Mavzu:Fanning maqsad va vazifalari. Innovatsiyon siyosatning mohiyati
“ Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir.Innovatsiya bo’lmas ekan , hech bir sohada raqobat , rivojlanish bo’lmaydi . ” Sh. M. Mirziyoyev
Kalit so’zlar: innovatsiya, innovatsiya klassifikatsiyasi, innovatsiya jaryonlari, innovatsiyaning vazifasi, innovatsion siyosat, innovatsiyaning xususiyatlari, innovatsiyaning hayotiy sikli
Fanning maqsad va vazifalari: “Xitoyning innovatsiya siyosati” fani talabalarni innovatsion siyosat mohiyati, ularning maqsad va vazifalari, yo‘nalishlari, turlari, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi innovatsion siyosatning xususiyatlari, Xitoyda innovatsion siyosatni tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, Xitoyda innovatsion siyosat rivojlanishining xususiyatlari haqida tasvavur va tushunchalarni shakllantirish vazifasini bajaradi
Innovatsiyaning mohiyati va innovatsion jarayon
Innovatsiya –
(ing)innovation –”yangilik”,
“yangilanish”
Innovatsion jarayonning 7ta elementi
Radikal (basizli) innovatsiyalar – ular yirik kashfiyotlarni amalga oshiradi va texnikani yangi yo'nalishlarini rivojlanishini shakllantiradi;
Yaxshilaydigan innovatsiyalar – mayda kashfiyotlarni amalga oshiradi va tarqalish hamda ilmiy-texnik siklni barqaror rivojlanish fazasida ustuvorlik qiladi;
Modifikatsion (xususiy) innovatsiyalar – ular eskirgan texnika va texnologiyalar avlodini qisman yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Innovatsiyalarni (ishlab chiqarish) yaratish
Innovatsiya marketingi
Innovatsiyalarning initsiatsiyasi
Innovatsiyalarni sotish
Innovatsiyalarni ilgari surish (yurgizish)
Innovatsiyalarni iqtisodiy samarasini baholash
Innovatsiyalarni tarqatish
Innovatsion jarayonning 4ta bosqichi
Izlanish
Loyiha
Ishlab chiqarish
Tijorat
Innovatsiya tushunchasi haqida olimlarning fikrlari:
Rus iqtisodchi olimi Balabanov I.T. fikriga ko’ra: “Innovatsiya – kapitalni yangi texnika yoki texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat, xizmat ko’rsatish va boshqaruvning yangi shakllariga, jumladan, yangicha nazorat va hisob shakllari, rejalashtirish va tahlil usullariga kiritishdan olingan, moddiy tus olgan natijadir”
Valdaysev S.V. “Innovatsiya – bozorga mavjud taklif bilan ta’minlanmagan ehtiyojlarni qondiradigan mahsulot olib chiqishga qodir bo’lgan, maxsus ishlab chiqilgan texnologiyaga asoslangan yangi mahsulot liniyasini o’zlashtirish”
Rus olimlaridan V.V.Glushenko, mazkur tushunchaga quyidagicha ta’rif berganlar: “innovatsiya – tovarlar, xizmatlar va texnologiyalarning firma darajasidagi tashkiliy shakllarining yangi turlarini ishlab chiqish, tayyorlash va tarqatishga yo’naltirilgani ijodiy va investitsion faoliyat natijasi”
Fatxutdinov R.A. esa innovatsiya sohasida olib borgan tadqiqotlari natijasida “innovatsiya – obyektni boshqarishni o’zgartirish va iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa turdagi samarani olish maqsadida yangilikni joriy etishning yakuniy natijasi”, deb ta’kidlaydi
Innovatsiyalar quyidagi 3 ta vazifalarni bajaradi:
- takror ishlab chiqaruvchilik;
- investitsion;
- rag’batlantiruvchi.
Takror ishlab chiqaruvchilik vazifasi – unda innovatsiyalar kengaytirilgan ishlab chiqarishni moliyalashning muhim manbai hisoblanadi. Uning ma’nosi – innovatsiyadan daromad olishda va undan moliyaviy resurs manbayi sifatida foydalanishdan iboratdir
Innovatsion jarayon – innovatsiyalarni amalga oshirishdagi birin-ketin bo’ladigan harakatlarni, operatsiyalar va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni, ularni bozorda sotilishini va keyinchalik natijalarni tarqatishni o’z ichiga oladi.
Izlanish
Loyiha
Ishlab chiqarish
Tijorat
Innovatsion jarayon 4 ta asosiy bosqichni o’z ichiga oladi
Innovatsion jarayonning boshlanishiga initsiyasiya kiradi. Initsiatsiya – bu innovatsion maqsadni tanlashdan iborat bo’lgan vazifani o’z oldiga qo’yish, innovatsiya g’oyasini izlash, uning texnik-iqtisodiy asosnomasi va g’oyalarni amalga oshishi bo’yicha faoliyat hisoblanadi. U esa, g’oyani tovarga aylanishini anglatadi.
Innovatsiyaning asosiy xususiyatlari: - Ilmiy-texnik yangilik;
- Amaliy qo’llanilishi;
- Tijoriy amalga oshirilishi, ya’ni bozorda ma’lum darajada iste’molchilar talabini qondira olishi.
Davlat innovatsion siyosatining maqsadlari quyidagilardan iborat:
Innovatsiya uchun iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy sharoitlarni yaratish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini hal qilish;
Belgilangan maqsadlarga erishish uchun davlat innovatsion siyosatning quyidagi vazifalarini hal qilishi kerak:
Iqtisodiyotdagi izchil tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash;
Xalqaro bozorda mahalliy innovatsion mahsulotlarni qo'llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy innovatsiyalarni rivojlantirish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish;
Ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish, oqilona joylashtirish va undan samarali foydalanish, uning tarkibini shakllantirish;
Mamlakat mudofaasi va shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini mustahkamlashdir
Innovatsion faoliyatni rivojlantirishda fan, ta'lim, ishlab chiqarish va moliyaviy-kredit sohalarining o'zaro ta'sirini ta'minlash
Innovatsiyalar uchun infratuzilmani yaratish va rivojlantirish;
Davlat innovatsion siyosatining ustuvor yo'nalishlarini belgilash va amalga oshirish;
E’tiboringiz uchun rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |