Tushintirish xati


Svetoforlar va ularning konstruktsiyalarini tadqiq qilish



Download 6,07 Mb.
bet12/22
Sana10.07.2022
Hajmi6,07 Mb.
#770293
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
DIPLOM ISHI.. 0706022

2.3. Svetoforlar va ularning konstruktsiyalarini tadqiq qilish.
Svetoforlar ko‘cha-yo‘lning ma’lum qismida harakat ishtirokchilari navbat bilan o‘tishini tartibga solish uchun mo‘ljallangan. SHaroitga qarab svetoforlar transport vositalarining ma’lum yo‘nalishda yoki shu yo‘nalishdagi ma’lum polosalarda harakatlanishini tartibga solish uchun ishlatiladi; harakat yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan polosalarda; temir yo‘ldan o‘tish joylarida, ko‘tariladigan ko‘priklarda, kema qo‘yiladigan joylarda, paromda o‘tish joylarida; maxsus xizmat avtomobillari harakat jadalligi tig‘iz yo‘lga chiqish joylarida; jamoat transportlari harakatini tartibga solish uchun; piyodalar va velosipedchilar harakatini tartibga solish uchun.
Signallar ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi: qizil-qizil sariq-yashil-sariq-qizil. Signallar quyidagicha bo‘lishiga ham ruxsat etiladi: qizil-yashil-sariq-qizil yoki qizil-sariq-yashil-sariq. Ba’zan o‘chishidan oldin yashil chiroq o‘chib-yonishi mumkin. Qo‘shimcha sektsiyalar bo‘lmaganda o‘chib-yonayotgan qizil signal qatnov qismi butun kengligi bo‘ylab harakat qilishni ta’qiqlaydi. Qizil signalning boshqa turlari maxsus vazifani bajaradi: aylana shaklli qizil fondagi konturli qora ko‘rsatgich ko‘rsatilayotgan tomonga harakatni ta’qiqlaydi; kvadrat yoki aylana shaklli qora fondagi qiyshaygan qizil xoch o‘zi ustida turgan polosaga kirishni ta’qiqlaydi; turgan odamning qizil silueti piyodalarning harakatini ta’qiqlaydi.
Qizil o‘chib-yonayotgan signal yoki almashib o‘chib-yonib turgan ikkita qizil signal temir yo‘ldagi o‘tish joyidan, ko‘tariladigan ko‘prikdan, parom o‘tishidagi prichal va boshqa xavfli joylardan o‘tishni ta’qiqlaydi. o‘chmasdan yonib turgan sariq signal harakat xavfsizligi nuqtai nazaridan to‘xtayolmaydigan haydovchilardan boshqa haydovchilarni to‘xtash chizig‘i oldida to‘xtashini talab qiladi. Qizil chiroq bilan birga yongan sariq chiroq yashil chiroq yonishini bildiradi. o‘chib-yonib turgan sariq signal harakatni ta’qiqlamaydi, haydovchilar uzoqdan ko‘rmay qolib transport vositalarini to‘xtaolmasligi mumkin bo‘lgan yoki harakat jadalligi uch rangli signalizatsiya ishlatish uchun muvofiq bo‘lgan normativ kattalikning 50 foizidan ko‘p bo‘ladigan chorrahalarni bildiradi.
Qo‘shimcha cheklashlar bo‘lmaganda yoki svetaforning qo‘shimcha sektsiyalari bo‘lmasa, yashil rangda yonib turgan signal qatnov qismining butun kengligi bo‘ylab harakat qilishga ruxsat beradi. Yashil signalning turlari:
- qora fondagi yashil ko‘rsatgich – ko‘rsatgich yo‘nalgan tomonga harakat qilishga ruxsat beradi;
- agar ko‘rsatgich pastga qaragan bo‘lsa - svetofor joylashgan polosada harakat qilishga ruxsat beradi: yurayotgan odam silueti ko‘rinishidagi signal piyodalarning harakatiga ruxsat beradi;
Yashil o‘chib-yonib turgan signal ruxsat berish takti tugagani va sariq chiroq yonishini bildiradi.
Svetofor qo‘shimcha sektsiyasidagi yashil ko‘rsatgich, asosiy svetofor signalidan qat’iy nazar, ko‘rsatgich qaragan tomonga harakat qilishga ruxsat beradi.
SHunday bo‘lganda asosiy svetoforning qizil signali yashil ko‘rsatgich qaragan tomonga harakatlanayotgan haydovchilarni ustunlik huquqidan mahrum qiladi.
Asosiy svetofor yashil sektsiyasi yongan bo‘lsa ham o‘chgan sektsiya ko‘rsatgich qaragan tomonga harakatni ta’qiqlaydi.
Jamoat transporti harakat qilishiga ruxsat maxsus svetaforlar ustki va pastki signallari qo‘shilib yonishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar pastki signal o‘chirilgan bo‘lsa harakat barcha yo‘nalishda ta’qiqlanadi.
Tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, chorrahaning oldida xavfli joy mavjud va bu joydagi haydovchilar ko‘pincha ruxsat etuvchi signal ta’qiqlovchi signalga o‘tganda avtomobilni to‘xashaolmaydi. Bu xavfli joy to‘xtash chizig‘i bilan 10% haydovchilar talabni qoniqarli bajarolmaydigan nuqta o‘rtasida bo‘ladi. 2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tezlikni kamaytirmasdan xavfli joydan o‘tish vaqti 3-4 sekundni tashkil etadi. Bu holat birinchidan ogohlantiruvchi signal sifatida o‘chib-yonadigan yashil signalni ishlatish, ikkinchidan uning uzunligini xavfli joydan o‘tish vaqtiga teng qilib belgilashni talab qildi.

2-jadval


Yashil signal o‘chib yonayotgan vaqtda avtomobilning to‘xtashi chorrahaning o‘tkazish imkoniyatini kamaytiradi, turib qolishlarni ko‘paytiradi.
SHuning uchun yashil o‘chib-yonadigan signalni qisman sariq signal uzunligi hisobiga tadbiq qilish kerak, shunda u faqat to‘xtash chizig‘idan chorrahaning olis chetigacha xavfsiz o‘tishni ta’minlaydi.
Ogohlantirish signali berishning boshqa variantlarini topish (yashil bilan qizil chiroqning birga yonishi yoki yashil chiroq bilan sariq chiroqning yonishi, raqamli tablolar ishlatilishi) muvaffaqiyatli bo‘lmagan.
Signallar tepadan pastga (chapdan o‘ngga): qizil, sariq, yashil bo‘lib joylashadi.

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish