Turli guruhlarda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil qilish



Download 81,18 Kb.
bet6/6
Sana30.12.2021
Hajmi81,18 Kb.
#197818
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini o‘tkazish texnologiyalari

Mashg‘ulotning yakuni–bolalar bilan bajarilgan topshiriqni tahlil qilish.Tarbiyachi ishni tugatishni qat’iyan taklif etsa, bolalar hammasi ishni tugatishi va tarbiyachi kunning ikkinchi yarmida bolalarga o‘z ishlarini tugatib olishga imkon yaratishi lozim. Bolalar ishini tahlil qilish muhim metodlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bolalar ishlarini tahlili ta’limiytarbiyaviy ahamiyatga ega. Bolalar ishlari devoriy ro‘znoma qilib osiladi. Bolalar devoriy ro‘znomadagi ishlarini yaxshilab ko‘rib chiqadilar. Tarbiyachi bolalarning fikrlarini so‘raydi va bolalar ishlariga umumiy baho beradi. Mashg‘ulotdan so‘ng bolalarga o‘z ishlarini ko‘rib chiqish uchun yana bir bor imkoniyat yaratib beradi. Agar mashg‘ulot cho‘zilib, vaqt qolmasa, sayrdan keyin yoki kunning ikkinchi yarmida amalga oshirish mumkin. Bolalar ishlarida tarbiyachi ota-onalar uchun burchak tashkil etadi va bolalar ishlarini u yerda keyingi mashg‘ulotgacha qoldiradi. Albatta, ular dastavval yaxshilab bezatiladi. Ularni turlicha bezatish mumkin. Agar burchak tashkil etishni iloji bo‘lmasa, bolalar ishidan albom qilinadi. Bittadan varaq bir kishiga ajratiladi va varaq ustiga konvert yopishtiriladi. Bolaning ismi yozib qo‘yilib, shu konvertga bolaning har bir bajargan ishi qo‘yiladi. Aralash yosh guruhlarda mashg‘ulotni tashkil etish o‘ziga hos xususiyatga egadir. Bu guruhni 2-3 yuqori guruhga bo‘lib, har biri uchun o‘zining dastur mazmuni aniqlanadi. (bolalarning hammasi, birgalikda, bir vaqtda, bir faoliyat bilan shug‘ullansa ham).

Ta’lim–maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni elementar bilimlar tizimini bilan tanishtirishda, maktabgacha ta’lim muassalari uchun ishlab chiqilgan dasturlarda nazarda tutilgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda yetakchi rolni o‘ynaydi. Ta’lim jarayonida bolalarga yangi bilimlarni muntazam berib borish, ular jamg‘argan tasavvurlarni aniqlash va tizimlashtirish, bolalarning bilish jarayonlari hamda tafakkur faolliklarini rivojlantirish amalga oshiriladi. Ta’lim – ikki tomonlama jarayon: mashg‘ulotlar kuzatilar ekan, tarbiyachining ta’lim berish faoliyatini, uning bolalarga ta’sir etish imkoniyatlarini hamda bolalarning javob berish reaksiyalarini, o‘quv harakatlari sifatini ham baholash muhimdir.

Ta’lim jarayoni bolalarning jismoniy, ma’naviy, mehnat va estetik rivojlanishlariga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim jarayonining muhim vazifasi uning bolalarga tarbiyaviy, umumta’lim ta’sirini (kuzatuvchanlik, zehnlilik, aqliy, nutqiy va harakat faolligi, mustaqillik, ijodiy tashabbusning rivojlanishini) aniqlashdir. Pedagog har bir mashg‘ulotda ta’lim va tarbiyaning o‘zaro bog‘langan vazifalarini amalga oshirishni esda saqlashi muhimdir. Masalan, bolalarga rasm chizish usullarini tushuntirar ekan, u bolalarga predmetni izchil tahlil qilishni, ko‘rganlarini tasvirlashni, harakat usullari haqida gapirishni, bo‘yoqdan tartibli foydalanishni, o‘rtog‘iga halaqit bermaslikni oxirida hamma narsani o‘zi joy-joyiga olib qo‘yishni o‘rgatadi. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalarning tashqi dunyo haqidagi tasavvurlari qandayligini, ular o‘z fikrlarini erkin bayon qila olishlarini, ularning lug‘at boyliklari qandayligini aniqlash mumkin. Bolalardagi ma’naviy tasavvur darajasini bajarilgan ishlarni baholashi va shu kabilardagi fikrlari hamda luqmalaridan bilib olish mumkin. Demak, ko‘rilgan har bir mashg‘ulotlarda dasturning barcha bo‘limlari bo‘yicha bolalar bilan olib borilgan ishning darajasi xuddi ko‘zgudagidek aks etadi. Tarbiyachi o‘tkazadigan mashg‘ulotlarning muvaffaqiyati uch shartga: dasturni yaxshi bilishga, ta’lim metodikasini egallaganlikka, o‘z guruhidagi bolalarning yosh va individual xususiyatlari hamda imkoniyatlarini bilishga bog‘liq bo‘ladi. Tarbiyachini nazorat qilish va unga yordam ko‘rsatish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi barcha yosh guruhlarining dasturini hamda ta’lim metodikasini bilishi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixofiziologik xususiyatlarini tushunishi, yangi ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or pedagogik tajribadan xabardor bo‘lishi kerak.

Adabiyotlar ro‘yxati:


1. Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016.

2.Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017

Bilimdon” dasturi. T.: 2014



3.Amirova. G.A., Sulaymonov A.P., Djurayeva B .R. Maktabgacha ta’lim muassasalarda applikatsiya mashg‘ulotlari. T., 2014.

4.D.T Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish. (13.00.01.-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha yozilgan dissertatsiyaning avtoreferati). T.2007
Download 81,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish