VI.XULOSA.
O‘zbekiston zamini tarixdan ma’lumki, savdo, iqtisodiy, madaniy aloqalar va Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab shakllangan turli sivilizatsiyalarni tutashtirib turuvchi markaz bo‘lib kelgan.
Prezidentimizning ta’biri bilan aytganda, bizning pirovard maqsadimiz «Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi savdo oqimining ma’lum qismini mamlakatimizdagi tranzit yo‘nalishlariga burish va shu asosda yurtimizda transport va tranzit xizmati hajmini oshirish, mavjud infratuzilma negizida logistika markazlarini tashkil etish, minglab odamlarni ish bilan ta’minlashdan iborat».
Yuqori darajada taraqqiy etgan transport magistrallari va kommunikatsiyalari O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish bilan birgalikda, mamlakatimizning zamonaviy qiyofasini ham belgilaydigan mustahkam iqtisodiy o‘sish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga molikdir.
Transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan:
xorijiy va ichki moliyalashtirish manbalarini, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish ko‘lamini kengaytirish, qurilish va industriya ishlab chiqarish komplekslarini yangilash asosida transport kommunikatsiyalari, zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari, muhandislik infratuzilmasi ob’ektlarini kompleks ravishda va ildam rivojlantirish hamda qurish;
milliy avtomagistral yoqasi va temir yo‘llar bo‘ylab infratuzilma va servis ob’ektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, avtomobil va temir yo‘l magistrallarida qatnovlar uchun xalqaro standartlarga javob beradigan shart-sharoitlarni yaratish, buning negizida yangi ish joylarini shakllantirish hamda aholining bandligini oshirish...
Shuning uchun men “Andijon-Toshkent avtomagistralida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish korxonasining texnologik hisobi” mavzusida bitiruv malakaviy ishni bajarishni vazifa kilib oldim.
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish korxonasini loyihalash natijasida texnologik qism bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldim.
Korxona joylanishi kerak bo‘lgan umumiy maydon 1,6 Ga bo‘lib, unda ishlab chiqarish binosi, ma’muriy-maishiy xonalar, savdo do‘koni, saqlash joylari, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ishlari joylashgan. Bularning bari korxona bosh rejasida joylashtirilgan.
Ishlab chiqarish binosining umumiy maydoni 2376 m2 bo‘lib, bunda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish tashkil qilingan. Korxonaning yillik ish xajmi 177482 ishchi soatni tashkil qiladi. Loyihalanayotgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasida 85 ta ishchi xizmatchini ish bilan ta’minlaydi. Bu korxona 2 smenali ish rejimida ishlaydi. Korxonada yillik ishlash vaqti 365 kun, bir sutkada 126 ta yengil 5 ta yuk avtomobili va avtobuslarga xizmat ko‘rsata oladi.
Ustaxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham ishlab chiqildi, korxonaning yillik xajmi, tannarxi, foyda, tarif stavkasi, sof foydalar mikdori, loyiha uchun kerakli, asosiy aylanma fondlar miqdori hisoblab chiqildi.
Bulardan tashkari sug‘urta jamg‘armasi, jihoz va ustaxona uskunalari amartizatsiyasi, elektr-energiya sarfi, gaz sarfi, materiallar sarfi, xo‘jalik xarajatlar sarfi, tannarx, foyda va to‘lovlar, hisobdagi narxlar aniqlandi. Bu ustaxonaning umumiy tannarxini 3,6 yilda kapital mablag‘ini oqlaydi.
Mehnat muxofazasi va ekologiya hozirgi kunning eng dolzarb vazifasi hisoblanmoqda. Chunki avtoustaxonalarda avtomobillar harakati, avtomobildan chiqayotgan zaharli chiqindi gazlar, elektr-energiyalar inson salomatligi uchun eng zararlidir. Buni oldini olish maqsadida yiliga to‘rt marotaba texnika xavfsizligi o‘tkazish, ishchi xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turish zarur.
Ustaxona uchun hozirgi kunda zarur bo‘ladigan zamonaviy eng yuqori texnologiyalar bilan jihozlab undan samarali foydalanilsa hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini oldini olgan bo‘lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |