Tursunova nodirabegim fayzullo qizi turli tizimli tillardagi milliy-madaniy xususiyatlarni ifodalovchi frazeologizmlar va ularning



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/31
Sana15.04.2022
Hajmi1,21 Mb.
#555084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
1633424698055194daraja

 
E’lon qilingan ishlar ro’yxati
Список опубликованных работ 
List of published works ........................................................................................... 49
 
 
 
 



АNDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI 
PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02 RAQAMLI ILMIY KENGASH 
АNDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
TURSUNOVA NODIRABEGIM FAYZULLO QIZI 
TURLI TIZIMLI TILLARDAGI MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARNI 
IFODALOVCHI FRAZEOLOGIZMLAR VA ULARNING 
LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI 
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik 
 
 
 
 
 
 
 
FILOLOGIYA FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD)
DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI 
Аndijon – 2021 
 






KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. 
Jahon tilshunosligida 
frazemalar masalasi, ularning struktur-semantik tuzilishidagi oʻziga xos milliy-
madaniy xususiyatlari oʻtgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab turli tillar 
materiallari asosida keng doirada oʻrganib kelinmoqda. Jumladan, XXI asrga kelib 
frazema masalasini lingvomadaniyatshunoslik doirasida tadqiq qilish, turli xalqlar 
tafakkurida olamning idrok etilishi va tilda aks etishining noyob, oʻziga xos milliy 
usullari bilan bogʻliq bir qator oʻrganilmagan muammolarni oʻrganish kun tartibiga 
qoʻyilmoqda. Shu oʻrinda, olamning lisoniy manzarasini insonning olam haqidagi 
tasavvurlar tizimi sifatida oʻrganish maqsadida tilning oʻziga xos frazeologik 
birliklarini turli tizimli tillar misolida chogʻishtirma tadqiq etish masalasi ham 
nazariy, ham amаliy jihatdan dolzarb ahamiyatga egadir. 
Dunyo tilshunosligida frazeologik birliklarni noyob namunalar sifatida 
oʻrganish, qiyosiy-chogʻishtirma, tasnifiy, tavsifiy tadqiqotlar olib borish, shu bilan 
birgalikda, ingliz va oʻzbek tillaridagi frazeologizmlarning semantikasidagi 
izomorf va allomorf xususiyatlarini aniqlash boʻyicha ilmiy izlanishlarni amalga 
oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu sababli har bir tildagi frazeologizmlar 
oʻsha xalq yashab turgan muhiti ta’siri hisobiga boyib borishini ochib berish, ingliz 
va oʻzbek tillaridagi frazemalarni lingvomadaniy aspektda oʻrganish zaruriyatini 
ifodalaydi. 
Oʻzbek tilining frazeologik zaxirasi, shubhasiz, milliy madaniyatning 
ajralmas qismi, uning “oltin sandigʻi” sanaladi. Uni oʻzbek tiliga qardosh 
boʻlmagan tillar bilan chogʻishtirma tadqiqi oʻzbek frazeologiyasi asosida yotgan 
boy milliy madaniyatimiz durdonalarini, tilimizning nodir namunalarini jahon ahli 
e’tiboriga taqdim etish imkonini beradi. Aynan ana shu maqsadni amalga oshirish 
uchun fundamental tadqiqotlar istiqbolini jahon fani yutuqlari darajasida belgilash 
lozim boʻladi. Chet tillar ta’limiga e’tibor davlat siyosatining ustuvor 
yoʻnalishlaridan biriga aylangan bir davrda “Oʻzbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirishning 2017-2021-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasida” 
ta’lim tizimini takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish 
alohida ta’kidlangan
1
. Shunday ekan, turli tizimli tillardagi milliy-madaniy 
xususiyatlarni ifodalovchi frazeologizmlar va ularning lingvokulturologik tahlili 
bo‘yicha qiyosiy aspektda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish zarurati mavjud.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PK-2909-son
“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori, 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi
610-son “Ta’lim muassasalarida chet tillarni oʻqitishning sifatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek, mazkur 
faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni 
amalga oshirishga dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. 
1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar 
strategiyasi togʻrisida”gi Farmoni / Xalq soʻzi, 2017-yil 8-fevral. – №28. 




Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish