Turli kasb egalari, bolalar, homilador va sut emizadigan


AQLIY MEHNAT KISHILARINING TO‘G‘RI OVQATLANISHI



Download 216,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana11.06.2022
Hajmi216,31 Kb.
#655842
1   2   3
Bog'liq
3-amaliy

 
AQLIY MEHNAT KISHILARINING TO‘G‘RI OVQATLANISHI 
 
Ma'lumki aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar ya'ni ilmiy xodimlar, olimlar, 
yozuvchilar, jurnalistlar, tarbiyachilar, ayrim tibbiyot xodimlari, kotibalar, o‘qituvchilar, 
hisobkitob bilan shug‘ullanuvchilar,idora xodimlari, kompyuter hamda boshqaruv pultlari bilan 
ishlovchilar, rahbarlar va boshqalarning mehnat faoliyati ruhiyhissiy yuklama va nisbatan 
kamharakatlilik bilan xarakterlanadi. Bunday holat vujudning barcha funksiyalariga o‘ziga xos 
ta'sir qilib, ko‘pincha markaziy nerv va yurakqon tomir tizimlarini zo‘riqtiradi. 
Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, aqliy mehnat kishilari orasida ortiqcha tana vazniga 
ega bo‘lganlar boshqa aholi guruhlariga qaraganda ko‘p bo‘lib, ular sobiq ittifoq davrida o‘rtacha 
32,8% ni tashkil qilgan. Bu toifa odamlar iste'mol qiladigan taomlarning umumiy quvvat zahirasi 
aksariyat hollarda ehtiyojdan ortiq, asosiy oziq moddalarining birbiriga nisbati me'yor 
darajasidan chetga chiqqan va ovqatlanish tartibi (rejimi) ham to‘g‘ri ovqatlanish prinsiplariga 
ma'lum darajada to‘g‘ri kelmaydigan bo‘ladi.
Aqliy mehnat kishilarining barchasi mehnat faoliyati uchun quvvat sarflash bo‘yicha 
aniqlangan guruhlarning birinchisiga, ya'ni eng kam energiya sarflovchi guruhga mansub bo‘lib, 
bir kecha-kunduzda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 2100-2450 kilokaloriyani tashkil qiladi. Quyidagi 
jadvalda ushbu guruh vakillari uchun kunlik ovqatdagi quvvat, oqsil, yog‘ va uglevodlar miqdori 
ko‘rsatilgan. 
 


Aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarning energiya va asosiy
oziq moddalarga kunlik talabi 
 
Yosh 
guruhi 
Jinsi 
Quvvat 
(kkal) 
Oqsillar, g 
Yog‘lar, g 
Ugle-
vodlar, g 
Jami
Shundan 
hayvon 
oqsili 
18-29 
30-39 
40-59 
Erkaklar 
2450 
2300 
2100 
72 
68 
65 
40 
37 
36 
81 
77 
70 
358 
335 
303 
18-29 
30-39 
40-59 
Ayollar
2000 
1900 
1800 
61 
59 
58 
34 
33 
32 
67 
63 
60 
289 
274 
257 
Ushbu guruh vakillari uchun kunlik ovqat quvvatining 12% oqsillar, 30% yog‘lar va 58% 
uglevodlar hisobidan bo‘lishi, iste'mol qilinadigan yog‘larning 55% o‘simlik yog‘lari, 45% 
hayvon yog‘lari bo‘lishi tavsiya qilinadi. Ular har kuni birinchi navbatda markaziy nerv tizimi 
ishi uchun 60-70 g shakar iste'mol qilib turishi kerak. Aqliy mehnat kishilarida ko‘pincha ovqat 
bilan qabul qilinadigan va harxil faoliyat uchun sarflanadigan quvvat muvozanati buzilishi 
kundalik ovqat tarkibiy qismining maqsadga nomuvofiqligi hamda yaqqol kamharakatlilik 
kuzatilganligi bois, ularda tana vaznining me'yordan oshiq bo‘lishi (semizlik) va moddalar 
hamda quvvat almashinuvining buzilishi bilan bog‘liq hastaliklar tez-tez uchrab turadi. Shuning 
uchun ular iste'mol qiladigan taomlar tarkibida antisklerotik moddalar ko‘paytirilib, asosiy oziq 
moddalari hisobidan qabul qilinadigan va vujud tomonidan sarflanadigan quvvat 
muvozanatlashtirilishi, turmush tarzida jismoniy tarbiya va sport, jismoniy ish bilan shug‘ullanib 
turish tegishli o‘rin olishi zarur. Ularning ovqati biologik jihatdan to‘la qiymatli, quvvat jihatdan 
esa to‘la muvozanatlashtirilgan bo‘lmog‘i kerak. Bu narsa ovqat tayyorlashda tegishli 
mahsulotlarni tanlab olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Chunonchi, oqsillar va yog‘lar bobida 
hayvon mahsulotlari me'yoridan oshib ketmasligi, ovqatga to‘la qiymatli o‘simlik yog‘laridan, 
kletchatka singari oziq tolalariga boy uglevodlardan ko‘proq foydalanish ma'qul. Ovqat yog‘lar 
almashinuvini buzmaydigan va antisklerotik moddalarga (metionin, sistin, A vitamini, D 
vitamini, B vitamini, B
1
vitamini, B
2
vitamini, PP vitamini, C vitamini va boshqalar) boy bo‘lishi 
maqsadga muvofiq. Bunday moddalarning tabiiy manbalari baliq, mol, qo‘y, parrandalar go‘shti, 
sutqatiq, pishloq, o‘simlik yog‘lari, grechka va so‘li yormasi, mosh, no‘xat, loviya, soya, 
ko‘katlar, meva va sabzavotlardir.
Quyidagi jadvalda ko‘rsatilganidek, aqliy mehnat kishilarining kunlik ovqatida nonga 
juda kam o‘rin berilgan (167 g), bu respublikamiz sharoitida boshqacha holatdadir. Bizdagi aholi 
ovqatlanishida non ko‘proq ishlatiladi, bu milliy an'ana, urfodat tusiga kirib qolgan. Lekin 
ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, nonni me'yoridan oshiqcha iste'mol qilish aytib 
o‘tilgan quvvat muvozanati buzilishini vujudga keltirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi, chunki u 
energetik qiymati yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlariga kiradi. 



Download 216,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish