Rux oksidi
ZnO nanozarrasi ham qator (jumladan bakteritsidli) noyob xossalarga ega, ulardan eng muhimi elektromagnitik to'lqinlarning juda keng spektrini , ultrabinafsha, infraqizil, mikroto'lqinli va radiochastotali nurlarni yutish qobiliyatidir.
Bunday zarralar oyna, plastmassa, sintetik tola va boshqalarga ultra binafsha nurlardan himoyalovchi yangi xossalar berishi mumkin. Bu ultrabinafsha nurdan saqlovchi quyoshli ko'zoynak, quyoshli kunlarda kiyish uchun maxsus kiyim yaratish imkonini beradi. Ularni faqat quyoshdan himoyalanish uchun emas, balki issiq kunda qizib ketishdan saqlanish uchun ham ishlatsa bo'ladi. Nanozarralarni quyosh nuridan saqlovchi krem, surtmalar va boshqa preparatlar tayyorlashda ishlatsa bo'ladi, chunki ular yumshoq, havfsiz va terini qichishtirmaydi.
Bundan tashqari, bu nanozarralarning elektromagnitik to'lqinlarini sochishidan infraqizil diapazonida ko'rinmaydigan kiyim matosida ham qo'llash mumkin, bunday kiyimda odam tanasidan chiqayotgan infraqizil diapazonidagi elektromagnitik to'lqinlar rux oksidi nanozarralarida yutilishi xisobiga odamning tanasi ko'rinmay qoladi. Bu radio to'lqinlardan ultrabinafsha to'lqinlargacha bo'lgan, keng diapazonda ko'rinmaydigan «Stels» turidagi maxsus kiyimlar va qoplamalar tayyorlash imkonini beradi. Bunday kiyimlar harbiy va terroristlarga qarshi operatsiyalar uchun juda kerakli bo'lib, ular dushmanlarning tungi ko'rish asboblari sezib qolishidan qo'rqmay, dushmanga juda yaqin kelish imkonini beradi.
ZnO nanozarra asosidagi materiallarni infraqizil datchiklarda qo'llasa ham bo'ladi.
Serpentin
Serpentin nanonaychasi nanozarrachalarning noyob xossalarini sanoatda qo'llanilishiga ajoyib misol bo'la oladi. «Nanoindustriya» konserni mineral nanonaychalar (uglerod bilan adashtirilmasin) asosida maxsus ta'mirlovchi- tiklovchi tarkibli (TTT) modda ishlab chiqarishdi. Bunday nanotexnologik TTT amalda har qanday ishqalanish natijasida eyilib ketgan metal sirtlarni qayta tiklashi mumkin (avtomobil dvigatelining, turli stanok va mexanizmlarning ishqalanuvchi qismlari), avtomobil karteriga TTT moddasini qo'yganingizdan so'ng, dvigatel ishdan chiqishini anchagacha unutsa bo'ladi.
Odatda harakatlantirgichning mexanik qismlari ishqalanish oqibatida asta - sekin buzilishini kuzatamiz, chunki ular qo'pol balk - texnologiyasi bo'yicha ishlab chiqarilgandir.
Agar TTT dan bir shishachasini moyga qo'shilsa, quyidagi - hodisa sodir bo'ladi: dvigatel ishlashi davomida mexanik qismlar ishqalanishdan isiydi, bu qizish katalizator vazifasini o'tab, nanonaychalarni asbob qismini buzilgan sohasiga biriktirib qo'yadi, natijada asbobning intensiv ishqalanyotgan qismining sirtida ideal himoya qatlami hosil bo'ladi.
Qattiq qiziganda ular o'zlarining birikuvchanlik xossalarini yo'qotadilar. SHunday qilib ishqalanuvchi qismida doimiy issiqlik muvozanati saqlab turiladi, ishqalanuvchi sirtlar mutlaq silliq bo'lgani uchun asbob qismlari deyarli eskirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |