3.2. Avtomatlashtirilgan yo‘l harakatini boshqarish tizimi. Avtomatlashtirilgan yo‘l harakatini boshqarish tizimi (AYHBT) harakat xavfsizligini ta’minlash, KYT parametrlarini yaxshilash, transport turib qolishini kamaytirish va ekologik holatni yaxshilashga mo‘ljallangan dasturiy-texnik vositalar kompleksi hisoblanadi.
Dasturiy tizimlar kompleksi Shahar yo‘llari va magistral yo‘llarda quyidagi texnologik algoritmlar bilan transport vositalari harakati va piyodalar oqimini boshqarish imkonini beradi:
yo‘l harakati jarayoniga operativ aralashish zarur bo‘lganda ko‘chma boshqarish pulti bilan svetofor signallarini qo‘lda boshqarish – chorrahani kesib o‘tish vaqtida maxsus transportga belgilangan yoki ixtiyoriy yo‘nalishda ustunlik berish uchun «yashil ko‘cha» usulini ishlatish;
yo‘l harakatiga operativ aralashish zarurati bo‘lganda markaziy boshqarish punktidan (MBP) svetofor signallarini dispetcherlar boshqarishi – fazani chaqirish tartibi, «sariq o‘chib-yonish», svetoforni o‘chirish;
yo‘l harakatiga operativ aralashish zarur bo‘lganda MBPdan svetoforlar signalini dispetcherlik boshqarish – «yashil ko‘cha» usuli;
MBP buyrug‘i bo‘yicha, oldindan belgilangan muvofiqlashtirish dasturiga (MD) ko‘ra boshqarishni qo‘shimcha qattiq muvofiqlashtirish, operator talabiga ko‘ra, sutkadagi vaqtga muvofiq MD tanlash;
detektorlardan olingan ma’lumotga asosan, ayni vaqtdagi transport holatidan kelib chiqib transport oqimlarini o‘zgaruvchan boshqarish;
transport detektorlaridan olinayotan ma’lumotga asosan transport oqimini mahalliy boshqarish;
qo‘shimcha dastur asosida mahalliy qattiq boshqarish.
AYHBT yo‘l harakatini muvofiqlashtirib boshqaradigan asosiy ishlash usulida yo‘lovchilar va yuklarning yo‘ldagi vaqtini kamaytiradi, transport vositalarining ekologiyaga ta’sirini kamaytiradi, umumiy harakat xavfsizligin oshiradi.
Muvofiqlashtirish magistraldagi svetofor ob’ektlari ishi muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi, transport vositalarini minimal xarajat bilan o‘tkazadi. SHu printsip ishlatilganda harakat muvofiqlashtirilgan yo‘nalishda bo‘ladi, transport chorrahaga svetoforning ruxsat etadigan chirog‘i yonganda keladi.
AA AYHBT Tuzilishi
AYHBT tatbiq etilgandan so‘ng transport tizimi ishlashini tahlil qilish yo‘l harakatida quyidagilar o‘zgarganini ko‘rsatdi:
svetofor signali ishlash tartibi optimallashgani uchun chorrahalar oldida transportning turib qolishi 30-50% kamaygan;
svetoforning ruxsat beradigan signalini kutib turish kamaygani uchun transport vositalarining chorrahalar o‘rtasidagi harakati 10-15% tezlashgan;
KYTdagi harakat vaqti 10-20% kamaygan;
transportning ishi 15-25% ko‘paygan;
dvigatellardan chiqqan gaz miqdori kamaygani (transport vositalarining to‘xtab turishi, o‘rtacha harakat tezligi oshgani) uchun Shahar havosining sanitar holati 20-25% yaxshilangan;
AYHBT tizimi vositalari quyidagilarni ta’minlaydi:
boshqarish tizimi texnologik vazifalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirib boradi, tizimdagi tartibga solinadigan chorrahalar ko‘payadi;
chorrahalarda ziddiyatli holatlar paydo bo‘lish ehtimolini istisno qiladi;
tizim tarkibida xizmat vositalari va jihozlar ishlashi haqidagi statistik ma’lumot kelib turgani uchun texnik boshqarish vositalariga xizmat qilish va ishlatish oson bo‘ladi;
AYHBT asosida Shaharlarda yana quyidagi tizimlarni tuzish mumkin:
ekologik nazorat tizimi;
avtomobil transporti o‘g‘irlanishiga qarshi tizim;
yo‘l harakatini televizion nazorat qilish tizimi;
AYHBT qo‘shimcha datchiklar bilan jihozlanib tuziladigan ekologik nazorat tizimi quyidagi vazifalarni bajarish qilish imkonini beradi:
istiqomat tumanlari, Shahar magistrallari va sanoat zonalaridagi havoning ifloslanish darajasi haqidagi ma’lumotni avtomatik yig‘ish, ishlash va ma’lumot markaziga uzatish; gaz miqdori xavfi ko‘paygani haqida vaqtida ogohlantirish;
Shahar havosining holati haqidagi ma’lumotni tahlil qilish va uni PEVM monitorlarida ko‘rsatish;
gaz miqdorini kamaytirish borasida operativ qaror qabul qilish, tavsiyalar berish va choralar ko‘rish.