barcha R.larni, eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) R.lari deb atash mumkin. R.lar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi: doʻstona, qahramonlarcha, oylab (morfologik usul), har zamon, shu on, bir dam (sintaktik usul) kabi. R.lar tuzilishiga koʻra, sodda (kamtarona, vijdonan, butunlay), qoʻshma (har dam, bir yoʻla, ozmuncha, har qachon), juft (kechakunduz, qishin-yozin) va takroriy (ozoz, tez-tez, koʻp-koʻp) turlarga boʻlinadi. R.larning anchagina, juda, kam, kamkam kabi shakllari modal shakl hisoblanadi. R.lar gapda hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi.
Davronov Daler
Do'stlaringiz bilan baham: |