Turli sohalarga oid innovatsiyalar "Innovatsiya" soʻzi koʻp uchraydigan boʻldi, uni elektron va bosma nashrlarda, radio orqali, aksariyat dasturlarida ham uchratish mumkin. Eʼtibor bersam, yaqinlarim davrasida ham bu soʻz tez-tez qo’lana boshladi. Bu atamaning maʼnosi nima va uning kundalik hayotimizga singdirilishi mamlakat taraqqiyoti uchun naqadar muhim? Toshkentdagi Talabalar shaharchasida Innovatsiyalarni tatbiq etish ilmiy-amaliy markazi barpo etilishi haqida eʼlon qilgan Prezident Shavkat Mirziyoyev "Xalqimiz dunyoqarashida innotatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya boʻlmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish boʻlmaydi. Bu sohadagi oʻzgarishlarni xalqimizga keng targʻib qilmasak, odamlarda koʻnikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam boʻlolmaymiz", degan edi. 2018 yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili", deb eʼlon qilingach, mamlakatda "innovatsiya" soʻzi koʻp yangray boshladi va bu bilan birga keyingi yillarda “Bir million dasturchi “ loyhasga ham start berildi bunda bu loyhada qatnashiyotgan har bir ishtirokchi uchun kompyuterlarni foizsiz kreditlar ajratilmoqda bunda loyhani yana ham rivojlantirish ko’zda tutilgan bundan maqsad O’zbekiston rivojlangan davlatlar qatoriga kirish IT sohalarini yana ham kengaytirish va rivojlantirishdir. O’zbekiston va dunyo ham jamiyati nega innovatsion rivojlanish yo’lini tanladi ? Bugungi kunda bu savol ham ko’p beriladigan boldi chunki xalq orasida innovatsiylar bizga nima berishadi deyotganlar ham ko’p bu so’zni tub mazmun mohiyatini bilamasdan oldin innovatsilar bizga nimalar berishini bila olmaymiz biz hayotimizga kirib kelgan yangi tushunchalar, mahsulotlar, texnologiyalarga limmo-lim. Nafaqat Oʻzbekiston, balki dunyo taraqqiyotning yangi — innovatsion yoʻlini tanlagan. Chunki bugun innovatsion gʻoyalar, yangiliklar — mamlakatning rivojlanish darajasini belgilab bermoqda. Hozirgi vaqtda insonlar ko’p vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarda o’tkazishadi va yangiliklar ham shular orqali olishadi chunki bu bizni mamlakatda balki butun jahonda eng qulay usulardan biri bo’lib qolmoqda chunki gazeta yoki jurnalarda bu ma’lumotlarni o’qish uchun anchayin vaqt ketishi mumkin lekin ijtimoiy tarmoqlar orqali o’zlariga kerakli qisqacha ma’lumotni bilib olishadi bunda vaqt tejaladi agarda bu ma’lumot batafsilroq bilishni hohlashsa kengaytirilgan tartibda bilishlari mumkin bunda har qanday xabar va yangiliklardan tezkor xabardor bo’lishlari mumkin. Inovatsiyalar insonlar hayotini osonlashtirish va ularni ishlarini raqamlashtirishdan iborat hisoblanadi. Innovatsiyalar ahamiyatini baholash oʻta murakkab. Bugungi kunda siz-u bizning hayotimizni oʻzgartirgan innovatsiyalarning aksariyati ilmiy laboratoriyalarda dunyoga kelgan. Olimlar koʻplab organizmlarning genetik tarkibini aniqlashga muvaffaq boʻldilar, bu esa biotexnologiyalar — organizmdagi genetik materiallarni boshqarish haqidagi fanning rivojlanishiga olib keldi. Shu bilan biz turli sohalarda innovatsiyalarni tadbiq qilish orqali u sohalarni rivojlantirishimiz mumkin. Avvalari ishlarb chqarishlar qo’lda qilingan bolsa hozirda to’liq avtomatlashtirish orqali amalga oshiriladi bunga sabab nimada deyishingiz mumkin chunki avtomatlashtirish orqali biz ishlab chiqarishdagi kamchiliklarni sezilarli darajada kamaytirishga erishimiz mumkin bu biz uchun juda katta yutiqlardan biri bo’lib xizmat qiladi. Bunada mahsulotni sifatini oshirish va uzoq vaqt hizmat qilishini taminlashimiz mumkin. Innovatsiyalar faqat sanoqli sohalarda emas balki hamma sohalarda qo’lanilishini bildiradi chuniki hozirgi kundagi zamonaviy innovatsiyalar orqali yo’qolib qolgan bolalarni topish imkonini ham bermoqda DNK analizi orqali Janubi-Sharqiy Osiyoda yuz bergan sunamidan keyin yoʻqolgan bolalar va ularning ota-onalarini birlashtirish imkonini bergan bo’lsa bizni mamlakatimizda homiladorlikning dastlabki ikki oyida ayollar markaziy koʻp tarmoqli tuman (shahar) poliklinikalarida tugʻishdan oldin ommaviy tekshirilishini — mamlakat sogʻliqni saqlash tizimiga singdirilgan 2017 yilning eng yaxshi innovatsion gʻoyasi sifatida misol keltirish mumkin. Bizlar uchun balki dunyo aholilari uchun katta yutuq demakdir shuningdek, yangi texnologiyalar jinoyatlar surishtiruvini oʻtkazish va jinoyatchilarni izlash usullarini oʻzgartirmoqda. Bunda jinoyatchilarni biometrik belgilari orqali topish ham yo’lga qo’yilgan bo’lib bu jinoyatlarni tezda fosh qilish imkonini beradi. Innovatsion oʻzgarishlarning aksariyat qismi hayotimizga sanoat tovarlari bilan kirib keladi va hayot tarzimizni yaxshilashga, yengillashtirishga qaratilgan. Misol uchun, elektron-nurli televizor va monitorlardan suyuq kristalli ekranlarga oʻtish. Uyali aloqa vositalarining kirib kelishi yana bir yaxshi innovatsion yangilikka misol boʻla oladi. Umuman, yoppasiga xaridor qiziqishiga sabab boʻlayotgan tovarlar borki, singdirilgan innovatsiyaga misol tarzida qoʻllasa boʻladi. Hozirgi vaqtda inson hayotida juda ham ahamiyatli bo’lib bormoqda bunda yangi ishlab chiqarilgan mahsulotni reklama qilish orqali insonda unga bo’lgan qiziqishni ortirish mumkin bu esa o’z navbatida ishlab chiqaruvchilar va haridor o’rtasida eng yaxshi rivojlangan inovatsiya desak hatto bo'lmaydi. Innovatsiyalarning paydo boʻlishi ortida — uzoq yillar davomida amalga oshirilgan oʻta mashaqqatli mehnat yotadi. Ammo koʻpincha, innovatsiyani yaratishdan koʻra, uni singdirish oʻta qiyin masalaga aylanadi. Hozirda bizni mamlakatimizda innovatsion rivojlanish markazi barpo qilindi. Maʼlum qilinishicha, innovatsiyalarni tatbiq etish ilmiy-amaliy markazida buning uchun barcha sharoit yaratiladi. Ushbu muassasada ilmiy-konsultativ, iqtisodiyot tarmoqlari innovatsion ehtiyojlarini oʻrganish, yoshlar innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash xizmatlari, masofaviy taʼlim kurslari yoʻlga qoʻyiladi. Iqtidorli yoshlar bu yerda yangi ishlanma va texnologiyalar bilan tanishish barobarida start-ap loyihalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bir soʻz bilan aytganda, oʻn toʻqqizinchi asrda oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlarda ilk marta paydo boʻlgan "innovatsiya" atamasidan, toʻgʻrirogʻi oʻzgarishlardan qoʻrqish kerak emas deyilgandi. Negaki, innovatsiya bu — ishlab-chiqarilayotgan mahsulotlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishni taʼminlashga qaratilgan yangilikdir. Innovatsiyani maqsadga erishish sifatida olib qaraydigan bo’lsak maqsad inson ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Demakki innovatsion g’oyalar orqali biz yangi g’oyalarga indin emas balki ertaroq erishishimiz mumkin. Tez rivojlanayotgan, ilm-fan sohasida tobora yaxshilanayotgan davlat esa dunyodagi eng taraqqiy etgan davlatlar roʻyxatida yetakchilik qiladi. Innovatsiya — bu iqtisodiy oʻsish, demakki ijtimoiy farovonlik va jamiyat rivoji garovi. Innovatsion rivojlanish yoʻlini tanlagan Oʻzbekiston esa mana shunday katta yoʻl boshida.