Yarim o'tkazgichlarda elektr toki
Yarim o'tkazuvchilar deb ataluvchi elementlar D.l.Mendeleev jadvalida ixcham gruppani tashkil
qiluvchi 12ta ximiyaviy edementdan iborat boiib, undan tashqari ko'pgina anorganik va organik
birikmalar ham kiradi. Fizikada faqat yarimo'tkazgichlar bilan shug'ullanuvchi bo`lim bo`lib, uni yarimo'tkazgichlar fizikasi deyiladi. Zamonaviy texnika muvaffaqiyatlarini yarim o'tkazgichlar fizikasisiz tasawur qilib bo'lmaydi.
Mavzuga doir masalalar:
1. Gapni to‘ldiring. Metallarning qizishi tufayli ulardan elektron uchib chiqish hodisasiga ... deyiladi.
A) ... termoelektron emissiya...; B). ..elektron emissiya...;
C) ...chiqish ishi...; D) ...to‘yinish toki....
2. Vakuumda elektr tokining tabiati nimadan iborat?
A) elektronlar oqimining bir tomonga harakatidan;
B) musbat ionlarning bir tomonga harakatidan;
C) manfiy ionlar oqimining bir tomonga harakatidan;
D) elektronlar, musbat va manfiy ionlarning bir tomonga harakatidan iborat.
3. Donor aralashmali yarimo‘tkazgichlar qanday turdagi o‘tkazuvchanlikka ega? A) asosan elektron o‘tkazuvchanlikka; B) asosan teshikli o‘tkazuvchanlikka; C) teng miqdorda elektron va teshikli o‘tkazuvchanlikka; D) elektr tokini o‘tkazmaydi.
4. Toza yarimo‘tkazgichdan elektronlarning tartibli harakati tufayli 1 mA tok o‘tmoqda. Yarimo‘tkaz-gichdan o‘tayotgan to‘la tok kuchi nimaga teng?
A) I mA; B) 2 mA; C) 0,5 mA; D) 0.
5. Gapni davom ettiring. “Temperatura ortishi bilan yarim o‘tkazgichning qarshiligi...”
A) ... ortadi; B) ... avval ortadi, so‘ngra kamayadi;
C) ... kamayadi; D) ... avval kamayadi, so‘ngra ortadi.
6. Yarimo‘tkazgichda teshik va elektron uchrashganda nima hosil bo‘ladi? A) musbat ion; B) neytral atom;
C) manfiy ion; D) musbat va manfiy ionlar.
7. Aralashmali o‘tkazuvchanlik qanday zarralarning harakati bilan bog‘langan?
A) asosan erkin elektronlar; B) asosan kovaklar;
C) teng miqdordagi erkin elektronlar va kovaklar;
D) turli miqdordagi erkin elektronlar yoki kovaklar.
8. “To‘g‘ri p–n o‘tishda yarimo‘tkazgichdagi berkituvchi qatlam ...” Gapni davom ettiring.
A) ... kengayadi; B) ... torayadi;
C) ... o‘zgarmasdan qoladi; D) ... kuchlanish kattaligiga qarab chiziqli o‘zgaradi.
9. Kovalent bog‘lanishda nechta elektron qatnashadi?
A) 1 ta; B) 2 ta; C) 3 ta; D) 4 ta.
10. n–p–n turdagi tranzistor bazasiga emitterga nisbatan qanday ishoradagi potensial berilganda tranzistordan tok o‘tadi?
A) musbat; C) nol; B) manfiy; D) qanday ishorada berilishining ahamiyati yo‘q.
11. Qarshilikning termik koeffitsiyenti qanday
moddalar uchun manfiy?
Do'stlaringiz bilan baham: |