Sichqoncha - kompyuter bilan foydalanuvchi muloqotini yengillashtiruvchi manipulyator. Kompyuterga axborotni kiritish qurilmasi hisoblanadi. Uning sichkoncha nomi tashqi ko’rinishidan kelib chiqqan. Sichqoncha qo’lga bemalol joylashuvchi bir necha tugmali quticha. Sichkoncha stol yoki maxsus yuzada(gilamchada) harakati tufayli ekrandagi kursorni mos ravishda harakatlantiradi. Biror bir buyruqni bajarish uchun sichkonchaning mos tugmasi bosiladi. Bir xil amaliy dasturlar faqatgina sichqoncha bilan ishlashga moslashgan.
Printerlar - ma’lumotlarni kog’ozga chiqaruvchi qurilma. Barcha printerlar matnli ma’lumotni, ko’pchiligi esa rasm va grafiklarni ham kog’ozga chiqaradi. Rangli tasvirlarni chiqaruvchi maxsus printerlar ham bor.Printerlarning quyidagi turlari mavjud: ignali (matritsali yoki nuqtali matritsali), siyohli(purkagichli) va lazerli.
Skaner-kompyuterga matnli yoki tasvirli ma’lumotlarni kirituvchi qurilma. Skanerlar belgilarnixam anglaydi, shuning uchun qo’l yozmalarni ham kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladi. Ular ikki xil bo’ladi: avtomatik va avtomatik bo’lmagan. Birinchisi ma’lumotni varoqlab o’qiydi, ikkinchisi satrlab, buning uchun skanerni kerakli satrga qo’l bilan surib turish kerak.
Plotter- chizmalarni kog’ozga chiqaruvchi qurilma. Plotterlar 2 xil bo’ladi: barabanli va planshetli. Barabanligi rulonli, planshetligi varoqli kog’ozga chiqaradi. Plotterlar asosan chizma loyihalarini avtomatlashtirishda foydalaniladi.
Modem- telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuterlar bilan ma’lumot almashish imkonini beruvchi maxsus qurilma. Modemlar ichki(elektron platali) va tashqi alohida turdagi qurilma) bo’lishi mumkin. Modemlar ma’lumot uzatish tezligi bilan farqlanadi. Ular odatda sekundiga 2400 dan 33600 bitgacha ma’lumotni uzatish imkoniyatiga ega.
Modem- telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuterlar bilan ma’lumot almashish imkonini beruvchi maxsus qurilma. Modemlar ichki(elektron platali) va tashqi alohida turdagi qurilma) bo’lishi mumkin. Modemlar ma’lumot uzatish tezligi bilan farqlanadi. Ular odatda sekundiga 2400 dan 33600 bitgacha ma’lumotni uzatish imkoniyatiga ega.
Faks-modem - shunday qurilmaki, oddiy modemning barcha imkonyatlariga ega bo’lib, qo`shimcha rasmli telefaks ma’lumotlarni kompyuterlararo almashish imkonyatlariga ega. Ayni vaqtda ishlatilayotgan ko’pchilik modemlar faks-modemlar bo’lib, ularning ayrimlari ovoz almashish imkonyatlariga ega.
Multmedia- tasvirli ma’lumotlar bilan ishlashga qodir bo’lgan vosita hisoblanadi. Multmedia so’zi lotincha "media" so’zidan olingan bo’lib, "ma’lumot tashuvchi vosita" degan ma’noni anglatadi.