5.8-rasm. Yoyli elektropech
Yoyli po‘lat eritish pechlarini texnika iqtisodiy ko‘rsatkichlari 5.6-jadvalda keltirilgan. Bunday pechlar yuqori qismidan yuklanadi. Buning uchun usti maxsus moslama bilan ko‘tariladi va yon tomonga olinadi.
Yoyli elektropechlarni sig‘imi 1,5; 2; 3 va 5 t li bo‘ladi. Pechlar maxsus fundamentlarga o‘rnatiladi. Pechlarda elektrodlar elektromashina regulyatorlari yordamida avtomatik boshqariladi.
5.6-jadval.
Yoyli elektr po‘lat eritish pechlarini texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
|
DSP-1,5
|
DSP-3
|
DS-5
|
Nominal sig‘imi, t
|
1,5
|
3,0
|
5,0
|
Ichki kojuxi (qoplamasi) ning diametri, mm
|
2400
|
2764
|
|
Transformator kuvvati, kVa
|
1000
|
1800
|
2800
|
Pechni maksimal toki, A
|
2600
|
4250
|
5600
|
Grafitlangan elektrodlarni diametri, mm
|
150
|
200
|
300
|
Elektrodlarni diametri, mm
|
520
|
700
|
800
|
Elektrodlarni almashinish tezligi, m/min
|
1,18
|
1,22
|
1,05
|
Ishchi oynaning o‘lchami, mm
|
360x520
|
650x500
|
650x500
|
Sovutuvchi suvning sarfi, m3/g
|
3
|
6
|
10
|
Massasi, t
|
14
|
35,5
|
45
|
Elektropechlardan metall maxsus teshiklardan cho‘michlar (kovsh) ga tarnov (jelob) orqali oqiziladi. Cho‘michlarning sig‘imi unga solinadigan shlakni miqdoriga qarab o‘lchanadi. Cho‘michlarni sig‘imi unga solinadigan shlakni miqdoriga qarab o‘lchanadi:
Cho‘michni nominal
sig‘imi, t: 1,0; 2,0; 3,0; 4,0; 5,0; 6,0; 8,0; 10,0
Shlakni miqdori, t: 0,1; 0,2; 0,25; 0,3; 0,4; 0,45; 0,6; 0,75
Cho‘michlarning ichki qismi shmotli g‘ishtlar bilan qoplanadi. Legirlangan metallarni qirindilarini eritish texnologiyasi juda oddiy. Eritish uchun mo‘ljallangan qirindilar laboratoriyada kimyoviy tarkibi tekshiriladi, guruhi va markasi aniqlangandan keyin, elektropechda eritishga jo‘natiladi.
Elektropechlarda eritish 4 ta asosiy jarayonni o‘z ichiga oladi:
qirindilar qo‘l kuchi bilan pechning pastki va yon qismlariga yuklash;
qirindilarni eritish va qo‘shimcha yuklash;
talab qilingan haroratga etkazish va shlakdagi qisman erigan legirlangan elementlarni tiklash;
metallni chiqarish va quyish.
Legirlangan shixta qo‘ymalarni tayyorlashga va qirindilarni eritishga bir qancha quyidagi talablar qo‘yiladi:
qirindilarni tarkibida rangli metallar va portlash xavfi bor predmetlar bo‘lmasligi kerak;
bir guruh yoki markadagi po‘lat bo‘lishi kerak;
o‘ramsimon qirindilar maydalangan, uzunligi 100 mm dan oshmasligi kerak. Agar eritishda ferroqotishmalar va yuqori legirlangan qirindilar qo‘llansa, toblash 6000C dan kam bo‘lmagan xaroratda olib boriladi. Bunday eritish jarayonida yangi kuydirilgan va toblangan oxak ishlatish talab qilinadi.
4) eritish uchun ishlatiladigan kukunsimon materiallarni zarrachalarini yirikligi 1 mmdan bo‘lak-bo‘lak materiallar 50 mmdan oshmasligi kerak.
Eritish normal borishi, pechni eritishga tayyorlashga bog‘liq. Eritish tugagandan so‘ng, pech ichi metall va shlak qoldiqlaridan tozalanadi. Magnezitli va dolomitli (issiqlikka chidamli tog‘ jinsi) kukunlar devorlarga surtiladi. Bog‘lovchilar biriktiruvchi sifatida suyuq oyna (natriy silikati – Na2O (SiO2)), smola, izolyasiyalovchi toshko‘mirli pek (pek - toshko‘mir, torf va neft qatronlarini qizdirib haydash jarayonida uchmay qolgan qoldiq, u qattiq yoki qovushqoq, ora rangli amorf modda) ishlatiladi. Pechni osti metall va shalk qoldiqlaridan tozalangan so‘ng, kvarsli qum, metall kuyindisi, metall to‘poni yoki maydalangan ferrosilitsiy to‘shaladi. Pechda eritish boshlashdan oldin, past haroratda qizdirib olish va suv bilan sovitish sistemasini ishlatishni tekshirish kerak. Bundan tashqari elektrodlar ham tekshirilishi kerak. Elektrodlar darz ketmagan va ularga kuyindilar yopishmagan bo‘lishi kerak.
Metallni uglerod va gazli to‘yinishini oldini olish uchun, yuqori legirlangan qirindilar, oxak yoki shamot siniqlari bilan 5:2 miqdorda aralashtiriladi. Shlakni suyuqlashtirish uchun eruvchi shpat ishlatiladi. Shlak hosil qiluvchi materiallar shixtani 4-6 foizini tashkil qilishi va buni 2-3 foizi erish paytida pechga solinadi.
Metall butunlay erigandan so‘ng tekshiriladi. Kerakli tarkibli metall olingandan so‘ng cho‘yanli qoliplarga chiqariladi. Koliplarni ichki qismi 1200C haroratli qizdirilgan, ichki tekis va kuzbass lak yoki ohakli sut surtilgan bo‘lishi kerak. Metall chiqarilishidan oldin, qolip ichiga birka (raqam) qo‘yiladi. Tayyor bo‘lgan legirlangan shixta quymalari qoliplarda sovitiladi. Quymalarni massasi 500, 1000 kg bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |