Sinf: 2“B” Fan: ona tili.
Mavzu: O’tilgan mavzularni mustahkamlash.
Maqsad: o'quvchilarning gap, so'z, nutq haqidagi tushunchalarini aniqlash; rasmlar asosida so'z, so'zlar ishtirokida gaplar va gaplardan hikoya (matn) tuzish qobiliyatlarini o'stirish; gapda so'zlarning o'zaro bog'lanishiga e'tibor qaratish; nutq o'stirishga e'tibor berish, fikrni to'liq ifoda etishga o'rgatish, so'z boyligini oshirish, husnixat malakalarini takomillashtirish; tabiatni, Vatanni sevish va asrashga o'rgatish.
Dars turi: Noan’anaviy.
Dars metodi: og’zaki bayon qilish, suhbat munozara, ”FSMU” texnologiyasi,«Alifbobingo»tenologiyasi
Forma: kichik guruhlarda , jamoa bo’lib ishlash.
Usul: texnik vosita, yozma materiallar, chizmalar.
Nazorat: og’zaki, savol- javob, kuzatish.
Baholash: rag’batlantirish, reyting.
Dars jihozi: darslik, mavzuga mos rasmlar, TV, tarqatma materiallar.
Darsni borishi:
Darsni tashkil etish va o’quvchilarni darsga hozirlash; 5 minut
-Slayd orqali
19 91 1
19 89 21
20 10 22
Ko’rsatiladi va bu raqamlar nimani anglatishi so’raladi.
-
1 sentabr
-
21 oktabr
-
22 oktabr
Javoblari slayd orqali rasmlar asosida ko’rsatiladi.
Dars maqsadi bayon etiladi. O’quvchilar 6 ta guruhga bo’linadi. Doskada har bir guruh ballarini hisoblab borish uchun mahsus jadval osiladi. Qizil -3ball, ko’k- 2ball, yashil -1ball.
-
topshiriq slayd orqali topshiriladi
. harf
__ __ bo’g’in
_________ so’z
_________ ________ ________ . gap
Guruh bo’lib biron bir harf tanlaydilar harfdan bo’g’in , bo’g’indan so’z, so’zdan, gap hosil qilinadi. (6 minut) Tuzilgan gaplar tahlil qilinib daftarlarga yozadilar.
-
topshiriq. DVD yordamida ertak qo’yiladi . Guruhlar ertakni tinglab she’riy lavhalardan eslab qolishlari kerak. Qaysi guruh ko’p eslab qolsa , shu g’olib hisoblanadi. 10 minut
3- topshiriq . Berilgan so'zlar ishtirokida gap tuzish. Guruhlarga aralash so'zlar yozilgan konvertlar tarqatiladi. Bu so'zlardan qiziqarli gap tuziladi. 5 minut
1- guruhga: Maktabimizda”Ona tilim – jonu dilim” mavzusida kecha bo`lib o`tdi.
2- guruhga: Kechamiz o’zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 22 yilligiga bag`ishlandi.
3-guruhga: O`quvchilardan Gulchehra Nizomova, Jamila Yo`ldosheva Navoiy asarlaridan o`qib berdilar.
4- guruhga: Ayniqsa, Jamila Yo`ldosheva Navoiy asarlarini juda ta`sirli o`qidi.
5-guruhga: Siz ham sinfingiz bilan shunday kechalar o’tkazib turasizmi?
6-guruhga: Eh, naqadar go’zal , yoqimlisan mening ona – o’zbek tilim!
4- topshiriq. O'quvchilarning mantiqiy fikrlashlarini o'stirish maqsadida „Sirli sharcha" mashg'uloti o'tkaziladi. Bu mashg'ulotda biror-bir qattiqroq qog'ozga chizilgan turli narsalar rasmi har xil holatda qirqib olinadi va konvertga solinadi. Konvertdagi turli xil shakllarni 3 minut ichida o'rniga qo'yish kerak. Masalan, qirqma shar shaklini ko'raylik.
Yaxlit, tayyor holat Qirqma holat
5-topshiriq. Test slaydda ko’rsatiladi va 5 minut ichida barcha o’quvchilar daftarlariga bajaradilar. Javoblar kaliti aytilib tes topshirig’I tekshiriladi.
1. Harf nima?
-
harfni ko'ramiz, eshitamiz, gapiramiz;
-
harfni ko'ramiz, yozamiz va eshitamiz.
2. Tovush nima?
-
tovushni ko'ramiz, yozamiz;
-
tovushni eshitamiz, talaffuz qilamiz.
3.Qaysi qatorda harf birikmalari bo'g'inga
ajratish qoidasiga muvofiq to'g'ri ajratib berilgan?
-
sha-jara, olcha, tong;
-
shaja-ra, o-lcha, tong;
D) sha-ja-ra, ol-cha, tong.
4. Tutuq belgisi ishtirok etgan so'zlar qaysi qatorda berilgan?
-
sava, sher, tana;
-
sa'va, she'r, ta'na;
D) surat, rasm, asl.
5. Qaysi qatorda jarangli undoshlar berilgan?
-
g, m, n, ng, r;
-
d, r, t, s, ch;
D) p, f, k, sh, j.
6- topshiriq “FSMU” texnologiyasi asosida har bir guruhga topshiriq beriladi 5 minut (har bir o’quvchi o’zi bajaradi.)
1- guruhga: a,o,i unli tovushlar
2- guruhga: Malika a’lochi o’quvchi bu darak gap
3-guruhga: Kim gul uzdi? Bu so’roq gap
4- guruhga: h,p,k undosh tovush
5-guruhga: Gulla , yashna O’zbekiston !his- hayajon gap.
6-guruhga: anor, behi, don, elak so’zlari alifbo tartibida yozilgan.
7- topshiriq. Har bir guruhdan faol ishtirokchilar taklif qilinadi va konvertda bittadan yozilgan so’zlarni tanlab oladilar va ularga ma’nodosh so’zlar topadilar. Ot, sigir, vatan, bola,odam yuzi, odam. Shu vaqtda qolganlar dafarlariga “Alifbobingo” texnologiyasi bilan berilgan harflar asosida alifbo tartibida so’zlar yozadilar. 2 minut
Avval og’zaki javoblar , so’ng yozma javoblar tekshiriladi.
Dars yakunida barcha ballar hisoblanib , natijasi e’lon qilinadi. O’quvchilar izohlanib baholanadi.
“TASDIQLAYMAN”
Maktab direktori: S.A.Bochkareva.
Hamza tumani 307- maktabning
boshlang’ch sinf o’qituvchisi
Musirova Xadichaning
ochiq
dars ishlanmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |