Turli mulkchilik shakillarida xususiy kapital shakillanishi hisobi



Download 428 Kb.
bet5/5
Sana25.05.2023
Hajmi428 Kb.
#943390
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu “TURLI M-WPS Office

Taqsimlanmagan foyda- foydaning jamg'arilayotganligini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo’shilishi mumkin. Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalarda ustav kapitali(fondi) miqdori mazkur korxona tashkil boiganda tasdiqlangan ta’sis hujjatlarida ko’rsatilgan miqdorga teng bo’ladi. Uning miqdori yil davomida o'zgarmaydi. Xususiy kapital tahlilining maqsadi xususiy kapitalni shakllantirishning asosiy manbalarini o‘rganish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish imokniyatlarini aniqlashdan iborat.
Xususiy kapital tahlilining asosiy vazifalari.
Tahlil uchun zarur boigan axborotlar bazasini (ustav kapitalini
ko‘paytirish, undan foydalanish, tasarruf etish bilan bogiiq boigan
axborotlar to‘plamini) shakllantirish;
Qonun hujjatlari va xo‘jalik yurituvchi subyektning ustavida belgilangan normalariga amal etilishini baholash;
Xususiy kapital va uning tarkibiy, dinamik o'zgarishlariga baho
berish;
Xususiy kapitaldan samarali foydalanish darajasini oiganish;
Xususiy kapital samaradorligini oshirishning imkoniyatlarini
aniqlash va yo’lga qo'yish.
Xususiy kapital tahlilini olib borishda axborot manbalariga “Buxgalteriya balansi” va “Xususiy kapital to‘gtrisida”gi hisobot shakllari kiradi.Buxgalteriya balansida xususiy kapital va uning tarkibiy birliklari haqidagi maiumotlar hisobot davri boshiga va oxiriga haqiqiy, tan olingan qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Buxgalteriya balansida o‘z sarmoyasi va ulami oshkor qilish xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotlami aks ettirishni tasniflaydi. Buxgalteriya balansida xususiy sarmoyani umumiy summasigina oshkor qilinishi kerak. Xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari haqidagi axborotlami tarkibiy qismi sifatida ochib berilishi 14 son BHMS bilan tarkiblanadi. Barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar (banklar va byudjet tashkilotlaridan tashqari) xususiy kapital to'g'risidagi axborotni tayyorlash va ochib berish jarayonida mazkur standart talablarini bajarishlari kerak. O'z sarmoyasi (xususiy kapital) to'g'risidagi hisobotda o'z sarmoyasining harakati, zaxiralarni shakllantirish, to'lash uchun hisoblangan dividendlar to'g'risidagi axborot taqdim etiladi.
Xususiy kapital to'g'risidagi hisobotni tuzish maqsadi bo'lib, xususiy kapitalning hisobot davri boshiga va oxiriga bo'lgan holati va hisobot davri mobaynida uning tarkibidagi o'zgartirishlar haqidagi axborotni ochib berish hisoblanadi. Xususiy kapital to'g'risidagi hisobotga bo'lgan tushuntirishda xo'jalik yurituvchi subyekt xususiy kapital qatnashchisining chiqib ketishi, aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyalaming sotib olinishi yoki sotib olingan aksiyalami bekor qilinishi, aksiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki boshqa sabablarga ko'ra kamayib ketganligi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Hisobotning xususiy kapital to'g'risidagi qismiga oid tushuntirish xati "Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar” Buxgalteriya hisobi milliy standard (1-son BHMS)da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi.
Boshqa barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarga oid izohlarda quyidagilar to‘g‘risidagi axborotni keltiradilar:
a) egalik qiluvchilar o‘rtasida ustav kapitali ulushining taqsimlanishi;
b) ushbu ulushlarga tegishli huquqlar, imtiyozlar yoki cheklashlar;
v) ustav kapitali tarkibida egalik qiluvchilar ulushi tarkibidagi.
Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditga oid qonunchilik normalarida “o’z sarmoyasi”, “o’z sarmoyasi manbalari”, “o’z mablagiari manbalari”, “xususiy sarmoya”, “xususiy kapital” degan tushunchalar keng uchraydi. Ularning barchasi bitta mazmunni ya’ni, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o’zigagina tegishli bo’lgan mablag’larini ifoda etadi. Xususiy kapital tarkibiga quyidagi tarkibiy birliklar kiradi:
- ustav kapitali
- rezerv kapitali
- qo’shilgan kapital;
- taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov A., Islomov F., va boshqalar. Buxgalteriya hisobi. Darslik. – T.: “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi, 2015.-592b.

2. Qosimov X. va boshqalar. Auditorlik faoliyati bo’yicha uslubiy qo’llanmalar to’plami. - Toshkent, 2010. - 320 b

3. Ortikov X.A. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi bo’yicha uslubiy qo’llanmalar to’plami. Toshkent, “NORMA”, 2018. — 368-6

4. Ochilov I. “Moliyaviy hisob”. -T.: “Iqtisod va moliya”,2017-yil



5. Ochilov I., Qurbonboev J. Moliyaviy hisob. T.: TMI, 2019.256b.

6. Po’latov A. va boshqalar. “Boshqaruv hisobi”,-T.:TIMI,2020-yil
Download 428 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish