy ta’sirining oldini olish imkonini berishiga ishonch bildirdilar. Ayni paytda bu dastur inqirozdan so‘ng O‘zbekiston iqtisodiyotining yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlangan holda maydonga chiqishi, jahon bozorlarida o‘zimizning mustahkam o‘rnimizni egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish bo‘yicha oldimizda turgan ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun ishonchli zamin yaratishini belgilab berdilar [4].
Tarnsport yo‘llari sifati hamda zamonaviy infratuzulmaviy ta’minoti yuklarni tashish tezligining oshishiga olib keladi va pirosvard natijada mamlakat yalpi ichki mahsulotning o‘sishini ta’minlaydi. Xalqaro moliya bozorlaridagi inqiroz va buning oqibatida vujudga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar davrida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida vaqtinchalik foydalanilmayotgan mehnat resurslarini mamlakatning transport infratuzilmasini rivojlantirishga safarbar qilish bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasini amaliyotga tadbiq etish kutilgan natijalarga olib keladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda avtomobil yo‘llarini qurish, undan foydalanish sohasida mavjud yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan keng qamrovli ishlarni yanada jonlantirish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Mamlakatimiz o‘z avtomobilsozligining jadal rivojlanishi va “Buyuk ipak yo‘li” ning qayta tiklanishi Respublikamiz avtotransporti rivojining asosini tashkil etib, avtotransport vositalari texnik holatini yuqori darajada ta’minlashda zamonaviy avtoservis xizmatlari tashkil etish va ularni amalga oshirish uchun xalqaro standartlar talablariga javob beradigan yangi zamonaviy texnologiyalar asosida kichik va o‘rta tipdagi avtotexxizmat korxonalarini barpo etishni taqozo etadi.
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari uchun avtouyushmalar hamda ular qoshida chetdan keltirilgan zamonaviy texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ustaxonalari, kichik avtoservis korxonalari, texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari qurish zarur bo‘lib kelmoqda.
Texnik xizmat ko‘rsatish – bu avtomobillarni buzilishini oldini oluvchi va ularni soz holatda bo‘lishini ta’minlash uchun amalga oshiriladigan ishlarni majmuidir. Ta’mirlash esa, sodir bo‘ladigan nosozliklarni bartaraf etadigan va avtomobillarni ishchanligini tiklash uchun bajariladigan ishlarni majmuasidir.
Texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) tizimida bajariladigan ishlarni turi va davriyligi bo‘yicha quyidagi texnik xizmat turlari bajariladi:

  1. Kunlik texnik xizmat ko‘rsatish (KTXK);

  2. 500-1000 km (TXK-1000) masofani bosib o‘tgandan so‘ng, yangi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish;

  3. Davriy texnik xizmat ko‘rsatish;

  4. Mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish (MTXK) 500-1000 km – qisqa muddatli ishlashdan so‘ng avtomobillarga TXK o‘tkazishdan maqsad: bog‘lanma detal, uzel va agregatlarni uzluksiz, ishonchli ishlashini ta’minlash uchun maxkamlash, qotirish va rostlash ishlarini o‘tkazishdir;

  5. Kafolatli xizmat ma’lum ma’sofadan so‘ng o‘tkaziladigan texnik xizmat, avtomobilni sotib olishda, berilgan servis daftarchasining taloni bo‘yicha biriqtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish korxonasida amalga oshiriladi;

  6. Yuvish, tashxislash ajratish-yig‘ish, chilangar-mexanik, misgarlik, payvandlash, tunakasozlash, g‘iloflash, bo‘yoqchilik va boshqa ishlarni uz ichiga oladi. Talab, extiyojga qarab amalga oshiriladi va sodir bo‘lgan buzuqlik, nosozliklarni bartaraf etish hamda ogohlantirish, tiklash yo‘li va almashtirish bilan;

  7. Agregatlarni ayrim detallari va uzellari;

  8. Avtomobildagi – ayrim detallar, uzellar yoki agregatlarni ta’mirlanadi.

Texnik tashxislash ikkita asosiy vazifani bajaradi. Avtomobillarni texnik holatini tekshirish va nosozliklarni aniqlab topish.
Respublikamizda avtomobillarning keskin ko‘payishi kichik xususiy avtokorxonalar xizmatiga bo‘lgan extiyoj ortdi.
Men «Andijon-Toshkent avtomagistralida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish korxonasining texnologik hisobi» mavzusida diplom loyiha ishini bajarish uchun vazifa qilib oldim. Men uni bajarishda kirish, mavzuning dolzarbligi, adabiyotlar sharhi, asosiy qism, iqtisodiy qism, hayotiy faoliyat xavfsizligi hamda hulosa va adabiyotlar ro‘yxatiga e’tibor berildi. Shu sababli meni bajargan diplom loyiha ish mavzuim hozirgi kunda o‘ta dolzarbdir.


Download 197 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish