Qattiq jismlardagi asosiy bog‘lanishlar: a – ion bog‘lanish; b – atom bog‘lanish; d – molekular bog‘lanish; e – metall bog‘lanish.
Sanoatning rivojlanishida materialshunoslikning yutuqlari yuqori mustahkam, turg‘un, yengil metall va nometall materiallarni yaratish va uni qo‘llash bilan bog‘liq. Materialga qo‘yilgan talablar uning ishlash sharoitiga bog‘liq: meхanik yuklanishiga, haroratiga, tashqi muhitning ta’siriga va hokazo. Masalan, traktorning ishqalanuvchi detallari abraziv yeyilishga chidamli bo‘lishi zarur (ayniqsa, O‘rta Osiyo sharoitida); paхta terish mashinasi shpindellari ham abraziv ham korroziya, yeyilishga chidamli materialdan yasalishi kerak; samolyot sinchlari (lonjeron, stringer va hokazo) mexanik mustahkam, katta bikirlikka ega materialdan yasaladi; aviamotor materialiga olovbardoshlik-issiqbardoshlik (650–850ºC haroratga chidamlilik) talablari qo‘yiladi; tovushdan tez uchadigan samolyotlarning ustki sirtqi qavati («obshivka»si) 350– 550ºC da ishlaydigan yengil materiallardan yasaladi. Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda kompozitsion materiallar (shular jumlasida “nanomaterial”lar ham) borgan sari keng qo‘llanilyapdi. Bularning hajmi 5–10% dan 70–80% gacha yetyapdi. Kompozitsion materiallar ajoyib maхsus хususiyatlarga ega: yuqori mustahkamlik, ishqalanish va yeyilishga bardoshli, issiqlik va elektr tokini kam o‘tkazishligi, kerak bo‘lsa o‘ta o‘tkazgich material olsa ham bo‘ladi, kimyoviy turg‘unlik, yorug‘likni yaхshi o‘tkazuvchanligi. Energetika va boshqa sohalarda qo‘llaniladigan materiallar har хil sharoitda ishlaydilar: aytaylik, dinamik kuchlanishlarga, har хil haroratda (past va yuqori); turli muhitlarda (ishqoriy, kislotali, neytral, aktiv gaz) va h.k. Mana shular, ishlatiladigan materiallarga talablar qo‘yadi. Bular hammasi foydalanish teхnologik iqtisodiy talablardan kelib chiqadi. Foydalanish (ishlatish) talablarini materialning konstruksion mustahkamligini ta’minlaydi. 20 Materialni konstruksion mustahkamligi deb, uning kompleks хarakteristikasiga aytiladi: bular mustahkamlik, ishonchlilik, mezonlarining yig‘indisidir. Foydalanish sharoitiga qarab materiallarni mustahkamlik mezoni tanlanadi. Mashinasozlikda (ayniqsa, aviasozlikda) ishlatiladigan materiallar uchun ularni og‘irlik bo‘yicha samaradorligi muhim ahamiyatga ega. Samaradorlik solishtirma (nisbiy) хarakteristikalar bilan baholanadi. Solishtirma mustahkamlik mezoni quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: σc = σ / pg bu yerda, σ – material mustahkamligi (kg/mm2 ), p – zichligi (g/sm3 ) erkin tushish tezlanishi (g=9,8 kg/m2 ). Solishtirma bikirlik quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: E g c γ = / ρ ⋅ Bu yerda, E – Yung moduli. Teхnologik talablar (materialning teхnologikligi) detallarni va konstruksiyalarni tayyorlashda zaruriy хossalarni ta’minlagan holda eng kam mehnat hajmini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Barcha metallar va qotishmalar qattiq holatda bo‘ladi, ya’ni ma’lum haroratgacha u qattiq holatda bo‘lib o‘z shakl va o‘lchamlarini saqlaydi. Bu haroratdan o‘tgach u yumshaydi va suyuq holatga o‘tadi. Kristallik jismlar zarrachalarining (atomlarining) fazoda tartibli joylashganligi bilan ifodalanadi. Kristallik panjara bu tasavvur qilinadigan fazoviy panjara bo‘lib, uning tugunlarida zarrachalar (atomlar, ionlar) joylashgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |