Sonning nomini, narsa-buyumning son-sanog‘ini, tartibini bildirgan so‘z turkumi son deyiladi . Sonlarning morfologik xususiyatlari: 1)Sonlar metr, juft, qisim, siqim kabi hisob so‘zlar bilan qo‘llaniladi. 2)So‘z o‘zgartiruvchi so‘zlar sonning hamma turlariga qo‘shilavermaydi. 3)Boshqa so‘z turkumlaridan son yasalmaydi. Sonning sintaktik xusuiyatlari: 1)Doim otlar bilan birga qo‘llanadi. 2)Sonlar hech qachon belgi ifodalab keladigan so‘zlarni o‘ziga tobe qilib kelmaydi , 3)Sonlar ot oldidan kelib aniqlovchi bo‘lib kelganda, u bilan birikib yaxlit bo’lak vazifasini bajaradi Masalan: Uch dugona kelyapti. 4)Son va sifat aniqlovchi bo‘lib kelganda son avval sifat esa, keyin keladi. Masalan: ikkita chiroyli ko’ylak 5)Sonlar gapda aniqlovchi va kesim vazifasida keladi. masalan: maqsadimiz bitta . Beshta qalam oldi 6)Sonlar sonning nomini bildiradi. 3, 6, 19 kabi bunday sonlar egalik kelishik qo’shimchalari
Do'stlaringiz bilan baham: |