Tushintirish xati



Download 6,07 Mb.
bet14/22
Sana10.07.2022
Hajmi6,07 Mb.
#770293
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
DIPLOM ISHI.. 0706022

Aks ettirgichlar. Aks ettirgichlar konstruktsiyasining ikkita xususiyati bo‘ladi: paraboloidli 1, nur oqimi yig‘ilishini ta’minlaydi yoki konussimon 2 (yoki tsilindrsimon) bo‘lib aks ettirish chuqurligini oshirib linza rangi o‘chishini kamaytiradi.
Fokus oralig‘i f kam bo‘lsa svetofor noto‘g‘ri signal berish xavfi (fontom effekti) paydo bo‘ladi, ya’ni boshqa manbaadan kelayotgan nur aks ettirgichga tushib yana kuzatuvchiga qaytadi. Aks ettirgich konussimon qismini kamaytirib linzadan K fokusgacha bo‘lgan l oraliqni kamaytirish fantom effektini kamaytiradi, lekin maxsus kichik o‘lchamli lampalar, misol uchun, galogen lampalar ishlatilishini talab qiladi.
Zamonaviy aks ettirgichlar konstruktsiyasida AA fokal yassilik maksimal darajada ortida ballast (ortiqcha) konik yuza boshlanadigan nur chiqish joyi yassiligiga yaqinlashtirilgan. SHu bilan birga quyidagi nisbatda bo‘ladi:
l/f=1,4, a f=0,25 D
formuladagi
D - aks ettirgich nur chiqish joyi diametri, mm;
Aks ettirgich po‘latdan, alyuminiy aralashmasidan yoki plastmassadan yasaladi, ichiga ishlov beriladi. Hozir ish yuzasi vakuumda purkash usuli bilan hosil qilingan plastmassa aks ettirgichlar ko‘p ishlatilayapti. Bu usul tayyorlash texnologiyasini soddalashtiradi, aks ettirgichning yuzasi siliqroq bo‘ladi, korroziyaga chalinmaydi.

Fontom effektiga qarshi vositalar. Qaysidir darajada fantom effektiga qarshi vosita vazifasini quyosh nurini to‘sadigan soyabon bajaradi. Lekin quyosh pastda bo‘lsa (sharqiy-g‘arb, g‘arbiy-sharq tomonda bo‘lganda) svetofor signallarining hammasi bir vaqtda yorishishi mumkin.
Hozir amalda fantom effektini yo‘qotadigan bir necha usullar ishlatiladi. Buning uchun aks ettirgich bilan svetofor linza konstruktsiyasi o‘zgartiriladi.
Yuqoridagi rasmda bir-biriga perpendikulyar segment plastinali, galogen lampa o‘rnatiladigan joy ochilgan antifontom xochli aks ettirgich ko‘rsatilgan. Boshqa manbaadan aks ettirgichga tushgan nur chetga o‘tib qora plastina yuzasiga tushadi. Lekin plastina svetofordan chiqqan nurni to‘liq o‘tkazadi.

Yana bitta yechimda (4.55, b rasm) tarqatgich 1 oldiga ikki qismdan 2 va 3 iborat bo‘ladigan, har bittasi arra ko‘rinishidagi fantom effektika qarshi maxsus linza qo‘yiladi. Qiya yuzaga 4 tushgan quyosh nuri gorizontal qora zinaga 5 tushib yutiladi.
Fantom effekti quyosh nurini qaytaradigan qo‘shimcha shaffof linza bilan yoki linza ichki yuzasi oldiga suyuq kristall yacheykali elektrooptik ekran qo‘yib qaytariladigan usullar ham ma’lum. Svetofor signali o‘chirilganda ekranning o‘tkazish xususiyati keskin kamayadi.
Svetoforlar ustunga, mavjud tayanchlarga yoki bino devorlariga biriktiriladigan kronshteynlarga, maxsus konsol tayanchlarga, troslarga o‘rnatiladi. Urilish xavfi oldini olish uchun ustunlar qatnov qismi tashqarisiga o‘rnatiladi yoki to‘siq bilan berkitiladi.
Svetoforlar (7 va 8 turlardan tashqari) qatnov qismining ustida 4,5-5,5 m balandlikda yoki undan chetda 2-3 m balandlikda o‘rnatiladi. Oxirgi usulida qatnov qismi bilan svetofor oralig‘i 0,5-3 m bo‘lishi kerak. Planda svetofor to‘xtash chizig‘ining orqasida o‘rnatiladi. Lekin u bilan to‘xtash chizig‘ining orasi kamida 1 m bo‘lishi kerak (qatnov qismi tepasida o‘rnatilsa 3 m bo‘ladi).
Agar chapga buriladigan oqimni tartibga solmasa, asosiy svetofor (1 yoki 2 tur) o‘ngda, chorraha oldiga o‘rnatiladi. Takrorlaydigan svetofor (agar birinchi turdagi svetofor ishlatiladigan bo‘lsa) ham chorraha oldida, ajratish polosasida yoki xavfsizlik orolida o‘rnatiladi. Agar bunday ehtimol bo‘lmasa takrorlovchi svetofor chorraha orqasida, ajratish polosasida yoki yo‘lning chap tomoniga o‘rnatilishi mumkin. Bir tomonli yo‘llarda takrorlaydigan svetoforlar chorraha oldida, qatnov qismining chap tomoniga o‘rnatiladi.
CHap burilish sektsiyasi qo‘yilgan asosiy svetofor chorraha oldiga, ajratish polosasiga yoki xavfsizlik orolchasiga o‘rnatiladi, agar ular bo‘lmasa, o‘ng tomonga o‘rnatilishi mumkin. Takrorlovchi svetofor chorrahadan keyin ajratish polosasiga yoki yo‘lning chap tomoniga qo‘yiladi. 4.56-rasmda chorraha parametri va undagi harakat tartibiga qarab 1-tur svetoforlarning joylashish tartibi ko‘rsatilgan.
Katnov qismi keng bo‘lganda aytilgan usullar signallar ko‘rinishini ta’minlamasligi mumkin, shunday bo‘lsa takrorlaydigan svetoforlarni yo‘lning ustiga joylashtirish to‘g‘ri bo‘ladi. 2-tur takrorlovchi svetoforlar ishlatilganda bundan boshqa usulni ishlatib bo‘lmaydi. Asosiy svetofor qatnov qismining o‘ng yoki chap tomoniga o‘rnatilib ikki yoki undan ko‘p polosadagi harakatni tartibga solganda shunday qilish zarurati paydo bo‘ladi. (4,57-rasmda ko‘rsatilgan).



CHapga burilishni tartibga soladigan 2-tur svetoforlar harakat polosasining chap tomoniga ajratiladigan polosada yoki xavfsizlik orolchasiga o‘rnatiladi. Agar yo‘lning bu elementlari yo‘q bo‘lsa 2-turdagi asosiy svetofor yo‘linng chap tomoniga o‘rnatiladi, lekin buning uchun qarshi harakatga faqat bitta polosa ajratilgan bo‘lishi kerak. Aksincha bo‘lsa bu svetofor qatnov qismining ustiga o‘rnatiladi.
Har bitta polosadagi harakat tartibga solinganda 2-turdagi svetofor har bitta polosaning ustiga o‘rnatiladi. Bunday bo‘lganda takrorlaydigan svetofor o‘rnatish kerak emas.
Piyodalar, jamoat transporti, qarshi harakat va temir yo‘ldan o‘tish joyidagi harakatni tartibga soladigan svetoforlarni joylashtirish tartibi alohida bobda yozilgan.
Svetoforni ko‘rinish masofasi zamonaviy transport vositalarining ta’qiqlash signali berilganidan so‘ng vaqtida to‘xtay olishidan kelib chiqib belgilangan. SHu bilan birga to‘xtash yo‘li favqulodda to‘xtashdan emas, xizmat to‘xtashidan kelib chiqib hisoblanadi (sekinlashish 2 - 3 m/s2 dan oshmasligi kerak), haydovchi signalni topadigan va uni idrok qiladigan vaqtni ham hisobga oladi.
Hozir signal qabul qilinadigan eng kam oraliqning me’yoriy o‘lchami qilib 100 m qabul qilingan.
Ko‘rinadigan masofa svetoforning svetotexnik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Yorug‘likning kuchi, uning optik tuzilishi va ko‘rsatilgan masofa quyidagicha bog‘liq bo‘ladi:

Amalda esa hisoblangan yorug‘lik kuchining qiymati tarmoqda kuchlanish o‘zgarishi, linzan, nur qaytargich kirlanishi va yorug‘ fonda moslashish sharoiti hisoblanib oshiriladi. Bundan tashqari Ia optik o‘qqa nisbatan belgilangan burchakdagi yorug‘lik kuchini bildiradi. Svetofor asosiy svetotexnik xususiyatlaridan biri bo‘lgan yorug‘likning o‘qdagi kuchi kattaroq bo‘lishi kerak (4.58-rasm). Svetoforlarni o‘rnatish balandligi, qatnov qismining kengligi va haydovchi yon tomondan ko‘rishi xususiyatlarini hisobga olganda signal nur to‘plamining kengligi gorizontal yassilikda ± 10° va vertikalda (nol belgidan pastda) 8° bo‘lishi kerak.
Zamonaviy svetoforlar nurining o‘qdagi kuchi o‘rtacha 200 kd bo‘ladi. Tunda yorug‘lik kuchini (60 kj gacha) kamaytirish imkonini beradigan konstruktiv yechimlar ham o‘rganilayapti, sababi aynan shu vaqtda yorug‘lik boshlanishi va moslashish xususiyati o‘zgaradi. Bunday yechimlar varianti sifatida tarmoqdagi quvvatni kamaytirish yoki ikki simli lampalarni ishlatish ko‘rilishi mumkin.








Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish