Tushintirishxat I


IV HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI



Download 4,49 Mb.
bet3/40
Sana18.07.2022
Hajmi4,49 Mb.
#823802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
ANDMI HumoyunMirzo Diplom loyiha — копия

IV

  1. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI .............................................

95

V

  1. IQTISODIY QISM.............................................................................................

97

VI

  1. XULOSALAR.....................................................................................................

101

VII

  1. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...........................................................

106

VIII

  1. ILOVALAR.......................................................................................................

109


I. Krish

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-fevral 2019-yilda “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlarni sohasini yanada rivojlantirish uchun qo‘yilgan birinchi qadam hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda transport va transport logiatika sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash, transport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli choratadbirlar amalga oshirildi. Iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va amalga oshirilayotgan islohotlar respublikaning geografik joylashuvini inobatga olgan holda transport xizmatlarining sifatliligi va ommabopligini ta’minlashga yo‘naltirilgan yagona transport siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, sohani boshqarishning zamonaviy texnologiyalari va intellektual tizimlarini joriy etishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, iste’molchilarning tovar, mahsulot va xomashyoga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash sohasidagi jadal o‘zgarishlarni faqat yuk oqimlarini samarali yetkazish jarayonlarini tashkil etish va boshqarishning yangi texnologiyalarini, xususan, logistika tamoyillarini keng qo‘llash asosida amalga oshirish mumkin bo‘ladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra logistika bu yuk oqimlari harakatini samarali tashkil etish va boshqarishga hamda bu jarayondagi samarasiz yo‘qotishlar va xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Bunday sharoitda transport vositalari, omborxona va terminallar o‘zlarining tashish faoliyatlarini iste’molchilar va transport xizmati bozorining tobora oshib borayotgan talablariga moslashtirishi lozim bo‘ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimizdagi logistik tarmoq faoliyati endigina shakllanib, o‘zining rivojlanish bosqichiga o‘tmoqda. Bu holat logistikaning nafaqat ilmiy-amaliy, balki o‘quv qo‘llanma sohalariga ham tegishli. Logistikani o‘qitish hamda tushuntirishda logistika bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab sohalar hali ham katta o‘rin egallaydi. Logistikaning o‘zagini ajratib ko‘rsatishni hali o‘rganishimiz zarur. O’zbеkistоn iqtisоdiyotining bоzоr munоsаbаtlаrigа o’tish shаrоitidа lоgistikаning tutgаn o’rni оshаdi. Bоzоr munоsаbаtlаrigа o’tish dаvridа lоgistikаning dоlzаrbligini аniqlаb bеruvchi 5 tа оmilni аjrаtish mumkin: - iqtisоdiy оmil. Hоzirgi vаqtdа ishlаb chiqаrish хаrаjаtlаri vа mоliya хаrаjаtlаrini kаmаytirish imkоniyatlаrini qidirish birinchi o’ringа qo’yilmоqdа. Lоgistikа mаhsulоt ishlаb chiqаruvchi vа iste’mоlchilаrning iqtisоdiy qiziqishlаrini bоg’lаsh imkоnini bеrаdi. - tаshkiliy - iqtisоdiy оmil. Bоzоr shаrоitidа tоvаr hаrаkаti jаrаyonlаrini аmаlgа оshiruvchi yangi tаshkiliy shаkllаrning vujudgа kеlishi vа rivоjlаnishi dаvоmidа, bоshqаruv vа kооrdinаtsiyaning intеgrаtsiоn shаkllаri, hаmdа ishlаb chiqаruvchi, kоrхоnаlаr, iste’mоlchilаr, оmbоrlаr vа trаnspоrtning o’zаrо ta’sirining lоgistik jаrаyonlаrini ta’minlаsh tоbоrа kаttа аhаmiyatgа egа bo’lmоqdа. - ахbоrоt оmili. Bоzоr iqtisоdiyoti ахbоrоt аlоqаlаrining rivоjlаnishigа ko’mаklаshаdi, ulаr bоzоr munоsаbаtlаrining sаbаbi vа nаtijаsi bo’lib, bir - birlаrini o’zаrо to’ldirаdi. Ахbоrоt tushunchаsi lоgistikа bilаn bоzоrni chаmbаrchаs bоg’lаydi, chunki lоgistik jаrаyonlаrning prеdmеti, vоsitаsi vа tаshkil etuvchisi bo’lib ахbоrоt оqimlаri hisоblаnаdi. - tехnik оmil. Bu оmil lоgistikаni tizim sifаtidа o’rgаnаdi, uni bоshqаrish оb’еktlаri vа sub’еktlаri trаnspоrt, оmbоr хo’jаligi vа bоshqаrishni kоmpyutеrlаshtirishdа zаmоnаviy tехnik yutuqlаrni qo’llаsh аsоsidа rivоjlаnаdi. - tоvаr hаrаkаti jаrаyonlаrigа dаvlаtning ko’mаgi. Zаmоnаviy shаrоitlаrdа tоvаr hаrаkаtini nаzоrаt qilish mаsаlаsi nаfаqаt kоrхоnаlаr dаrаjаsidа, bаlki rеgiоnlаr hаmdа mаmlаkаt miqyosidа vujudgа kеlаdi.
Korxonaning logistika tizimi turli elementlarni birlashtiradigan eng murakkab va ayni paytda yaxshi ishlaydigan mexanizmlardan biridir. Ushbu mexanizmning uzluksiz ishlashi, asosan, uning tarkibiy qismlarining har birining aniq ishlashi bilan belgilanadi, unda ishlatiladigan usul va texnologiyalarning mukammalligi boʻlib, shuning uchun har bir korxonada logistikani oʻrganish zarurligini bujudga keladi. Zamonaviy dunyoda ishlab chiqarishning jadal oʻsishi, turli korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar nomenklaturasining kengayishi, omborlar tashkil etilishi, bu esa oʻz navbatida korxonaning tovar aylanmasining oʻsishiga ta’sir qiladi. Bularning barchasi korxonani boshqarishda logistika rolini oshiradi. Logistika zanjirining barcha qismlarida sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish asosan tarqatish tarmogʻini oqilona tashkil etishga, xususan, xarid qilish, saqlash, qadoqlash va transport vositalari kabi tovar harakatining muhim elementlariga bogʻliq. Transport logistikasi ham har qanday korxonaning iqtisodiy siyosati sohasiga kiradi, uning asosiy vazifasi yukni ishlab chiqaruvchidan ketgan paytdan boshlab va iste’molchiga topshirishgacha hamrohlik qilishdir. Yirik ishlab chiqarish korxonalari, odatda, oʻz transportiga ega. Kichik firmalar avtomobillarni ijaraga olishga yoki transport kompaniyalari bilan shartnomalar tuzishga majbur boʻladilar [1]. Yuqori sifatli transport logistikasi yukni oʻz vaqtida yetkazib berishni va uning xavfsizligini nazarda tutadi. Shuning uchun logistika va transport menejerlari yukni minimal zarar bilan eng oqilona tashish jarayonini tashkil qilishlari, uning harakatini doimo nazorat qilishlari, joyni bir vaqtning oʻzida bilishlari va kompaniyaga oʻz vaqtida kelishlarini ta’minlashlari kerak. Ushbu ikki asosiy qoidaga rioya qilish orqali korxonalar oʻz xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq boʻladilar. Hozirda hech qanday qattiq korxona transport logistikasisiz ishlay olmaydi, aks holda bankrot boʻlish xavfi mavjud[2]. Korxonalarda "logistika boʻlimlari" ning paydo boʻlishi bilan xom ashyo va tayyor mahsulotlarni yetkazib berish jarayoni yanada tizimli boʻlib, bu esa yoʻl zahirasini oqilona tanlashga olib keldi, yuklash, tushirish, transportni samarali boshqarish va natijada transport xarajatlarini kamaytirdi.
Ayni paytda logistika muammolarini hal qilishda ishtirok etmayotgan har qanday savdo yoki ishlab chiqarish korxonasini tasavvur qilish qiyin [3]. Shunday qilib, korxona faoliyatida logistika T. Allegri fikriga koʻra, kompaniya tovar, moliyaviy va axborot oqimlarini optimallashtirish imkonini beradi "sezilarli xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar sotib olish va tovarlar yetkazib berish oʻrtasidagi vaqt oraligʻini kamaytirishdir".
Mamlakatimiz dengiz va okean portlariga bevosita chiqish imkoniyatiga ega emas. Shu munosabat bilan 1996 yil aprelda «TRASEKA» dasturiga muvofiq idoralararo ishchi guruhi tuzilib, bu guruh transport koridorlarini tashkil qilish va ularni umumlashtirish masalalarini hal qildi. Ulardan quyidagi transport koridorlari qurilishi amalga oshiriladi [6]:

  • Tashkent – Ashgabad – Turkmanboshi porti – Baku porti.

  • Almata - Toshkent - Istambul avtomagistrali.

  • Markaziy Osiyo mamlakatlari - Sharqiy Xitoyning portlaridan birigacha.

  • Markaziy Osiyo mamlakatlari-Tedjen-Seraxs-Mashhad-Bandar Abbas porti.

  • Markaziy Osiyo mamlakatlari - Eron Islom Respublikasi - Turkiya Istambul porti.

Bugungi kunda xalqaro yuk tashuvlari bilan shug‘ullanayotgan tashqi iqtiso-diy faoliyat qatnashchilari quyidagi transport koridorlaridan foydalanib kelmoqdalar:
1-yo‘lak – Boltiqbo‘yi davlatlari portlari yo‘nalishida (tranzit bilan Qozog‘iston va Rossiya orqali) – Klaypeda (Litva), Riga, Liepaya, Ventspils (Latviya), Tallin (Estoniya);
2-yo‘lak – Belarus va Ukraina orqali (tranzit bilan Qozog‘iston va Rossiya orqali) - Chop (Ukraina) va Brest (Belarus) chegara o‘tishlari, keyinchalik Yevropaga;
3-yo‘lak – Ukrainaning Ilichevsk portiga (tranzit bilan Qozog‘iston va Rossiya orqali), Qora dengizga chiqish bilan;
4-yo‘lak – Gruziyaning Poti va Batumi portlariga (tranzit bilan Turkmaniston va
Ozarbayjon orqali), Qora dengizga chiqish bilan, TRASEKA yo‘lagi deb nom olgan;
5-yo‘lak – Eronning Bandar-Abbos portiga (tranzit bilan Turkmaniston orqali)
Fors ko‘rfaziga chiqish bilan;
6 - yo‘lak – Sharqiy yo‘nalishda Xitoy orqali (tranzit bilan Qozog‘iston orqali) Sariq dengizga;
7- yo‘lak – sharqiy yo‘nalishda Uzoq Sharqning Naxodka va Vladivostok portlari orqali (tranzit bilan Qozog‘iston va Rossiya orqali) Sariq dengizga.
8-yo‘lak – Turkiya va Yevropaga (“Baku-Axalkalaki-Kars” yangi temir yo‘lida tranzit bilan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali);
Hozirgi kunda yana quyidagi yo‘nalishlar rivojlantirilmoqda:

  • Yevropa va Janubii-sharqiy Osiyo yo‘nalishida (Turkiyaning Mersin porti orqali tranzit bilan Turkmaniston va Eron orqali);

  • Xitoy portlariga (tranzit bilan Qirg‘iziston orqali) Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy-Xitoy dengizlariga chiqish bilan;

  • Afg‘on muammosini tartibga solinishi munosabati bilan tranzit bilan Afg‘oniston orqali Eronning Bandar-Abbos va Chaxbahor portlariga chiqadigan janubiy muqobil transport yo‘laklarini ishlab chiqish bo‘yicha yangi istiqbollar ochilmoqda.


Download 4,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish