Ilk qadam
BAXT
Men bahorga o‘xsholmayapman,
Ko‘nglimda kuz boshlar raqsini.
Istasam ham chizolmayapman,
Ko‘zlarimga shodlik rasmini.
Nahot asli qismatim shunday,
Qalbda mangu dardlar isyoni.
So‘nib borar orzular shamday,
Yorishmaydi ko‘nglim osmoni.
Bag‘ritoshlar ranjitganda goh,
Ketaverdim jim, indamasdan.
Yozilsa ham ularga gunoh,
Yig‘layverdim bir so‘z demasdan.
Ammo bir bor sezmadi ular,
Menda ham qalb, ko‘ngil borligin.
Mehr bilan boqgan ko‘zlarga,
Nigohlarim intizorligin.
Mehrsizlar g‘am osmonidan,
Charchashmadi yomg‘ir yog‘dirib.
Yashayapman dard ummonidan,
Baxt atalmish tomchi qidirib!
97
Do'stlaringiz bilan baham: |