1.3 – Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi.
1887 yilda shved olimi Svante Arrenius eritmalarning elektr o’tkazuvchanliklarini o’lchab, elektrolitik dissotsilanish nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga muvofiq kislota, asos va tuzlar suvda erigan vaqtda qarama – qarshi zaryadli ionlarga ajraladi. Arreniusdan ilgari, Klauzius, Grotgus, Faradey, Gittorf va boshqa olimlar ham molekulalar ionlarga ajraladi, degan fikrni aytganlar. Ularning fikricha faqat eritmadan elektr oqimi o’tgan vaqtdagina molekulalar ionlarga ajraladi, elektr oqimi o’tish to’xtadi deguncha ionlar yana bir – biri bilan birikadi.
Arreniusning fikricha, molekulalarning ionlarga ajralish jarayoni uchun elektr oqimining hech qanday ahamiyati yo’q; elektrolitlar suvda erigandayoq ularning molekulalari ionlarga ajraladi. Natijada, eritmadagi zarrachalarning soni ortib, elektrolit eritmalarning osmotik bosimi noelektrolit modda eritmasining osmotik bosimidan 2, 3, 4 va hokazo marta ortiq (ya‘ni izotonik koeffitsienti i ga ko’paytirilgan qymatga baravar) bo’ladi. Elektrolit molekulalarining ionlarga ajralishi qaytar jarayondir; tubandagi moddalarning dissotsilanishi bunga misol bo’la oladi;
NH4OH NH + OH-; CH3COOH CH3COO- + H+.
Arrenius nazariyasi kimyo fanining rivojlanishiga katta foyda keltirdi va kuchsiz elektrolitlar uchun hozirga qadar tatbiq etilib kelinmoqda.
Dissotsilanish darajasi
Kuchsiz elektrolit eritmasida molekulalarning bir qismigina ionlarga ajraladi. Arrenus fikricha, to’la dissotsilanish bo’lmasligining sababi shuki, eritmada molekulalar ionlarga ajralishi bilan bir vaqtda hosil bo’lgan ionlar o’zaro birikib, yana molekulalarga aylanadi. Molekulalar ajralgan sari dissotsilanish tezligi kamayadi, lekin ionlarning o’zaro birikish tezligi ortadi. Nihoyat, ikki jarayon tezligi baravarlashadi; shu vaqtdan boshlab, eritmada molekulalar va ionlar orasida muvozanat qaror topadi. Shundan so’ng eritmada ion va molekulalarning soni o’zgarmay qoladi. Bu holatni xarakterlash uchun dissotsilanish darajasi tushunchasi kiritilgan.Ionlarga dissotsilangan molekulalar sonini eritilgan moddaning barcha molekulalari soniga bo’lgan nisbati elektrolitning dissotsilanish darajasi deb ataladi.Uni α bilan ishoralanadi. Dissotsilanish darajasi elektrolit tabiatiga, haroartga vakonsentratsiyaga bog’liq. Eritma konsentratsiyasi pasayganda dissotsilanish darajsi ortadi.
SHu sababli, elektrolit eritmalarning dissotsilanish darajasini aytishda ular bilan birga, eritma konsentratsiyasini ham ko’rsatish kerak.
Elektrolitlarning dissotsilanish darajasini aniqlash uchun shu elektrolit eritmalarining muzlash va qaynash haroratini, osmotik bosimini, to’yingan bug’i bosimini yoki elektr o’tkazuvchanligini o’lchash natijalaridan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |