Bazi nanomateriallarning noyob xossalari Kumush
Kumush nanozarralarining xossalari haqiqatda noyob ekanligini bilamiz. Birinchidan, ular bakteriyalarni yo'qotuvchi va antiviruslikdan iborat ajoyib faollikka ega. Kumush ionlarining antimikrob xossasi insoniyatga qadimdan ma'lum. Balki ko'p o'quvchilar cherkovning davolovchi «muqaddas suvi» xossalarini eshitishgan bo'lsalar kerak, bu oddiy suvni kumush filtrdan o'tkazish yuli bilan olinadi. Bunday suvda, oddiy suvda mavjud bo'lgan kasallik tarkatuvchi bakteriyalar bo'lmaydi. SHuning uchun bu suv "gullamasdan" va buzilmasdan yil bo'yi turaveradi.
Undan tashqari bunday suv zararli bakteriyalar va mikroorganizmlarni yo'q qiluvchi ma'lum bir miqdorda kumush ionlari zichligiga ega bo'lib, ular inson salomatligi uchun katta yordam beradi.
Kumush nanozarralari bakteriya va viruslar bilan kumush ionlariga nisbatan minglab marta samaraliroq kurashadi. Tajribalar ko'rsatishicha, nanozarralarning arzimas zichligi ham, o'zi kamaymagan holda, barcha ma'lum mikroorganizmlarni (shu jumladan SPID virusini ham) yo'q qilgan.
Bundan tashqari, zararli viruslarga qo'shib xujayralarni ham o'ldiruvchi antibiotiklardan farqli ravishda, nanozarralar faqat zararli viruslargagina ta'sir etadilar, xujayra esa zararlanmaydi.
Viruslarning hujayraga hujum qilish tezligi o'q tezligidan yuqori Gap shundaki, mikroorganizm qobig'i maxsus oqsillardan tuzilgan bo'lib, agar unga nanozarra ta'sir etsa, bakteriyalarni kislorod bilan ta'minlashni to'xtatadi.
Xozirgi vaqtda kumush nanozarrasini dori-darmonlarda qo'llanish maqsadida izlanishlar olib borilmoqda. Hozir ham ular keng ko'lamda qo'llanilmoqda.
Masalan, «Gelios» firmasi kumush nanozarrasidan «Znaxar» nomli tish pastasini chiqaradi, u tishni turli infeksiyalarlan samarali himoya qiladi. Nanozarraning ozgina zichligi bir qancha «sara» kosmetik kremlariga qo'shilmokda, bu ularni ishlatish vaqtida aynib qolishi oldini oladi. Kumush nanozarrasi ko'rinshidagi qo'shimchalar antiallergiant qo'shimchalar sifatida kremlarda, shampunlarda, pardoz uchun kosmetik moddalarda qo'llaniladi. Ishlatish davomida ularning shamollashga qarshi va yaralarni tez bitkazuvchi xossalari ham kuzatiladi.
Kumush nanozarrasi kiritilgan matolar o'z - o'zini dezinfeksiya qilishga qodirdir. Ularda birorta ham kasallik tarqatuvchi bakteriyalar yoki viruslar yashay olmaydi. Nanozarra matoni yuvganda chiqib ketmaydi. Ularning samarali ishlash vaqti olti oydan oshiq, bu ularni tibbiyotda va ro'zg'orda amalda cheksiz ko'p qo'llanish imkoniyatlarini ochadi. Bunday kumush nanozarrasi kiritilgan matolar tibbiyot xalatlari, choyshablar, bolalar kiyimlari, toshmaga qarshi poyabzallar uchun bebaxodir.
Nanozarraning har xil qattiq sirtlarga (shisha, taxta, qog'oz, keramika, metal oksidlari va boshq) surkalganda u o'zining bakteriyani o'ldirish qobiliyatini uzoq vaqt saqlab turadi. Bu esa ro'zg'orda uzoq vaqt samarali ishlaydigan dezinfeksiyalovchi aerozollarni yaratishga imkon beradi. Xlor va boshqa an'anaviy kimyoviy zararsizlantiruvchi moddalardan farqli o'laroq, nanozarrachalar asosida olingan aerozollar insonlar va hayvonlar sog'ligiga zarar etkazmaydi.
Qisqacha qilib aytganda mayda, ko'rimsiz, ekologik toza kumush nanozarralarini hamma joyda qo'llasa bo'ladi, ulardan tozalik va gigiena bilan ta'minlashda: pardoz anjomlaridan tortib jarrohlik asboblarini zararsizlantirishgacha foydalaniladi. Etakchi rus olimlari fikrlaricha, nanozarrali anjomlar va materiallar narxi an'anaviylarinikidan uncha qimmat bo'lmaydi, nanotexnologiyalar rivojlanishi natijasida ularni harid qilishga har bir insonning qurbi etadigan bo'lib qoladi. Samsung firmasi allaqachon kumush nanozarralarini uyali telefonlarga, kir yuvish mashinalariga, havo tozalagichlarga va boshqa turmushda qo'llaniladigan texnik jihozlarga qo'llamoqda.https://yandex.uz/search/?text=%D0%9D%D0%B0%D0%BD%D0%BE%D0%BC%D0%B0%D1%82%D0%B5%D1%80%D0%B8%D0%B0%D0%BB&lr=10329&noreask=1&ento=0oCgpydXcxOTc5NTA1EhBydXc0NzIwOTU0OmFzc29jGAJ6G9Ch0LzQvtGC0YDQuNGC0LUg0YLQsNC60LbQtV8Un_o
Do'stlaringiz bilan baham: |