Ilk qadam
YURAGIM...
Yig‘lama taqdirning izmiga ko‘ngin,
Muhabbat – bu mening xayol ertagim.
Yonsang ham Ilohiy bir ishqda yongin,
Qolgani shunchaki azob yuragim...
Yig‘lama hammasi shunchaki bir tush,
Uyg‘ongin bir yorug‘ tonglar otadi.
Orzular samoda uchib yurgan qush,
Go‘yoki hammasi olis ketadi.
Yig‘lama yuragim yetar endi bas!
Umrim soniyasin tutma dardlarga,
Endi muhabbatga qilmayman havas,
Agar usiz yetib bo‘lsa baxtlarga...
Yig‘lama yuragim kechirgin meni...
Jim tinglab bo‘larmi ona faryodin,
Oh-u nolasiga yetarmi toqat,
Shuncha xo‘rliklar-u, jaholatlarga
Isyon qilmaydimi ona tabiat:
Osmon yorilmasmi, ko‘chmasmi tog‘lar,
Yashin chaqnamasmi, do‘llar yog‘masmi.
Farzand erksizligi ko‘ksini dog‘lar
Onaning o‘lgani asli shumasmi...
98
Do'stlaringiz bilan baham: |