YARATGANNING ENG BUYUK IJODI
Mehr-muhabbat haqida gap ketganda ilk bor ko‘z oldimiz-
ga beixtiyor Onalarimizni keltiramiz. Chunki bu dunyoda har
qanday holat har qanday vaziyatda ham borligimizcha yaxshi
ko‘rib beminnat mehrini beradigan, dard-u hasratlarini yuragi-
ning tub-tubiga ko‘mib yuzidagi kulgusini hech ham aritmay-
digan yagona matonatli zot Onadir. Dunyoda qalbi dengizlardek
cheksiz, quyosh nurlaridek qaynoq mehr-muhabbatga, kuchli
sabr-toqatga ega inson ha u.
Farzandining qayg‘usini, dard-u quvonchini o‘ziniki deb bi-
ladigan matonat timsoli bo‘lgan bu zotning bardoshi, sabr-u
toqati, mehr-muhabbati bilan biz yashayotgan olam go‘zal,
yorug‘ va charog‘ondir.
Hayotimizni dunyoning ushbu “sirli hilqatlari”siz tasavvur
eta olmaymiz. Ularning qaynoq bag‘ri, shirin so‘zlari-yu, mehr-
ga to‘la ko‘zlari bizni yashashga olg‘a qadam tashlashga unday-
di. Bir bor “bolam” deb aytgan so‘zi tosh qalblarni ham jum-
89
Ilk qadam
bushga keltiradi va bu so‘z bizga dunyolarcha shodlikni beradi.
O‘z duolari bilan qo‘llab-quvvatlashi bizni buyuk cho‘qqilar sari
yetaklaydi.
Omadsizlik bizni do‘st bilganida esa, yagona farishtamiz
bo‘lmish Onalarimizdan boshqa kimsa dardimizga darddosh,
hasratimizga yelkadosh bo‘la olmaydi. Qalbi bizdan ranjigan
bo‘lsa-da, ko‘nglimizni olishga ming bor harakat qilar, qalbi
yig‘lasa-da, barcha dard-u, sitamlarini murg‘ak qalbiga yashirib,
bizga shirin so‘zlarini aytishdan, lablari kulgu ulashishdan tol-
maydi. Hayot tashvishlari bilan kurashishdan to‘yib tolgan
bo‘lsa-da, bizlarga dalda berishdan charchamaydi.
Bu hayotini farzandlarining baxt-u iqboli uchun bag‘ishlay-
digan, Yaratganning yaratgan eng buyuk ijodi – Onadir.
90
Ilk qadam
Usarov Tohir Suyunjon o‘g‘li 1997-yil
28-yanvar kuni Samarqand viloyati Past-
darg‘om tumani Go‘zalkent qo‘rg‘onida ta-
vallud topgan. Tumandagi 111-umumta’lim
maktabida tahsil olgan so‘ng Pasdarg‘om ijti-
moiy-iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejini
tamomlagan.
”Zarafshon”, “Ulug‘bek Vorislari”,
“Jamiyat va Qonun” va shu kabi gazeta-jurnallarda maqolalari
chop etilgan. Hozirda SamDAQI talabasi.
VATAN DEYDI
Ko‘ksimda g‘alayon bor,
Yurtga nafing tegsin der.
Sendan tuydim iftixor,
Alloh menga quvvat ber.
Kelajakka intilgum,
Yurtimni qilgum buyuk.
Tuprog‘ini alqagan
Derlar: – Elida suyuk.
Menga tole bergan sen,
Sen deya urar yurak.
Ko‘ngli kengga bag‘ri keng,
Senga bo‘lamiz tirgak.
91
Do'stlaringiz bilan baham: |