Tushintirishxat I



Download 197 Kb.
bet2/12
Sana16.07.2022
Hajmi197 Kb.
#810419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3) Texnologik qism: Mavzu bo`yicha konstruktiv yechimlar keltiriladi.
4) Iqtisodiy qism: Mavzu bo`yicha qilinayotgan loyihaning yoki konstruksiya (texnologiya)sining iqtisodiy yechimlari keltiriladi.
5) Hayot faoliyati xavfsizligi: Mavzu bo`yicha xavfsizlikni ta`minlovchi asosiy shartlar, mashina va mexanizmlarning xavfli zonalari, muhofazalovchi va saqlovchi to`siq vositalari va ekologik talablar kabi ma`lumotlar keltiriladi.
6) Xulosa va takliflar: Mavzu yuzasidan yuqorida qilingan ishlar bo`yicha umumiy xulosa va takliflar keltiriladi.
7) Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati: Mavzuni bajarish davomida foydalanilgan adabiyotlar va internetdagi veb saytlarning ro`yhati keltiriladi.
8) Ilova: Mavzu bo`yicha maxsus jadvallar, diplom loyihasi oldi amaliyoti davrida to`plagan rasmlar va internetdan olingan ma`lumotlar ilova qilinadi.


4. Diplom loyihasining chizmalari ro`yhati: (A3 formatda 6 list vatman).

1)_____________________________________________________________


2)_____________________________________________________________
3)_____________________________________________________________
4)_____________________________________________________________
5)_____________________________________________________________
6)_____________________________________________________________


5. Diplom loyihasi bo`yicha maslahatchilar:





Diplom loyihasining qismlari

Boshla-nish muddati

Tugalla-nish muddati

Imzo

Maslahatchi-ning familiyasi

1

Kirish

11.01.2022

31.01. 2022







2

Asosiy qism

01.02. 2022

28.02. 2022







3

Texnologik qism

01.03. 2022

31.03. 2022







4

Iqtisodiy qism

01.04.2022

30.04. 2022







5

Hayot faoliyati xavfsizligi qismi

01.05. 2022

20.05. 2022







6

Xulosa va takliflar

22.05. 2022

01.06. 2022







7

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

01.06. 2022

03.05. 2022







8

Ilova













6. Topshhiriq berilgan sana: ____________________________


7. Tugallangan diplom loyixasini topshirish sanasi: __________________


Diplom loyihasi rahbari: _________(imzo)


Topshiriq bajarish uchun qabul qilindi: _________(imzo)


Kafedra mudiri: _________(imzo)

MUNDARIJA





1.KIRISH…………………………………………………………..








2.ASOSIY QISM…………………………………………………..






3. KONSTRUKTIV QISIM………………………………………..






4. IQTISODIY QISIM…………………………………………...






5. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI………………………..






6.XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………………








7.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI………….








8.ILOVA…………………………………………………………..








I.KIRISH
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishida avtoyo‘l-transport majmuasining o‘rni transport iqtisodiyot infratuzulmasini shakllantiruvchi tarmoqlardan biri sanaladi va moddiy boyliklarni taqsimlashda tarnsport vositasi sifatida ishlab chiqarish jarayonlarining zaruriy sharoitlari va mehnat quroli vazifasini o‘taydi. Yo‘llar va harakatdagi vositalar mehnat jarayoni mevasi bo‘lgani bilan o‘zlari ham mehnat mahsuluni yaratishda ishtirok etadi.
Ma’lumki, mamlakatimiz iqtisodiyotining xalqaro miqyosdagi jozibadorligini oshirishda nafaqat transport magistrallari, balki ularning atrofidagi kommunikatsiyalar ham muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy talablar asosida rivojlantirilgan transport kommunikatsiyalari nafaqat mamlakatimiz orqali xalqaro tranzit tashuvlari hajmining ko‘payishiga, balki sayohatchilar oqimining oshishiga ham olib keladi. Bundan tashqari, transport kommunikatsiyalarining rivoji aholini qo‘shimcha ish bilan ta’minlash bilan birga ularning turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy ahvolini yuksaltirish, shuningdek, transport kommunikatsiyalari atrofini obodonlashtirishga xizmat qiladi.
Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish, avvalo ichki manbaalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo`nalishlarga aylandi.
Uzoq muddatli istiqbolga mo`ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga kasb etadigan navbatdagi ustuvor yo`nalish – bu asosiy yetakchi sohalarni moderinizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga moyil loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiyalar siyosati olib borishdan iborat .
Endilikda milliy iqtisodiyotimizning turli yo`nalishlarining tarkibiy qismlarni jaxon bozori bilan qiyosiy o`rganish muhim ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston milliy iqtisodiyoti – jami sohalar, assotsiatsiyalar, korxonalar, tashkilotlarninig yig`indisi bo`lib, ular iqtisodiy tizimga umumiy qonunlar va rivojlanish maqsadlariga asoslangan holda birlashgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli farmonida “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha” harakatlar strategiyasida quyidagilar belgilab berilgan[1]:
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi [2].
2016 yil yakunlari bo‘icha. Yig‘ilishda asosiy masalalar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Keyingi 10 yilda Vazirlar Mahkamasi komplekslariga qarashli vazirlik va idoralar tomonidan olib kirilgan asbob-uskunalar importi tahlil qilinmagan. Ularni mahalliylashtirishdan hech kim manfaatdor emas, bu masala bilan hech kim astoydil shug‘ullanmayapti.
Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo’lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz o’tgan yillarda prinsipial muhim islohatlarni amalga oshirish bo’yicha qat’iy qadamlar qo’yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.
Bu islohatlarning asosiy maqsadi-aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir [3].
Ayni yillarda avtomobil transporti sohasida aholiga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash borasida ko’plab chora-tadbirlar ko’rildi, avtotransport xizmatlarini rivojlantirishning maqsadli parametrlari izchil bajarilmoqda ushbu vazifalarni yanada yaxshilash uchun, 2017-yilni 10-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M.Mirziyoyevning “Aholiga transport xizmati ko’rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo’lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori qabul qilindi.
Qabul qilingan qaror aynan Respublikaning shahar va qishloqlarida, birinchi navbatda, qishloq joylarida avtotransport xizmatlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga yo’lovchilar tashish xavfsizligini oshirishga qaratilgan.
2017-2021 yillarda 303 ta yangi yo’lovchi tashish yo’nalishi, ulardan 240 tasini (79,2%) shahar atrofida va qishloq joylardan o’tadigan shaharlararo qatnovlarni ochish bilan birgalikda, asosan, avtobuslar yetishmasligi tufayli qatnov to’xtatilgan yo’nalishlar tiklanadi. Kelgusi 5 yilda 8,6 mingta yo’lovchi tashish avtomobili, shu jumladan, 5,7 mingta umumiy foydalanishga qulay mikroavtobus sotib olinadi.
Yo’lovchilarga sifatli xizmat ko’rsatishni ta’minlash maqsadida avtobus va mikroavtobuslarning ishini masofadan onlayn rejimida (GPS) nazorat qiladi.
Dasturning amalga oshirilishi yuzasidan ishchi guruh muntazam monitoringi olib boriladi. Yangi avtobuslar va mikroavtobuslarni sotib olish yuzasidan shartnomalarni kelishish va amalga oshirishda ularga texnik xizmat ko’rsatishning (TXK) zamonaviy, modernizatsiyalash punktlarida aynan bir xil texnik xizmat ko’rsatishni ta’minlashda avtomobilda tashuvchilarga ko’maklashish ishchi guruhning vazifasi etib belgilangan [4].
2017-yil yakunlaridan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, respublikaning barcha avtomobil transporti vositalari bilan jami 1 mlrd. 41 mln. tonna yuk va 5 mlrd. 565 mln. yo‘lovchi tashilib, ushbu ko‘rsatkich 2016-yilga nisbatan tegishli ravishda 103.7 va 102.3 foizni tashkil etdi.
Yuk aylanmasi 13 mlrd. 629 mln. tonna km.ni (2016-yilga nisbatan 102.5 foiz), yo‘lovchilar aylanmasi esa 117 mlrd. 157 mln. yo‘lovchi km.ni (2016-yilga nisbatan 102.6 foiz) tashkil qildi.
Oxirgi 17 yil davomida respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari soni qariyib 2343 taga oshib, xozirgi kunda 4375 taga yetdi. Ularning 996 tasi shahar, 3122 tasi shahar atrofi va 257 tasi shaharlararo yo‘nalishlarni tashkil etadi.
2017-yil yakuni bilan jami 109 ta ochiq tender o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 1072 ta yo‘lovchi tashish bo‘yicha yo‘nalishlar joylashtirilgan. Shundan 179 ta shahar ichidagi yo‘nalishlarini joylashtirish bo‘yicha 25 ta tender, 747 ta shahar atrofi va 82 ta shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarni joylashtirish bo‘yicha 82 ta tender, 64 ta shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarni joylashtirish bo‘yicha 7 ta tender o‘tkazildi. 
Yil davomida 9 ta (Surxondaryoda - 3 ta, Navoiy va Xorazmda - 2 tadan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida - 1 tadan) avtostansiya foydalanishga topshirildi hamda 9 ta (Andijon viloyatida - 4 ta, Jizzax va Samarqand viloyatlarida - 2 tadan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1 ta) avtovokzal va avtostansiyada rekonstruksiya ishlari yakunlandi. 
2017-yilda respublika bo‘yicha 86 ta tashuvchi tomonidan 493 ta “Isuzu” rusumli avtobuslar harid qilindi. Jumladan: Jizzaxda - 78 ta, Farg‘onada - 70 ta, Namanganda - 62 ta, Buxoroda - 58 ta, Samarqandda - 46 ta, Surxondaryoda - 43 ta, Xorazmda - 40 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 38 ta, Qashqadaryoda - 23 ta, Sirdaryoda - 15 ta, Andijonda - 10 ta, Toshkent viloyatida - 7 ta va Navoiyda - 3 ta. Shuningdek, Navoiy viloyatida 1 dona yumshoq o‘rinli “Youtong” rusumli avtobus sotib olindi va ular yo‘nalishlarda aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari, hisobot davrida tashuvchilar tomonidan tijorat asosida foydalanish maqsadida 760 ta yuk avtomobili, 26 ta mikroavtobus va 476 ta (shundan 257 tasi “Damas” rusumli) yengil avtomobillari sotib olindi.
Shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan yil davomida avtovokzal va avtostansiyalarni rekonstruksiya qilish, qurish va jixozlash uchun kiritilgan investitsiyalar miqdori 15.2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
2017-yil davomida avtotransport sohasiga tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan kiritilgan jami investitsiya miqdori qariyib 300.0 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2016-yilga nisbatan 100.0 mlrd. so‘mga ortdi.
Respublikadagi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan yonilg‘i mahsulotlarini tejashga qaratilgan tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni bajarish maqsadida, hisobot davrida 100 ta tashuvchi tomonidan jami 673 ta avtobus siqilgan (316 ta) va suyultirilgan (357 ta) gazda ishlashga qayta jihozlandi. 
Hisobot davrida rejadagi 48 ta o‘rniga 125 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tashkil etilib, ushbu yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish uchun jami 652 ta, shu jumladan 326 ta avtobus, 46 ta mikroavtobus va 270 ta “Damas” rusumli avtotransport vositalari biriktirildi.
2017-yil davomida Agentlik va uning hududiy bo‘limlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga 4119 ta litsenziya va 231518 ta litsenziya varaqalari berildi. 
2018-yilning 1-yanvar holatiga litsenziyalangan avtomobillar soni 119048 tani tashkil etdi.
Agar, avtotransport sohasida litsenziyalashdan 2016 yil yakuni bilan 43 mlrd. 331 mln. so‘mlik davlat boji undirilgan bo‘lsa, 2017-yil mobaynida 63 mlrd. 813 mln. so‘mlik davlat boji undirildi, o‘sish qariyib 47.3 foizni tashkil etdi. 
Yo‘lovchilar tashishni amalga oshirish yuzasidan doimiy ravishda markazlashtirilgan monitoring, ya'ni GPS “onlayn” rejimida masofadan kuzatish tizimi Andijon, Guliston va Farg‘ona shaharlaridagi 302 ta avtobus va 8 ta mikroavtobusda joriy etish ishlari yakunlandi. 
2018-yil 1-maydan Andijon shahar yo‘nalishlaridagi 150 ta avtobuslarda yo‘l haqi to‘lovini elektron tarzda amalga oshirish tizimi rasman ishga tushirildi. Ushbu ishlar bugungi kunda Guliston shahrida ham davom ettirilib, 10 ta avtobusga sinov tariqasida validatorlar o‘rnatildi [5].
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, Respublikamiz hududlarida avtouyushmalarning faoliyati kun sayin jadallashib bormoqda. Shularni inobatga olgan holda, mazkur diplom loyihasida “Avtouyushmalarning istiqbolga mo’ljallangan ishlab chiqarish bazasini tahlil qilish”, mavzusida ish olib borilgan borildi. Loyiha ishini bajarish jarayonida olingan natijalar yuzasidan xulosalar yoritilgan va ishlab chiqilgan texnologiyani joriy etish va uning samaradorligi yuzasidan takliflar berilgan.
Mamlakatimiz o‘z avtomobilsozligining jadal rivojlanishi va “Buyuk ipak yo‘li” ning qayta tiklanishi Respublikamiz avtotransporti rivojining asosini tashkil etib, avtotransport vositalari texnik holatini yuqori darajada ta’minlashda zamonaviy avtoservis xizmatlari tashkil etish va ularni amalga oshirish uchun xalqaro standartlar talablariga javob beradigan yangi zamonaviy texnologiyalar asosida kichik va o‘rta tipdagi avtotexxizmat korxonalarini barpo etishni taqozo etadi.
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari uchun avtouyushmalar hamda ular qoshida chetdan keltirilgan zamonaviy texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ustaxonalari, kichik avtoservis korxonalari, texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari qurish zarur bo‘lib kelmoqda.
Texnik xizmat ko‘rsatish – bu avtomobillarni buzilishini oldini oluvchi va ularni soz holatda bo‘lishini ta’minlash uchun amalga oshiriladigan ishlarni majmuidir. Ta’mirlash esa, sodir bo‘ladigan nosozliklarni bartaraf etadigan va avtomobillarni ishchanligini tiklash uchun bajariladigan ishlarni majmuasidir.
Texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) tizimida bajariladigan ishlarni turi va davriyligi bo‘yicha quyidagi texnik xizmat turlari bajariladi:

  1. Kunlik texnik xizmat ko‘rsatish (KTXK);

  2. 500-1000 km (TXK-1000) masofani bosib o‘tgandan so‘ng, yangi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish;

  3. Davriy texnik xizmat ko‘rsatish;

  4. Mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish (MTXK) 500-1000 km – qisqa muddatli ishlashdan so‘ng avtomobillarga TXK o‘tkazishdan maqsad: bog‘lanma detal, uzel va agregatlarni uzluksiz, ishonchli ishlashini ta’minlash uchun maxkamlash, qotirish va rostlash ishlarini o‘tkazishdir;

  5. Kafolatli xizmat ma’lum ma’sofadan so‘ng o‘tkaziladigan texnik xizmat, avtomobilni sotib olishda, berilgan servis daftarchasining taloni bo‘yicha biriqtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish korxonasida amalga oshiriladi;

  6. Yuvish, tashxislash ajratish-yig‘ish, chilangar-mexanik, misgarlik, payvandlash, tunakasozlash, g‘iloflash, bo‘yoqchilik va boshqa ishlarni uz ichiga oladi. Talab, extiyojga qarab amalga oshiriladi va sodir bo‘lgan buzuqlik, nosozliklarni bartaraf etish hamda ogohlantirish, tiklash yo‘li va almashtirish bilan;

  7. Agregatlarni ayrim detallari va uzellari;

  8. Avtomobildagi – ayrim detallar, uzellar yoki agregatlarni ta’mirlanadi.

Texnik tashxislash ikkita asosiy vazifani bajaradi. Avtomobillarni texnik holatini tekshirish va nosozliklarni aniqlab topish.
Respublikamizda avtomobillarning keskin ko‘payishi kichik xususiy avtokorxonalar xizmatiga bo‘lgan extiyoj ortdi.
Men «Andijon-Toshkent avtomagistralida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish korxonasining texnologik hisobi» mavzusida malakaviy bitiruv ishini bajarish uchun vazifa qilib oldim. Men uni bajarishda kirish, asosiy qism, texnologik qism, iqtisodiy qism, hayotiy faoliyat xavfsizligi hamda hulosa va adabiyotlar ro‘yxatiga e’tibor berildi. Shu sababli meni bajargan malakaviy bitiruv ish mavzuim hozirgi kunda o‘ta dolzarbdir.



Download 197 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish