Taqsimlanmagan foyda- foydaning jamg'arilayotganligini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoshilishi mumkin. Mulkchilik shakllaridan qatiy nazar, korxonalarda ustav kapitali(fondi) miqdori mazkur korxona tashkil boiganda tasdiqlangan tasis hujjatlarida korsatilgan miqdorga teng boladi. Uning miqdori yil davomida o'zgarmaydi. Xususiy kapital tahlilining maqsadi xususiy kapitalni shakllantirishning asosiy manbalarini organish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish imokniyatlarini aniqlashdan iborat.
Xususiy kapital tahlilining asosiy vazifalari.
Tahlil uchun zarur boigan axborotlar bazasini (ustav kapitalini
kopaytirish, undan foydalanish, tasarruf etish bilan bogiiq boigan
axborotlar toplamini) shakllantirish;
Qonun hujjatlari va xojalik yurituvchi subyektning ustavida belgilangan normalariga amal etilishini baholash;
Xususiy kapital va uning tarkibiy, dinamik o'zgarishlariga baho
berish;
Xususiy kapitaldan samarali foydalanish darajasini oiganish;
Xususiy kapital samaradorligini oshirishning imkoniyatlarini
aniqlash va yolga qo'yish.
Xususiy kapital tahlilini olib borishda axborot manbalariga Buxgalteriya balansi va Xususiy kapital togtrisidagi hisobot shakllari kiradi.Buxgalteriya balansida xususiy kapital va uning tarkibiy birliklari haqidagi maiumotlar hisobot davri boshiga va oxiriga haqiqiy, tan olingan qiymati boyicha aks ettiriladi. Buxgalteriya balansida oz sarmoyasi va ulami oshkor qilish xojalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotlami aks ettirishni tasniflaydi. Buxgalteriya balansida xususiy sarmoyani umumiy summasigina oshkor qilinishi kerak. Xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari haqidagi axborotlami tarkibiy qismi sifatida ochib berilishi 14 son BHMS bilan tarkiblanadi. Barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar (banklar va byudjet tashkilotlaridan tashqari) xususiy kapital to'g'risidagi axborotni tayyorlash va ochib berish jarayonida mazkur standart talablarini bajarishlari kerak. O'z sarmoyasi (xususiy kapital) to'g'risidagi hisobotda o'z sarmoyasining harakati, zaxiralarni shakllantirish, to'lash uchun hisoblangan dividendlar to'g'risidagi axborot taqdim etiladi.
Xususiy kapital to'g'risidagi hisobotni tuzish maqsadi bo'lib, xususiy kapitalning hisobot davri boshiga va oxiriga bo'lgan holati va hisobot davri mobaynida uning tarkibidagi o'zgartirishlar haqidagi axborotni ochib berish hisoblanadi. Xususiy kapital to'g'risidagi hisobotga bo'lgan tushuntirishda xo'jalik yurituvchi subyekt xususiy kapital qatnashchisining chiqib ketishi, aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyalaming sotib olinishi yoki sotib olingan aksiyalami bekor qilinishi, aksiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki boshqa sabablarga ko'ra kamayib ketganligi haqidagi malumotlar keltiriladi. Hisobotning xususiy kapital to'g'risidagi qismiga oid tushuntirish xati "Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar Buxgalteriya hisobi milliy standard (1-son BHMS)da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi.
Boshqa barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarga oid izohlarda quyidagilar to‘g‘risidagi axborotni keltiradilar:
a) egalik qiluvchilar ortasida ustav kapitali ulushining taqsimlanishi;
b) ushbu ulushlarga tegishli huquqlar, imtiyozlar yoki cheklashlar;
v) ustav kapitali tarkibida egalik qiluvchilar ulushi tarkibidagi.
Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditga oid qonunchilik normalarida o’z sarmoyasi, o’z sarmoyasi manbalari, o’z mablagiari manbalari, xususiy sarmoya, xususiy kapital degan tushunchalar keng uchraydi. Ularning barchasi bitta mazmunni ya’ni, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o’zigagina tegishli bo’lgan mablag’larini ifoda etadi. Xususiy kapital tarkibiga quyidagi tarkibiy birliklar kiradi:
- ustav kapitali
- rezerv kapitali
- qoshilgan kapital;
- taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov A., Islomov F., va boshqalar. Buxgalteriya hisobi. Darslik. – T.: “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi, 2015.-592b.
2. Qosimov X. va boshqalar. Auditorlik faoliyati bo’yicha uslubiy qo’llanmalar to’plami. - Toshkent, 2010. - 320 b
3. Ortikov X.A. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi bo’yicha uslubiy qo’llanmalar to’plami. Toshkent, “NORMA”, 2018. — 368-6
4. Ochilov I. “Moliyaviy hisob”. -T.: “Iqtisod va moliya”,2017-yil
5. Ochilov I., Qurbonboev J. Moliyaviy hisob. T.: TMI, 2019.256b.
6. Po’latov A. va boshqalar. “Boshqaruv hisobi”,-T.:TIMI,2020-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |